Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Toshkentlik imom namozxonni “vahobiy”deb izza qildi; masjidlar to‘liq kuzatuvda ekanidan ogohlantirdi (VIDEO)

Toshkentlik imom namozxonni “vahobiy”deb izza qildi; masjidlar to‘liq kuzatuvda ekanidan ogohlantirdi (VIDEO)

Toshkentdagi Imom at-Termiziy masjidi imom-xatibi Isoqjon Begmatov 24 fevral kuni peshin namozi payti namozxonlardan birini barchaning oldida "vahobiylarning namoyandasi", deya izza qilar ekan, qavmni masjidlarning to‘liq kuzatuvda ekanidan ogohlantirdi.

Begmatovning namozxon bilan tortishuvi aks etgan video va uning ogohlantirishi yozilgan audioyozuv Ozodlikka 26 fevral kuni yuborildi.

Bu yozuvlarda Begmatov davlatning diniy siyosatini tushuntirar ekan, bu siyosatga amal qilmaslik qamoqqa yetaklashi mumkinligini eslatadi.

Ozodlik audioyozuv yuzasidan Imom at-Termiziy masjidi imomi Isoqjon Begmatovning o‘zidan izoh ola olmadi - uning yordamchisi imomning masjidda emasligini aytib¸ suhbatni qisqa qildi.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasining ismi ochiqlanmasligini istagan mulozimi Ozodlikka audioni eshitib chiqqani, lekin bu haqda matbuotga izoh berolmasligini aytdi.  

Ozodlik tahririyatiga 26 fevral kuni yuborilgan video va audioyozuvdagi ovoz sohibining Toshkentdagi Imom at-Termiziy masjidi imomi Isoqjon Begmatovniki ekanini bir-biridan mustaqil namozxon tasdiqladi.

Ozodlik bu ovozning Begmatovning Youtube portalida qo‘yilgan juma ma’ruzalaridagi bilan uyqashligini ham aniqladi.

24 fevral kuni yozib olingani aytilgan 13 daqiqalik audiodagi ovoz egasi: 

“Men hozir ustun orqasida turgan odamga qarayapman. Orqaga qaranglar. Namoz o‘qiyotganini ko‘rayapsizlarmi? Mana shu odam g‘irt bemazhab vahobiylarning bitta namoyandasi”¸ deya namozxonni izza qiladi.

Bu voqea¸ tafsilotlardan xabardor toshkentlik namozxonning Ozodlikka tushuntirishicha¸  imom O‘zbekiston masjidlarida farz namozidan keyin sunnat namozi ham shu joyning o‘zida o‘qilishi shartligi haqida va’z o‘qiyotgan paytda ro‘y bergan.

Imomning gapiga javoban namozxon, “Ey haqorat qilmang domla” deya e’tiroz bildiradi. 

Bu e’tirozga ovozini ko‘tarib jahl bilan javob qaytargan imom  namozxonga: “Joyingizga o‘tiring! Allohning uyida Allohning gapi gapiraladi!” deya do‘q qiladi.

Namozxon va  imom tortishuvi shu bilan to‘xtamaydi - gapdan qolmagan namozxon imomga qarata:

“Siz qo‘lingiz bilan ko‘rsatib haqorat qilavermang, senlarni undoq qivoraman¸ bundoq qivoraman deyishga haqqingiz yo‘q”¸ deya qichqiradi. 

Ozodlik bu audio va videoyozuvdagi namozxonning kimligini aniqlash va u bilan bevosita bog‘lanishga hozircha muvaffaq bo‘la olmadi.

Imomga e’tiroz bildirgan namozxonning keyingi taqdiri haqida ham  ma’lumot yo‘q. 

Toshkentdagi Imom at-Termiziy masjididagi imom va namozxon o‘rtasidagi janjalga guvoh bo‘lganlar munozaraga sababchi bo‘lgan imomning Isoqjon Begmatov ekanini tasdiqladi.

 

"Kim qanday namoz o‘qiyapti, hammasi kuzatuv ostida..."

