"Ibrohimbek va boshqalar". O‘zbekiston Oliy sudi 115 nafar qatag‘on qurbonlarini oqladi (VIDEO)
25 - avgust kuni O‘zbekiston Oliy sudi 1923-1938 - yillarda sobiq SSSR Sovnarkomi huzuridagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU) qarori bilan qatl qilingan yoki konslagerga surgun qilingan 115 nafar shaxsni oqlash haqida qaror chiqardi. Oliy sud matbuot xizmati ularning "reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari" ekanini aytgan. Gazeta.uz nashrining Oliy sud matbuot xizmatidan iqtibos keltirishicha, reabilitatsiya qilingan shaxslarga doir 6 ta jinoyat ishi prezidentning... Читать дальше...