Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Hujjat: Internetdagi diniy axborot xurujlariga qarshi tezkor chora ko‘rish taklif qilindi

Hujjat: Internetdagi diniy axborot xurujlariga qarshi tezkor chora ko‘rish taklif qilindi

Prezident ma’muriyatiga Bosh prokuror nomidan jo‘natilgan xatning Ozodlikka kelib tushgan nusxasida "UZ" domenida "nosog‘lom fikr"larga tayanilgan diniy materiallar ko‘payganidan xavotir bildirilgani ma’lum bo‘ldi.

Xatda diniy materiallarni tarqatib kelayotgan mustaqil veb-resurslar nomi tilga olingan va ularni o‘qiyotganlar soni so‘nggi ikki yilda kunlik 35 mingdan 66,5 ming nafarga oshgani aytilgan.

Prokuratura bunday materiallarga qarshi tezkor chora ko‘rish mexanizmini ishlab chiqishni taklif qilgan.

Hujjat

27 yanvar kuni Ozodlikka kelib tushgan 3 varaqli rasmiy xat unvonidan uning joriy yil 2 yanvarida yozilganini, xatni Bosh prokuror N.T.Yo‘ldoshev imzolaganini ko‘rish mumkin.

Ozodlik e’lon qilayotgan xat nusxasi suratida uning qayd raqami, imzo hamda adresatga oid ma’lumotlar manbalar xavfsizligini ko‘zlab oshkor qilinmayotir.

Ozodlik bu xatning asl nusxasini ko‘rgani yo‘q.

Ammo hujjatda tilga olingan ma’lumotlar Internetda mavjudligiga va xatning mazmuni muqaddam kelgan ayrim boshqa hujjatlarning mantiqiy davomi ekaniga Ozodlik amin bo‘ldi.

"UZ" domeniga oid raqamlar

Hujjatda 2018-2019 yillar davomida "UZ" domenida diniy materiallarni chop etib kelayotgan mustaqil resurslar tahlili bayon qilingan: 

- So‘nggi 2 yilda Internetdagi axborot nashlaridan foydalanuvchilar soni 20 millionga yetgan.

- Diniy materiallar tarqatuvchi mustaqil saytlarga kiruvchilar kunlik soni esa 35 ming nafardan 66,5 ming kishiga oshgan. Aytilishicha, bu ko‘rsatkich O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy saytiga kiruvchilar soniga nisbatan besh baravarni tashkil etadi.

Diniy "nosog‘lom fikrlar"

Xatda mustaqil Internet resurslarida chop etilayotgan materiallar diniy ekspertizadan o‘tkazilmayotgani alohida qayd etilgan.

"Mazkur manbalarda jamiyatni islomlashtirish, islomiy hayot tarzi va kiyinishga o‘tish, bolalarga majburiy islomiy ta’lim berish, musiqa to‘garaklarini taqiqlash, shariat qoidalarini rasmiy qonunlardan ustun qo‘yish kabi nosog‘lom fikrlarni (ta’kid xat muallifiniki) ilgari surish hollari ham kuzatilmoqda", deyiladi hujjatda.

Nosog‘lom fikrlar haqida gap ketarkan, alohida saytlar va ularda chop etilgan maqolalarning nomlari keltirilgan. Ozodlik bu saytlardan ba’zilarini ko‘zdan kechirdi va nomi tilga olingan maqolalar hanuz osig‘liq turganiga guvoh bo‘ldi. 

Ushbu maqolalarda hukumat qarorlari muhokama qilingan va ularning ayrimlari shariat qonunlariga zid ekani haqida xulosa berilgan.

"Manfaatdor bo‘lmagan" bloger yoki sayt egasi

Hujjatda "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunning 12-moddasiga ko‘ra, ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallar sayt egasi yoki bloger tomonidan o‘chirib tashlanishi shartligi ta’kidlangan.

Ammo aytilishicha, aksar bloger va sayt egalarida maxsus bilim yo‘q, shu bois, taqiqlangan g‘oyalarni "aniqlash imkoniga ega emas (yoki manfaatdor emas) (ta’kid muallifniki)". 

