Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Yirik korxonalarning minglab ishchisi karantin paytida ham doimiy shtat rejimida ishlamoqda

Yirik korxonalarning minglab ishchisi karantin paytida ham doimiy shtat rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun tashkil qilingan maxsus komissiya uch nafardan ortiq odamning to‘planishini taqiqlagan bo‘lsa-da​, o‘n minglab odam ishlaydigan yirik korxonalar doimiy shtat rejimida ishlashda davom etmoqda.

O‘zbekistonda karantin davrida jamoatchilik transporti va taksi xizmatlari to‘xtagan bir paytda minglab odam ishlovchi ayrim korxonalarda ishchilarni tashish uchun maxsus transport tashkil etilmagan.

Bunday shirkatlarning Ozodlikka bog‘langan xodimlari piyoda yoki velosipedda, uzoq tumandagilar esa kuryer qiyofasidagi kirakashlar mashinasida ishga qatnayotganini bildirdi. 

"Farg‘onaazot" xodimlari ishga piyoda qatnamoqda

Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi O‘zbekistondagi yirik "Farg‘onaazot" korxonasining ismi oshkor etilishini istamagan ishchisi jamoat transporti va taksi xizmatlari to‘xtagan bir paytda zavodga piyoda ishga qatnayotganlardan biri.

Xudo ko‘rsatmasin¸ kimdir yo‘lda koronavirusni yuqtirib, zavodga olib keladigan bo‘lsa¸ hammamiz barbod bo‘lamiz!

- Har kuni besh-olti kilometr yurib ishga boramiz, yana shuncha masofa yurib uyga qaytamiz. Ishchilarni asosiy qismi Toshloqdan, Marg‘ilondan keladi. Karantin payti ishchilarga maxsus avtobus tashkil etmaydimi? Xudo ko‘rsatmasin¸ kimdir yo‘lda koronavirusni yuqtirib, zavodga olib keladigan bo‘lsa hammamiz barbod bo‘lamiz, zavod ham barbod bo‘ladi,  - deydi 1 aprel kuni Ozodlikka bog‘langan "Farg‘onaazot" korxonasi ishchisi.

Korxonaning uzoq tumanlardagi xodimlaridan biri kuryer qiyofasidagi kirakashlar xizmatidan foydalanishga majbur bo‘layotganini aytadi.

- Men Toshloq tumanidan zavodga qatnayman. Hozir karantinda jamoat transporti to‘xtagan, taksi xizmati ham to‘xtagan. Lekin, yuklar dostavkasiga ruxsat bor. Ayrimlar¸ go‘yoki yuk dostavka qilyapman, deb yashirin yo‘llar bilan odam tashiyapti. Har kuni minglab odam korxonaga shunaqa yo‘llar bilan ishga keladi.

"Farg‘onaazot" korxonasining Ozodlik bog‘langan ta’minot bo‘limi mutasaddisi ishchilarni tashish uchun Farg‘ona shahrining to‘qqizta nuqtasiga maxsus avtobus qo‘yilganini aytdi. 

- Qirguliga, Oxunboboyevga va boshqa joylarga to‘qqizta avtobus tinmay qatnayapti. Bepul tashiyapti ishchilarni.

Zavod ma’muriyati vakili boshqa tumanlardan qatnaydigan ishchilarga maxsus transport tashkillashtirilganmi, degan savolni ochiq qoldirdi.   

Ishchilar virus tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi tuzilgan  maxsus hukumat komissiyasi 27 martdan boshlab  3 nafardan oshiq odamning to‘planishini taqiqladi va odamlar orasida 2 metrlik masofa saqlanishi lozimligini bildirdi.

Hukumatning bunday ko‘rsatmasiga qaramay, "Farg‘onaazot"dan tashqari 10 mingdan ortiq ishchiga ega Navoiy Tog‘-kon metallurgiya kombinatida ham ishlab chiqarish to‘rtta smenada davom etmoqda.

Bu haqda kombinat ishchilaridan biri Ozodlikka xabar qildi:

Ish har doimgidek, to‘rtta smenada. Buni ustiga majlislar bo‘lyapti. Bizni sog‘ligimiz haqida hech kim qayg‘urmaydi.

- Ish har doimgidek, to‘rtta smenada. Buning ustiga¸ majlislar bo‘lyapti. Bizning sog‘ligimiz haqida hech kim qayg‘urmaydi. Ishlab chiqarish to‘xtamasa bo‘ldi. Davlatga valyuta kerak. Lekin bu borishda ishchilar virus tashuvchiga aylanishi va kombinatga daromaddan ko‘proq ziyon keltirishi mumkinku! Kombinatda 10 ming odam ishlaydi axir!