Audioyozuvda Begmatov namozxon bilan bo‘lgan ziddiyat so‘nggida masjidning har burchagiga kameralar qo‘yilganini tan oladi, har bir namozxonning qanday namoz o‘qishi kuzatib borilayotganini eslatadi:

“Azizlar¸ bekorga masjidning har burchagiga kuzatuv kamerasi qo‘yilmagan. Kim qanday namoz o‘qiyapti, nima gap gapirayapti, qanday kirib chiqayapti - hammasi kuzatuv ostida.”, - deydi imom. ​

Hukumatning din siyosatini tushuntirar ekan imom¸ qavmni bu siyosatga amal qilmaslik qamoqqa yetaklashi mumkinligidan ogohlantiradi.

“Men hozir ham yaxshilikka ogohlantirayapman. Men sizlar o‘ylaganchalik falon-falon odam (DXX ga ishlovchi emasman¸ degan ma’noda - tahr.) emasman. Xohlaymanki¸ namozingiz bardavom bo‘lsin. Namoz o‘qishga sharoit yo‘q joyga borib qolmasin yana¸ degan ma’noda aytib qo‘yayapman...Ichlaringizda shu joylarni (qamoqxonani nazarda tutayapti - tahr.) ko‘rib kelganinglar ham bor”, - deydi imom. 

Namozxonlarga diniy siyosatni tushuntirishda davom etgan imom¸ O‘zbekiston masjidlarida Hanafiy mazhabidan boshqa mazhabga ergashib namoz o‘qish mumkin emasligi haqida imom-xatiblarga topshiriq bo‘lganini ham ochiqlaydi:

"90 yil, 96 yil, 99 yil voqealari takrorlanmasligi uchun necha martalab ogohlantirilayapti. Biz imom xatiblarga topshiriq bo‘layapti. Tushuntiringlar, xalqimiz tinchgina namoz o‘qisin… Agar bordiyu, yurtimizda an’anaviy bo‘lgan Hanafiy mazhabi bo‘yicha¸ Moturidiy e’tiqodi bo‘yicha ibodat qilishga rozi bo‘lmasa, o‘zining noroziligini norozilik ohangida bildiradigan bo‘lsa, sizlarni (imomlarni) bir chekkaga surib qo‘yib¸ o‘zimiz (xavfsizlik tizimlari nazarda tutilmoqda - tahr.) chora ko‘rishga majbur bo‘lamiz¸ deyishyapti", -deya ta’kidlaydi imom.

Ozodlik audio yozuv yuzasidan Imom at-Termiziy masjidi imom-xatibi Isoqjon Begmatovning o‘zidan izoh ola olmadi. Masjid telefoniga javob bergan imom yordamchisi Begmatovning yo‘qligi va bunday gap-so‘zlardan o‘zining bexabarligini bildirish bilan cheklandi.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasining ismi ochiqlanmasligini istagan mulozimi Ozodlikka audioni eshitib chiqqani, lekin bu haqda matbuotga izoh berolmasligini aytdi.     

Fransiyada yashayotgan o‘zbekistonlik tahlilchi Kamoliddin Rabbimov¸ Ozodlikka yuborilgan video va audioyozuvni eshitib¸ bu voqeani diniy vaziyatni yumshatishga kirishgan Shavkat Mirziyoyev hukumati duch kelayotgan muammolar ifodasi sifatida izohlaydi.

- Imomning bu aytganlari men uchun yangilik bo‘lmadi. O‘zbekistonda dindorlarni kuzatish bo‘lgan¸ hozir ham bor. G‘arbda ham musulmonlar kuzatuv ostida¸ hamma joyda kuzatiladi. Hozir O‘zbekiston qattiq avtoritar rejimdan mo‘’tadil avtoritarizmga o‘tish yo‘lida. O‘zbekiston keyingi uch yilda repressiv mashinani o‘chirishga harakat qildi va bunga ancha erishdi. Qip-qizil diniy motivlar bilan qamalganlar hozir deyarli yo‘q. Karimov ketganidan keyin hukumat bir tomondan islohotlar qilish¸ mamlakat imijini yaxshilashni xohlaydi. Ayni paytda hukumat diniy bir tarkiblilik , ya’ni mazhab masalasida diniy amaliyot va diniy qarash pozitsiyasini avvalgiday, bir xil bo‘lib qolishini ohista vositalar bilan saqlashga harakat qilayapti.

