Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

2 kunda 480 o‘zbekistonlik charter reyslarda O‘zbekistonga qaytdi. Bir necha o‘n ming kishi navbat kutmoqda

2 kunda 480 o‘zbekistonlik charter reyslarda O‘zbekistonga qaytdi. Bir necha o‘n ming kishi navbat kutmoqda

Turkiyaning Istanbul va Rossiyaning Sankt-Peterburg shaharlaridan 480 nafar o‘zbekistonlik charter reyslar bilan parvoz qilgan samolyotlarda 13-14 may kunlari mamlakatga qaytdi. 8-12 may kunlari esa, 1200 dan ziyod kishi olib kelingani xabar qilingan edi.

Ular bundan ikki oy oldin joriy qilingan karantin bois chet davlatlarda qolib ketgan o‘zbekistonliklar ekani rasman aytildi.

Ozodlik suhbatlashgan yo‘lovchilar uchoq bortiga "tanish-bilish qilib chiqib olgan o‘zga davlat vatandoshlari ham bor"ligini aytishdi. 

Istanbuldan  Toshkentga qaytgan yo‘lovchi Ozodlikka yuborgan ovozli maktubida “barchaning charter reys bilan qaytishiga imkon yo‘qligi¸ karantin tugab¸ muntazam reyslar qo‘yilgunga qadar sabr qilish lozimligini” aytadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan ma’lumotnomada yozilishicha, 12 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi tomonidan tuzilgan onlayn-ro‘yxatga O‘zbekistonga qaytish istagini bildirgan 55 ming kishi kiritilgan.

Bundan tashqari O‘zbekistonning Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari tashkil qilgan ro‘yxatda 10 mingga yaqin vatandosh qayd etilgan.

O‘zbekistonning Turkiyadagi konsulxonasi xodimining Ozodlikka aytishicha, O‘zbekistonga qaytadiganlarning 7 ming kishilik ro‘yxati shakllantirilgan.

Bu ro‘yxatga kirgan 240 kishi 13 may kuni  Istanbuldan O‘zbekistonga yetib kelgan va 14 kunlik karantinga joylashtirilgan.

Shuningdek, Hindiston¸ Dubay¸ Britaniya va Germaniyada ham karantinda qamalib qolgan minglab o‘zbek vatandoshlari o‘z mamlakatiga qaytish yo‘lini izlamoqda.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotida  aytilishicha¸ charter reyslariga birinchi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar joylashtiriladi.

"Imtiyozli bo‘lsak ham uchoq bortiga chiqarishmadi"

14 may kuni Ozodlik muxbiri bilan gaplashgan o‘nlab o‘zbek vatandoshlar “imtiyozli kategoriyada” bo‘lishiga qaramasdan uchoqqa chiqarilmayotganligidan shikoyat qildi.

Bileti bor bolali ayol yo‘lovchi:

“Men Istanbuldaman. Qo‘limda 3 aprelga biletim bor. Tashqi ishlar vazirligi bildirgan qoida asosida men Toshkentga uchishim kerak edi. Bugungi charter reysga meni olmadi. Bileti borlar ham¸ kasal homilador va bolali ayollar hamda qariyalar qolib ketdi. Bizga hech qanday yordam berishmadi. Mening yosh bolam bor”.

Qo‘lida bileti bor va ro‘yxatda bo‘lishiga qaramay, uchoqqa chiqarilmagan Amirbek:

“Men Istanbulda yosh bolalarim bilan qolib ketdim. Men 3 va 5 yoshdagi ikki bolam va 56 yashar onam 17 mart kuni Istanbuldagi O‘zbekiston konsulligida ro‘yxatdan o‘tgan edik. Biletimiz 23 martga edi. Samolyotga qo‘yishmadi. Bu yerda homilador ayollar¸ yoshi kattalar¸ bolaliklar qolib tanish-bilish qilganlar ketyapti”.

Tanish-bilishchilik?

Istanbul-Toshkent charter reysida Toshkentga yetib kelgan yo‘lovchining Ozodlikka aytishicha, uchoq ichidagi 240 kishining hammasi ham O‘zbekiston vatandoshi bo‘lmagan.