Shuningdek, prokuror taqiqlangan diniy-ekstremistik saytlarga VPN, PROXY dasturlari orqali kirish mumkinligidan ham xavotir izhor qilgan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, amaldagi qonunchilikka binoan, bosma va poligrafiya nashrlaridagi materiallar chop etilishidan ekspert ko‘rigidan o‘tadi, ammo Internetdagi ma’lumotlarning chop etilganidan keyin ekspertiza qilinishi - muammodir.

Bundan tashqari, Internetda chop etilayotgan ma’lumotlarni e’lon qilish masalasi huquqiy tartibga solinmagani, shuningdek, "targ‘ib qilish" tushunchasi aniq yoritib berilmagani alohida ta’kidlangan.

Xat muallifi taklifi:

Bosh prokuror Prezident ma’muriyatiga yozgan xatida Vazirlar Mahkamasiga maxsus Ishchi guruhi tuzishni va bu guruhga 1 oy ichida quyidagi choralarni ko‘rishni taklif qilganini bildirgan:

- Internetdagi "diniy axborot xurujlariga tezkorlik bilan ta’sirchan chora ko‘rishning samarali mexanizmini yaratish,

- qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish,

- taqiqlangan saytlarga erkin kirish yo‘llarini tamomila yopishni mukammallashtirish chorasini ishlab chiqish.

Ekspert fikri:

Xavfsizlik tizimlarida Internetdagi diniy-ekstremistik kontent tahlili bo‘yicha ekspert Ozodlikka taqdim qilingan hujjatdagi taklifni juda dolzarb, deb baholadi. 

Ekspert shaxsiga doir ma’lumotlar sir qolishini so‘radi.

Ekspert hozirgi kunda Internetdagi o‘zbek tilida so‘zlashuvchi tarmoqlarda berilayotgan diniy mazmundagi ayrim materiallarni "odamlar ongiga tajovuz" deb baholadi.

"Birgina misol: "Internet imom" degan atama tarqalgan hozir. Kameraning qarshisiga soqolni qo‘yib o‘tirib olgan imom, gapirayotgan gaplari johillikdan boshqa narsa emas. Umuman, tarmoqdagi tendensiya - faqat islomiy hayot tarzi bilan yashashni targ‘ib qilish, hatto bolalarga faqat diniy ta’lim berish va tarkidunyochilik qilishga targ‘ibot kuchayyapti. Nafaqat O‘zbekiston, Markaziy Osiyo bo‘yicha bor bu holat. Davlatlar bu holatga albatta chora ko‘rishi kerak, ammo qanday - buning mexanizmi qanday bo‘ladi - bu juda murakkab, bir necha qavatli murakkab masala. Ammo, bu hal qilinishi juda zarur bo‘lgan masala", deydi ekspert.

Maxfiy hujjatlar

Ozodlikka bunga qadar ham Internet tarmog‘idagi diniy kontentni nazoratga olish mexanizmini ishlab chiqishga oid hujjatlar sizdirilgan edi.

Prezident imzosi uchun hozirlangan PQ-4437m deb raqamlangan maxfiy qaror va O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar yoki Internet orqali ommaviy namoyishga chaqiriq uchun jazoni kuchaytirish haqidagi hujjat loyihasi shular jumlasidandir.

Har ikki hujjatda Internet tarmog‘idagi mustaqil saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi nafaqat diniy ekstremistik materiallar, balki davlat tuzumiga tajovuz qiluvchi va jamoat xavfsizligi uchun tahdid soluvchi, deb topilgan ijtimoiy-siyosiy mazmundagi materiallar, chaqiriqlar ustidan nazoratni kuchaytirish, buning uchun esa jinoiy javobgarlikni joriy qilish haqida gap boradi.

 

Xavotir

2016 yilning noyabrida qarorgohi Vashingtonda joylashgan Freedom House tashkiloti Internet erkinligi bo‘yicha yangi hisobotni e’lon qilgan va unda O‘zbekiston Internet erkin bo‘lmagan mamlakatlar sirasiga kiritildi.

