Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Banklardan qarz ko‘targan mijozlar kredit ta’tili ko‘proq qarzga botirib qo‘yishidan qo‘rqmoqda

Banklardan qarz ko‘targan mijozlar kredit ta’tili ko‘proq qarzga botirib qo‘yishidan qo‘rqmoqda

8 aprel kuni O‘zbekiston Markaziy banki kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etishi to‘g‘risida bayonot berdi.

Shunday bo‘lishini MB bayonotigachayoq o‘zlari mijoz bo‘lgan banklardan eshitgan qarzdorlar e’lon qilingan "kredit ta’tili" beradigan imtiyozdan foydalanishga shoshilmayapti.​

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan bank xodimlari ham kredit to‘loviga qurbi borlar qarzdorlik ko‘payib ketmaslik uchun o‘z kreditlarini shartnomalarda belgilangan muddatlarda to‘lab borishni tavsiya etmoqda.

 

Andijonlik xususiy taksi haydovchi Habibullo "Fortuna Mikrokredit Biznes" moliyaviy tashkilotidan mashina sotib olish uchun mart oyida ikki yilga 30 foiz stavka bilan 20 million so‘m kredit olgan.

Lekin, koronavirus karantini sabab taksichilik to‘xtagan, Habibulloning esa kredit oylik to‘lovlarini to‘lashga imkoni yo‘q.

"Fortuna Mikrokredit Biznes" karantin bois Habibullo kabi qiyin ahvolga tushib qolgan mijozlarini tanazzuldan qutqarish uchun kredit ta’tili berdi.

Lekin, karantin davrida foizlar hisoblab boriladi. Yig‘ilgan foizlarni qarzdor karantin tugaganidan so‘ng oylik to‘lov ustiga qo‘shib to‘laydi. 

Habibullo Ozodlik bilan suhbatda kredit ta’tili uni qarzga ko‘mib tashlashidan xavotirlanayotganini aytadi: 

- Taksichilikdan oyda topganimni to‘lab boraman deb, yillik 30 foiz bo‘lsa ham shu kreditni olgandim. O‘zimni yonimdan qo‘shib "Matiz" mashina olganman. Hozir ishim to‘xtab qolgan. Bular mayli qiynalsang yig‘ilib qolgan foizlar bilan birga karantindan keyin to‘laysan deyishdi. Karantinda kechikkan to‘lov uchun jarima bo‘lmaydi, lekin karantin tugaganidan keyin to‘lay olmasam jarima qo‘llashlari mumkin ekan. Endi qarang. Foizini o‘zi oyiga 700 ming so‘mdan oshayapti. Chunki 30 foizlik kredit, 20 million so‘mni ikki yilda 32 million qilib qaytarishim kerak. Agar kechiktirilgan muddat hisobiga kredit muddati uzaytiriladigan bo‘lsa qarz yuki yana oshadi. Shuning uchun bu mashmasha cho‘zilmasidan olgan mashinani sotib, qarzdan qutilishim kerak.

O‘zbekiston Markaziy bankining rasmiy saytida 8 aprel kuni e’lon qilingan bayonotda kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etishi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanilishi lozimligi aytilgan.

"Hisoblab chiqsam qaytanga qarzim ko‘payar ekan"

Samarqand viloyat, Kattaqo‘rg‘on tumanida chorvachilik uchun 2018 yilda "Agrobank" tuman bo‘limidan uch yilga 50 million so‘mlik kredit olgan fermer Erkin Ro‘ziyev ham kredit ta’tili olishga shoshilmayapti: 

- Hozir hisoblab chiqsam qaytanga qarzim ko‘payar ekan. Bu masalaga ancha mas’uliyat bilan yondashish kerak-da. Oylik to‘lovni o‘zi 2 million so‘m atrofida. Agar uch oygami olti oygami kechiktiriladigan bo‘lsa keyin yig‘ilgan foizi bilan qaytarish kerak bo‘ladi. Kechiktiriladigan muddat hisobiga kredit muddati uzaytiriladigan bo‘lsa ham menga zarar bo‘lyapti-da. Karantin davrida yig‘ilgan foizlar, qarz to‘lovlari va uzaytirilgan muddat uchun yana foiz. Bu og‘irlik qilib qolishi mumkin-da. Shunga chorva mollarini sotib​ bo‘lsa ham har oyda shu 2 million so‘mni to‘lab o‘tirganim yaxshi. 

