Toshkent, Chorsu. Kitob passajidagi 20 dan ortiq do‘kondan to‘rttasi muhrlandi (VIDEO)
6 oktabr, soat 18 dan keyin Chorsudagi kitob do‘konlari qatorida boshlangan reyd to‘rtta do‘konni muhrlash bilan yakun topdi. Muhrlangan do‘konlardagi tovarlar reydni o‘tkazganlar tomonidan olib ketildi. Yopib qo‘yilgan do‘konlar egalaridan olingan bu ma’lumotni reydni o‘tkazgan xizmatlardan biri – Shayxontohur tuman Soliq inspeksiyasi tasdiqladi. Ayni paytda shikoyat qilganlarning “do‘konlar diniy adabiyot sotgani uchun yopildi”, degan iddaosi tasdig‘ini topmadi – passajdagi boshqa do‘konlarda diniy adabiyotlar savdosi davom etmoqda. Читать дальше...