Hisobotda o‘zbekistonliklar uchun fikrni onlayn tarzda erkin bildirish uchun biroz imkon paydo bo‘lgani, ammo Internet tarmog‘i umumiyatla qattiq nazorat ostida qolayotgani ta’kidlandi.

Xalqaro tashkilotlar xavotiricha, hukumat radikal ekstremistik kontentni cheklash bahonasida o‘z fuqarolarining Internet tarmog‘ida fikrini erkin ifoda qilish huquqini ham cheklab kelmoqda.

Ekspert fikri:

Xavfsizlik tizimlarida Internetdagi diniy-ekstremistik kontent tahlili bo‘yicha ekspert hozir hukumatlar asosiy e’tiborni tarmoqlardagi mamlakat xavfsizligi uchun haqiqatda xavfli bo‘lgan kontentga qaratishi lozim, deb ta’kilaydi.

Uning fikricha, Internetni to‘sish bilan xavfli kontentni to‘xtatib bo‘lmaydi.

"Hozir ijtimoiy tarmoqlarni to‘sish - yog‘ayotgan yomg‘irni to‘sishday gap - ya’ni qariyb imkonsiz. Shaxsan men, buning biror mukammal mexanizmi borligini bilmayman. Lekin, tarmoqda e’lon qilingan materiallar uchun jazoni kuchaytirish - bu hukumatlar uchun eng sinalgan yo‘l. Faqat, bunda hukumat birovdan kelgan kontentni o‘qimasdan-bilmasdan tarqatvorganni ham jinoiy javobgarlikka tortvoradimi yoki to‘g‘ri jazo beradimi - bu ham alohida masala".

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

На «Белый июнь» в Архангельск приедет звезда сериалов «Вампиры средней полосы» и «Контейнер»



Мода

С чем носить юбку этим летом: примеры стильных образов






Новости 24 часа

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде



Game News

Состоялся пробный запуск для MMO Ragnarok: Rebirth на Android



Москва

Газпромбанк предложил решения для развития и поддержки МСБ на бизнес-завтраке в Казани



News Every Day

England vs Bosnia & Herzegovina: Three Lions face Dzeko and Co in Euro 2024 warm-up match – stream FREE, TV, team news



Авто

Планируете отпуск в России? В этих городах есть бюджетное жилье — называем список



Москва

Садись, двойка: какие схемы придумывают мошенники, чтобы нажиться на ЕГЭ



Нюша

Нюша рассказала, на что бы потратила легкие деньги



Москва

Соревнования по конкуру среди юных всадников на пони пройдут на ВДНХ



Ролан Гаррос

Теннисист Джокович побил рекорд Федерера по победам на турнирах "Большого шлема"



Москва

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»



США

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».



Симферополь

Библиотечный бульвар «Любуюсь и горжусь тобой, любимый город» ко Дню города Симферополя



Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



Москва

Собянин рассказал о работе хаба молодежного предпринимательства



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Синоптик Позднякова спрогнозировала комфортную погоду в выходные в Москве

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

Эксперт Любомирская: В России скоро вырастет престиж технических профессий

Более 1,2 млн кв м нового асфальта уложат на МКАД


Москва

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»






Rss.plus

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

Почта России помогла детям-подопечным благотворительных фондов встретиться с футболистами ЦСКА

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин. Главное за день



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Полина Гагарина

«Подали в суд»: Гагарина назвала себя жертвой конфликта из-за песни Цоя




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Юные тулячки завоевали серебро и бронзу турнира по синхронному плаванию

«23 and Friends»: в Москве состоялся спортивно-музыкальный фестиваль Аш 23

Спортсменка Росгвардии установила рекорд в командном спринте на «Гран-при Санкт-Петербурга»


Ролан Гаррос

Джокович снялся с Открытого чемпионата Франции по теннису



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Мода

Befree запускает сайт для поиска талантов



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России