Ozodlik prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 4 sentabrda imzolagan “Mamlakatda diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish va ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari” deb nomlangan maxfiy qarorga qo‘l qo‘ygani haqida xabar qilgan edi.

Bu qaror muqaddimasida¸ xususan¸ keyingi uch yil davomida diniy sohada yaratilayotgan erkinlik va sharoitlarni suiiste’mol qilib¸ ulardan siyosiy maqsadlarda foydalanishning ko‘payishi¸  kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berayotgan¸ o‘z shaxsiy qarashlarini majburiy diniy qoida sifatida talqin qilib¸ ularni aholi orasida keng yoyishga harakat qilayotgan guruhlar faoliyatining kuchayishi¸ ​ ijtimoiy tarmoqlarda diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi kontentning ko‘payishi xususida tashvish bildirilgan edi.

Vaziyat tahlilidan kelib chiqib prezident O‘zbekistonda diniy mutaassiblikning kuchayishi oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan "Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlagan edi.

 

Bu chora-tadbirlar orasida masjid imom-xatiblari va otinoyilarga o‘z ta’siridan foydalanib¸ aholi¸ xususan¸ mutaasiblikka moyil yoshlar¸ diniy faoliyati uchun qamalib chiqqanlar bilan alohida shug‘ullanish¸ DXX va IIVga esa¸ ekstremizmga moyillar ro‘yxatini tuzish va ularni nazoratda ushlash topshirilgan edi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Единство народов в многообразии культур: фестиваль «Гармоничная Россия» вновь пройдет в Архангельске



Здоровье

Скидки на звуковые щетки и зубную пасту для детей от компании "Ревилайн" до 6 июня 2024 года






Новости 24 часа

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг



Game News

Elden Ring's lovable living pots are pure body horror in Shadow of the Erdtree



Москва

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».



News Every Day

A Deep Dive into Realistic Doll Manufacturers



Блоги

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»



Москва

Около 20 человек спасли из затопленных автобуса и двух легковушек в Москве



Леонид Агутин

Академия музыки Николая Агутина даст концерт «Музыка без границ» в Москве



Москва

В республике могут появиться ИТ-технопарк и инженерная школа



Большой шлем

17-летний россиянин Даниил Саркисян разгромил Форбса из США на юниорском «Ролан Гаррос»



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг



Россия

Объявлены победители XIX Всероссийского конкурса «Правовая Россия»



Симферополь

Клубный дом "Моне" - особый статус в центре Симферополя



Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков



Москва

Собянин сообщил об открытии Мемориальной квартиры Пушкина



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Экономист Клешко: банки могут включать скрытые комиссии в договор о кредите

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

Суд заочно арестовал экс-главреда Republic Колезева по делу о фейках о ВС России

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков


Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков






Rss.plus

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

Moscow.media
Москва

Собянин подвел итоги фестиваля «Москва — на волне. Рыбная неделя»



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Тимати

Дочь Тимати заявила, что уедет в США и станет там актрисой




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Педагоги школы №2065 вошли в ТОП-5 лучших туристских команд Москвы

Хоккеисты из Красногорска завоевали бронзу на чемпионате Москвы и области

Спортсменка Росгвардии установила рекорд в командном спринте на «Гран-при Санкт-Петербурга»


Варвара Грачёва

Осталась в одиночестве: Андреева победила Грачёву и вышла в четвертьфинал «Ролан Гаррос», Медведева остановил де Минор



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Путин заявил о выполнении Ираном всех обязательств по ядерной сделке



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России