Qaroqchilar qurbonlari hujumchilardan biri IIB noziri ekanini da’vo qilmoqda
Surxondaryo viloyat, Sho‘rchi tumanida istiqomat qiluvchi 32 yashar Sanjar Jumaev va uning qarindoshiga shu viloyatning Angor tumanida bir guruh noma’lum shaxslar qilgan hujum holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ozodlik Angor tuman prokuraturasi tergovchisidan so‘rab bildi. Sanjar Jumaevning onasi Ozodlikning SizdanTelegram ruknida 18 fevral kuni e’lon qilingan xatida o‘g‘liga hujum qilganlar jazosiz qolayotganidan shikoyat qilgan edi. Sanjar Jumaev va uning mashinasida bo‘lgan qarindoshi... Читать дальше...