Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi "formasiz kelgan" o‘quvchi yubkasini tushirib yubordi

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi

2 mart kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchi "formada kelmagan" 6-sinf o‘quvchisiga dakki berayotib, sinfdoshlari oldida uning yubkasini pastga tushirib yubordi. 

O‘quvchi qizning bu haqda Ozodlikka xabar qilgan onasining aytishicha, qizi sinfdoshlari oldida izza bo‘lgani ortidan maktabga borishga qo‘rqib qolgan. 

O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarni hukumat qarorida  belgilangan tashqi qiyofada kelishga majburlash ​ba’zida ularning sinfdoshlari oldida izza qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

Bundan oldin Jizzaxdagi maktablarda ichki tartib qoidalarini buzgan o‘quvchilar doskaga chiqarilib, sochi chizg‘ich bilan o‘lchanayotgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda munozaraga sabab bo‘lgandi.

Toshkentning Uchtepa tumanidagi maktabda (qaysi maktabligi Ozodlikka ma’lum) 6-sinf o‘quvchisi "formada kelmagani uchun" sinfdoshlari oldida izza qilingani to‘g‘risida uning onasi aytganlarini qizning ikki sinfdoshi tasdiqladi.

Sinfdoshlaridan birining aytishicha, o‘quvchi qiz old tomonida beldan etakkacha zamok o‘rnatilgan yubkada kelgani sinf rahbari jahlini chiqargan.

Uchinchi soat ingliz tili darsi payti sinf rahbarimiz darsni bo‘lib kirdi. Formada kelmagan qizlarni doska oldiga chiqardi. Jahl qilib yubkasi zamogini pastga tortib ochib yubordi.

- Uchinchi soat ingliz tili darsi payti sinf rahbarimiz darsni bo‘lib kirdi. Formada kelmagan qizlarni doska oldiga chiqardi. Jahl qilib yubkasi zamogini pastga tortib ochib yubordi. Keyin hamma bolalar ustidan kuldi, - dedi izza bo‘lgan qizning sinfdoshlaridan biri.

Onasining Ozodlikka aytishicha, qizi shokka tushgan¸ sinfdoshlari oldida izza bo‘lganidan keyin maktabga borishga qo‘rqib qolgan. 

- Muallim yubkasining zamogini pastga tortib, yechib yuborgan payt, o‘g‘il bolalar "anatingni ko‘rib oldik", deb ustidan kulgan. Hozir maktabga borishga qo‘rqib qolgan. Sinf rahbari dars payti, sinfdoshlari oldida  shu ishni qilgan  ekan-da, - dedi qizning onasi.

Qizning sinf rahbari (ism-familiyasi Ozodlikka ma’lum) maktab formasida kelmagan o‘quvchilarni doskaga chiqarib, ularga dakki berganini Ozodlikka tasdiqladi.

Lekin, muallim qizning yubkasini yechganini rad etdi. 

Bu qizniki qora yubka, beldan pastigacha zamokli ekan. Yubkangni almashtir, dedim. Ertaga boshqa yubka kiyib kelasan, dedim. Xo‘p, dedi.

-  Forma masalasida gaplashdim. Bitta-bitta alohida doskaga chiqarib, alohida aytdim. Bu qizniki qora yubka, beldan pastigacha zamokli ekan. Yubkangni almashtir, dedim. Ertaga boshqa yubka kiyib kelasan, dedim. Xo‘p, dedi. Lekin, yubkasi yechilib ketdi, degan narsa bo‘lmagan, - dedi muallim.

Sinf rahbari o‘g‘il bolalar qizning ustidan kulganini istisno qilmadi.

- Yonida o‘tiradigan to‘polonchi bola bor, yana ikki bola bor, men ketganimdan keyin ustidan kulishibdi. U keyin yig‘lagan. Men u bolalarni ushlab, gaplashdim, - dedi muallim.

"Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarish…​mi?" 

Bundan oldin o‘tgan hafta Jizzaxdagi maktablarda ichki tartib qoidalarini buzgan o‘quvchilar doskaga chiqarilib, sochi chizg‘ich bilan o‘lchanayotgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda munozaraga sabab bo‘lgandi.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Jizzax maktablarida o‘quvchilarning soch uzunligi o‘lchanayotganiga oid fotosuratlarni izohlar ekan buni "qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarish…​" deb atagandi.

Qani endi, ta’lim sifatini yaxshilash va o‘z malakasini oshirish bo‘yicha qarorlarni shunchalik jon kuydirib ijro etishsa joylarda…

"Qani endi, ta’lim sifatini yaxshilash va o‘z malakasini oshirish bo‘yicha qarorlarni shunchalik jon kuydirib ijro etishsa joylarda…", - deb bayonot bergandi Shermatov 29 fevral kuni. 

Ayni paytda Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan ota-onalar o‘quvchilarni yagona forma kiyish va odob-ahloq qoidalariga ko‘ndirish darslarning muntazam bo‘linishiga sabab bo‘layotgani va ta’lim sifatiga yomon ta’sir qilayotganini aytishadi.

- Ingliz tili darsi bo‘lyapti. Sinf rahbari darsni bo‘lib kirib, yarim soat forma haqida gapiryapti. Shuni darsdan tashqari paytda, alohida kabinetda, bizning ishtirokimiz bilan muhokama qilishsa bo‘ladi-ku, sinfdoshlari oldida qizni shok holatiga tushirgandan ko‘ra, - dedi Toshkentning Uchtepa tumanidagi maktabda formada kelmagani uchun izza qilingan qizning onasi.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining matbuot kotibi Anvar Umarov 3 mart kuni Ozodlik bilan suhbatda  ichki odob-intizom masalalari darsga xalaqit qilinmagan xolda muhokama qilinishi kerakligini aytdi.

