O‘sh viloyatida Afg‘onistondan ko‘chirib kelinadigan qirg‘izlar uchun shaharcha qurish boshlandi
O‘sh viloyatining Cho‘ngolay tumanida Afg‘onistonning Kichik va Katta Pomir mintaqasidan ko‘chirib kelinadigan etnik qirg‘izlar uchun shaharcha qurish ishlari boshlandi. 26 - sentabr kuni prezident Sadir Japarov Cho‘ngolay tumaniga borib, bo‘lajak shaharcha qurilishining tamal toshini qo‘ydi. Prezident matbuot xizmatining bildirishicha, shaharcha uchun Qashqasuv qishlog‘idagi Burgansuv uchastkasidan 30 gektar yer ajratildi. Shaharchada uylardan tashqari 275 o‘rinli maktab, kasalxona va boshqa ijtimoiy obyektlar ham barpo etiladi. Читать дальше...