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan bank xodimlari ham kredit to‘loviga qurbi bor qarzdorlar o‘z kreditlarini shartnomalarida belgilangan muddatlarda so‘ndirishni tavsiya etmoqda.

"Agrobank"ning ismi oshkor etilishini istamagan mutaxassisi kredit ta’tili ba’zilar uchun qiyin davrdan chiqib olishlari uchun imkoniyat ekanini eslatdi:

-  Juda qiyin ahvolda qolganlar uchun bir imkoniyat bu. Kredit ta’tili ixtiyoriy. Qiynalib qolganlar kredit ta’tilini rasmiylashtirib ketishlari mumkin. Yaxshi tomoni bu muddat ichida barcha penya to‘lovlari va jarima olinmaydi. Lekin, to‘lashga qurbi bo‘laturib, kredit ta’tili olish noto‘g‘ri. Chunki, bu bepul imtiyoz emas. Har oy foizlar minib turadi. Shuning uchun imkoniyati borlar oydagini oyda to‘lab borganlari ma’qul, chunki karantin tugaganidan so‘ng to‘lanmagan foizlar oylik to‘lovga qo‘shiladi. Bu faqat bizda emas, boshqa davlatlar, Rossiyada ham shunday shartlar asosida ta’til berilyapti. Kredit ta’tili deganda ma’lum muddatga qarzdan kechilishi tushunilmasligi kerak. Mijoz qachon bo‘lsa ham foizi bilan qarzini bankka qaytarishi kerak, - dedi "Agrobank"​ mutaxassisi.

O‘zbekistonda 9 aprel xolatiga ko‘ra 24 ta bank jismoniy shaxslarga ajratilgan 100 mln. so‘mdan kam bo‘lgan barcha kreditlar bo‘yicha to‘lov jadvaliga asosan uzog‘i bilan 3 oylik muddatga ta’til bergan.

“Qishlok qurilish bank”i xodimining Ozodlikka aytishicha, imtiyozlarni qo‘llash 2020 yil 7 apreldan boshlab amalga kiritiladi.  

- Kredit olgan jismoniy shaxslar aprel-iyun to‘lovlarining asosiy qarz qismi 1 iyulga qadar kechiktirilib, kechiktirilgan to‘lovlarni  ular iyul-dekabr oylarida to‘laydilar. Karantin davridagi uch oylik to‘lovlar va foizlar ham iyul-dekabrdagi 6 oydagi to‘lovlarga teng ulushda qo‘shiladi, - dedi bank xodimi.

Toshkentdagi "U Credit" konsalting guruhi mutaxassisi Tohir Sobirovning Ozodlikka aytishicha, kredit ta’tili hozirgi qiyin davrda qiyin ahvolda qolgan ko‘pchilikka o‘zini tiklab olishiga yordam berishi mumkin:

- Uch oyga bo‘lsa ham banklar nafas rostlab olish uchun fursat beryapti. Shuning o‘zi yaxshi narsa. Ayniqsa qiyin ahvolda qolganlarga. Har holda to‘lamasa penya minmaydi-ku. Foizga kelsak qarz foizi bilan qarz. Foizga rozi bo‘lib olishgan qarzni, to‘g‘rimi? Hozir eng muhimi karantindan eson- omon chiqish. Hayot iziga tushib ketsa to‘lovlarni oylarga bo‘lib-bo‘lib to‘lab tashlashadi. Banklar birdaniga bo‘yniga qo‘yib qo‘ymaydi.

Ayni paytda qator Yevropa davlatlari va Rossiyada ham banklar koronavirus karantini sabab oylik to‘lovlarini to‘lay olmagan mijozlariga foiz to‘lovi amalda qolgan holda kredit ta’tili e’lon qilgan.

Ba’zi davlatlar karantin sabab ishsiz qolgan aholini qo‘llab-quvvatlash uchun yordam paketlarini joriy etdi.

