Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati qafasga tashlab yuborilgan qizchaga tegmagan ayiqni ochiq tabiatga qo‘yib yuborish taklifiga munosabat bildirdi
Ta’kidlanishicha, umr bo‘yi odamning qo‘lidan ovqat yegan va undan qo‘rqmaydigan ayiq och qolganda darrov duch kelgan aholi punktiga boradi va qo‘rqib ketgan odamlar tomonidan o‘ldiriladi