- O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil, 14 avgust  kungi 666- qarori bor. Shu yerda o‘quvchining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha talablar bor. Shu talablarning bajarilishini ota-onalar ta’minlashi kerak. Ota-onasini chaqiradi , tushuntirish ishlarini olib boradi. Lekin, dars payti o‘qituvchi darsini o‘tishi kerak. Dars muqaddas narsa, - dedi Umarov. 

Ozodlik gaplashgan ota-onalar esa, maktablarda o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishini bir qolipga solish jarayoni zo‘ravonlikka aylanib ketayotganidan tashvishda ekanliklarini aytishadi.

“Biz bolalarimizni maktabga ta’lim olsin¸ o‘qisin¸ deb yuboramiz. Bular esa¸ ta’lim berish u yoqda qolib¸ soching uzun¸ yubkang kalta degan narsalar bilan vaqt o‘tkazayapti. Vazirlar Mahkamasining qarori o‘qituvchilarni ilm berish o‘rniga¸ axloq politsiyasiga aylantirib qo‘ymoqda”¸ deydi Ozodlik gaplashgan toshkentlik ota-onalardan yana biri.

E’tirozlarga sabab bo‘layotgan 666-sonli qaror

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining  666-sonli qarori “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” deb nomlanadi.

Yagona formaga o‘tishga oid ikki bandi ijrosi kechiktirilgan¸ ammo qolgan bandlari kuchda qolgan qarorda¸ o‘quvchilarning maktabga qanday tashqi qiyofada kelishi mayda tafsilotlargacha belgilab berilgan.

Xususan¸ unda o‘quvchining maktabga tor kiyimda kelishi taqiqlanadi¸ qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 — 15 sm pastda bo‘lishi; o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi; oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi; ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi; kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi shart" qilib belgilangan.

Qarorda soch¸ tirnoq¸ makiyaj va taqinchoqlar haqida ham alohida talab belgilangan bo‘lib¸ unga ko‘ra:

“o‘g‘il bola o‘quvchilarning sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yagan holda kelishlariga; qiz bola o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi”.

O‘quvchi¸ aniqrog‘i¸ o‘smir yoshidagilarning tatuirovka qilishi qanday taqiqlangan bo‘lsa¸ maktabga u yoki bu dinga mansublikni ko‘rsatuvchi kiyimda¸ xususan¸ ro‘mol va hijobda kelishi ham taqiqlangan.

Ayni paytda¸ qarorda bunday talablarga bo‘ysunmaslik uchun javobgarlik ham belgilangan.

Unga ko‘ra, maktab formasi talablariga bo‘ysunmagan o‘quvchilarga avvaliga ogohlantirish beriladi¸ bu holat o‘quvchining kundalik daftariga qayd etiladi¸ ota-onasi xabardor qilinadi va bu choralar natija bermagan taqdirda¸ maktab va mahalla yig‘ilishlarida ota-onalar ishtirokida muhokama qilinadi.

Joriy o‘quv yilidan O‘zbekiston bo‘ylab mazkur qaror ijrosi bilan shug‘ullanish qattiq topshirilgani ortidan¸ Ozodlikka kelayotgan xabarlarga ko‘ra¸ maktabga qarorda belgilangan tashqi qiyofada kelmagan o‘quvchilarni maktabga kiritmaslik¸ ularni butun maktab oldida izza qilish holatlari ko‘payib bormoqda.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Уборка «Воды России» на краю земли



Здоровье

3 детские зубные щетки "Ревилайн" по цене 2 в магазине "Ирригатор.ру" ко Дню защиты детей






Новости 24 часа

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



Game News

Ubisoft adds another studio to what seems like an increasingly desperate effort to finally get Prince of Persia: The Sands of Time Remake finished



Москва

Собянин: На Арбате после реставрации открывается мемориальная квартира Пушкина



News Every Day

Where to find Real Madrid vs Dortmund on US TV: June 1, 2024



Настроение

РОССИЮ ОЖИДАЕТ ПЛЮС 50 ГРАДУСОВ: КАКИМ ГОРОДАМ ЖДАТЬ АНОМАЛЬНУЮ ЖАРУ



Москва

«Эфко» вложила 1,3 млрд рублей в разработку сладкого белка и готовит выпуск мировой инновации



Ирина Серегина

Концерт в музее им. П.И. Чайковского



Москва

В Можайске тестируют заезд автобуса № 56 в Бараново



Елена Рыбакина

Елена Рыбакина добилась впечатляющего достижения



Москва

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»



#123ru.net

17 и 18 августа 2024 года в городе Мончегорск Мурманской области состоится VI фестиваль северной культуры «Имандра Викинг Фест».



Симферополь

Клубный дом "Моне" - особый статус в центре Симферополя



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки



Москва

Собянин: На Арбате после реставрации открывается мемориальная квартира Пушкина



Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

RuNews24.ru: в России будет наблюдаться рост популярности технических профессий

Собянин: На Арбате после реставрации открывается мемориальная квартира Пушкина

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде


Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки






Rss.plus

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Почта России помогла детям-подопечным благотворительных фондов встретиться с футболистами ЦСКА

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

Moscow.media
Москва

Неделя мэра: парад кадетского движения Москвы, госнаграда и открытие пешеходной галереи



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Ирина Серегина

Концерт в музее им. П.И. Чайковского




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Юные тулячки завоевали серебро и бронзу турнира по синхронному плаванию

Ученики школы №1354 одержали победу в финале Московской спартакиады молодежи допризывного возраста

Спортсменка Росгвардии установила рекорд в командном спринте на «Гран-при Санкт-Петербурга»


Анастасия Потапова

Потапова о поражении от Свентек на "Ролан Гаррос": организм дал сбой



Новости Крыма на Sevpoisk.ru




Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России