Ozodlik bilan telefon suhbatida o‘zini Navoiy Tog‘-kon metallurgiya kombinati rahbari yordamchisi deb tanishtirgan mulozim korxonada xavfli virus tarqalishi oldini olish bo‘yicha barcha talablarga amal qilinayotganini aytdi.

- Ishchilarning hammasi maska bilan taminlangan, ishchilar uchun maxsus transport qo‘ydik, avtobuslarda olib kelinyapti. Xavotirlarga o‘rin yo‘q.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra,  1 aprelga kelib mamlakatda koronavirus yuqtirgani tasdiqlanganlar soni 173 nafarga yetdi. 

Koronavirus aniqlangan joylar orasida Navoiy Tog‘-kon metallurgiya kombinati joylashgan Zarafshon shahri yo‘q.

O‘zbekistondagi boshqa yirik korxonalar, jumladan atomobil ishlab chiqaruvchi GM Uzbekistan korxonasi ham doimiy shtat rejimida ishlamoqda.

Shirkat saytida e’lon qilingan bu haqdagi bildiruvda karantin davrida mijozlarga xaridlarni onlayn rejimida amalga oshirish taklif qilingan.

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurayotgan Enter Engineering kompaniyasi ham koronavirus xavfiga qaramay ishlarini to‘xtatmagan.

Ozodlik Enter Engineering kompaniyasi ishchilari G‘uzorda qanday sharoitda ishlayotgani, nega virus xavfiga qaramay qurilish ishlari to‘xtatilmagani haqida so‘rab shirkat matbuot kotibi Maksim Nosovga savollar bilan yozma murojaat qildi, lekin hozircha javob olmadi.

O‘tgan yil dekabr oyida  Enter Engineering kompaniyasining G‘uzorda ishlayotgan  xodimlari ovqatdan ommaviy zaharlangan, ulardan 65 nafari kasalxonaga yotqizilgan edi.

Ozodlik "o‘n minglab odam ishlaydigan korxonalarda ish to‘xtamagani, minglab ishchi har kuni bir joyda ovqatlanib¸ bir joyda to‘planishi koronavirusga qarshi hukumat komissiyasi joriy qilgan talablarga qanchalik to‘g‘ri keladi?" degan savolga mutasaddi idoralardan javob olishga urindi.

Ammo 1 aprel kuni na hukumat komissiyasi¸ na O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot uchun mutasaddilari bilan bog‘lanib bo‘ldi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

ТСД промышленного класса Saotron RT-T60



Здоровье

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов




Українські новини

ОіБ - охорона і безпека: замовляй охорону в Харькові



Новости 24 часа

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов



Game News

Четвёртое дополнение Age of Wonders 4: Eldritch Realms завершит первый цикл поддержки игры



Москва

"Эй, красивая, дай две штуки?": Мигрантов не пугает даже депортация. Местные жалуются - страшно выйти из дома



News Every Day

‘Please don’t play that at matches next season’, beg Luton fans after Coldplay reveal new song for Hatters at festival



Авто

Доступный, летний, твой – StarLine A60 BT GSM ECO



Москва

Пенсионерка из Москвы обманула мошенников и передала им пакет с бумагой вместо денег



Михаил Кутушов

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов



Москва

Два человека погибли из-за полученных травм на станции Щелково



WTA

Пресс-служба WTA мемом отреагировала на тяжёлую победу Свёнтек над Осакой



Москва

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе



Арцах

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе



Симферополь

Сожалеют, что бросающих черепах не бросили в тюрьму



Москва

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» легально изготавливает армии и спецслужбы. 6 серия. СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.



Москва

Сергей Собянин посетил фестиваль «Москва — на волне. Рыбная неделя»



Москва

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» легально изготавливает армии и спецслужбы. 6 серия. СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» спасает население от борьбы с перенаселением, 5 серия, СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.

Куратор Храпунова: на маркетплейсах заметили повышенную активность мошенников

Пенсионерка из Москвы обманула мошенников и передала им пакет с бумагой вместо денег

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов


Москва

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» легально изготавливает армии и спецслужбы. 6 серия. СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.






Rss.plus

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Стоматолог Владимир Лосев: сколько времени нужно носить брекеты

Выгодно ли покупать квартиру в новостройке?

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»

Moscow.media
Москва

Собянин: 1 июня начнется фестиваль «Лето в Москве. Все на улицу!»



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Элвис Пресли

Дом Элвиса Пресли атаковали аферисты




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

МегаФон привёз спасателям и пожарным грузовик связи

Певица Пелагея разделила имущество с бывшим мужем

Пассажир остановившегося в тоннеле метро поезда рассказал о происходившем в вагоне


Янник Синнер

Россиянин Котов уступил итальянцу Синнеру в третьем круге "Ролан Гаррос"



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России