Britaniya va Yevropa Ittifoqi davlatlarida hukumatlar ishini yo‘qotganlarga yordam puli berib turishni o‘z zimmasiga olgan.

Qo‘shma Shtatlarda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trillion dollar ajratish to‘g‘risidagi qonun imzolanib, o‘rtachadan kam daromad topadigan odamlarga 1200 dollardan, har bir bolaga 500 dollardan moddiy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

3 million 700 ming aholisiga ega Gruziyada esa hukumat aholi to‘laydigan kommunal to‘lovlarning katta qismini o‘z zimmasiga oldi.

Har oy 200 kVt soat elektroenergiya yoki 200 kub. metrdan kam gaz ishlatadigan xonadonlar uch oyga to‘lovlardan ozod etildi. ​

O‘zbekiston prezidenti 2020 yil 20 martda imzolagan "Koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha farmoni"da ham kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va kechiktirilgan muddatda qarzdorlik uchun jarima qo‘llanilmasligi haqida aytilgan.

Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ajratilgan kreditlar to‘lovarini ham jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda 2020 yil 1 oktabrga qadar uzaytirish prezident farmonida ta’kidlangan.

Ayni farmonda, 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddatini 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytirish¸ jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddatini ham 2020 yil 15 oktabrga qadar uzaytirish topshirilgan.

Butun dunyo¸ xususan¸ O‘zbekistonda yoyilib borayotgan koronavirus pandemiyasi sizning biznes faoliyatingizga qanday ta’sir qilmoqda? Hozirgi sharoitda O‘zbekiston hukumatidan kichik va o‘rta biznesni bankrotlikdan saqlab qolish uchun qanday yordam kutyapsiz? Bu haqdagi fikringizni Ozodlikning @ozodnews Telegram kanaliga yozib yuboring.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

В Архангельске медики России обменялись методиками оказания офтальмологической помощи



Жизнь

Глава "Рексофт" - в топ-100 отечественных ИТ-лидеров






Новости 24 часа

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».



Game News

Ubisoft adds another studio to what seems like an increasingly desperate effort to finally get Prince of Persia: The Sands of Time Remake finished



Москва

Обязательный предмет ЕГЭ при приеме в педвузы могут ввести с 2025 года



News Every Day

A Deep Dive into Realistic Doll Manufacturers



Блоги

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде



Москва

Бабка Синюшка и девушка-манси: выставка авторских кукол на тему Урала открывается в Екатеринбурге. ФОТО



Елена Волкова

Студенты Академии Игоря Крутого раскрыли свои таланты



Москва

Профессор Сафонов посоветовал объективно оценивать объявления о заманчивой работе



Даниил Медведев

После поражения де Минору россиянин Медведев завершает выступление в престижном теннисном турнире



Москва

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»



#123ru.net

Солнечные дети на сцене Кремля



Симферополь

Библиотечный бульвар «Любуюсь и горжусь тобой, любимый город» ко Дню города Симферополя



Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



Москва

Сергей Собянин. Главное за день



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

Обязательный предмет ЕГЭ при приеме в педвузы могут ввести с 2025 года

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

Наталья Сергунина: Более 5,5 тысяч мероприятий проведут НКО на фестивале «Лето в Москве. Все на улицу!»


Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде






Rss.plus

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин: Фестиваль «Рыбная неделя» посетили рекордные 4,5 миллиона человек



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Елена Волкова

Евгений Миронов, Ирина Пегова, Кристина Асмус, Илья Авербух, Елизавета Арзамасова и другие звезды не фестивале «НЕБО»




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Спортсменка Росгвардии установила рекорд в командном спринте на «Гран-при Санкт-Петербурга»

Первые тренировки нового сезона проекта «Спортивные выходные» прошли в Москве

«23 and Friends»: в Москве состоялся спортивно-музыкальный фестиваль Аш 23


Большой шлем

17-летний россиянин Даниил Саркисян разгромил Форбса из США на юниорском «Ролан Гаррос»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Колёсный теплоход «Аурум» на 180 пассажиров передали Нижнему Новгороду



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России