“Juda ko‘p turklar bor edi. Ular xotini turk bo‘lgani uchun bortga olindi, deb aytishdi. Lekin men yolg‘iz kelayotgan qo‘li-oyog‘i but turklarni ham ko‘rdim uchoqda”, dedi suhbatdosh.

Istanbul aeroportida qo‘lida bileti bo‘la turib¸ konsullik ro‘yxatiga kirgan bo‘lsa ham uchoqqa chiqarilmagan O‘zbekiston vatandoshlari shubhali kimsalarning  aylanma yo‘llar bilan ilk charter reys bortidan o‘rin olganiga norozi bo‘lishdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlaydigan va lavozimida matbuotga gapirish izni yo‘qligi bois ismi aytilmasligini so‘ragan mulozim iddaosiga ko‘ra¸ "Turkiyadagi O‘zbekiston elchixonasi va elchining o‘zi charter reysda turk tadbirkorlariga imtiyoz yaratgan".

Suhbatdoshga ko‘ra¸ "bu charter reys qo‘lida bileti bor¸ kasal va qari vatandoshlarning o‘z yurtiga qaytishi  uchun O‘zbekiston hukumati tarafidan yaratilgan imkoniyat. Tashkil qilingan charter reys tanish-bilishchilik illati oqibatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi kerak".

Elchiga xat yozildi, hozircha javob yo‘q

Ozodlik bu iddao ortidan 14 may kuni  O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxodjayevning qo‘l telefoniga bir necha marta telefon qildi.

Elchi telefonni o‘chirib qo‘ygani bois, bog‘lanishning iloji bo‘lmadi.

Ozodlik muxbiri O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi Telegram sahifasi orqali maktub bilan murojaat qildi.

Maktubda Charter reysda tanish-bilish qilib ketgan  xorijlik tadbirkorlar  va ro‘yxatda ismi bo‘la turib bortga qo‘yilmagan bolali ayollar borasida izoh so‘raldi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xodimi norasmiy tarzda bu maktubni elchi Alisher Agzamxodjayev o‘qiganligini aytdi. Hozircha elchixona bu maktubga rasman javob bermadi.

Prezident topshirig‘i

7 may kungi videoselektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlar «imkoniyatga qarab, baribir olib kelinishi kerak»ligini aytgan edi.

Joriy yilning 13 mayidan 24 mayiga qadar chet davlatlarda qolib ketgan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun charter reyslar uyushtiriladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov 12 may kuni AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.

Mulozim amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinishi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etilishi va yo‘lovchilar ushbu ro‘yxat asosida havo kemasi bortiga kiritilishini bildirgan edi. 

Bundan bir oycha oldin  Xitoydan O‘zbekistonga 161 tibbiy mutaxassis tushgan samolyot kelgan edi . Ozodlik bu uchoq bortida  Pekindan koronavirusga qarshi kurashga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan xitoyliklar ham olib kelinganini yozgan edi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о повышении экологического статуса целлюлозно-бумажных технологий в России



Мода

Стильные образы на лето, в которых вы покорите окружающих




Українські новини

ОіБ - охорона і безпека: замовляй охорону в Харькові



Новости 24 часа

Выгодно ли покупать квартиру в новостройке?



Game News

Supercell выпустил игру Squad Busters на смартфоны



Москва

Движение на Сокольнической линии метро полностью восстановлено после сбоя



News Every Day

Man City star James McAtee lined up for dream Champions League transfer after Sheffield United relegation



Интернет

Экс-редактор Comnews присоединился к команде iTrend



Москва

Улыбка сделала слушателя «Юмор FM» миллионером



Тимати

«Ты кого здесь уму-разуму учить собрался? Берега не путай», — Киркоров получил претензию от Тимати



Москва

1 июня День памяти великого князя Димитрия Донского



Ролан Гаррос

Мирра Андреева вышла во второй круг Открытого чемпионата Франции



Москва

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»



Желдорреммаш

Спортсмены Улан-Удэнского ЛВРЗ стали победителями региональной спартакиады



Симферополь

Литературно-музыкальный вечер «Песня как признание в любви»



Москва

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе



Москва

Собянин посетил фестиваль "Москва – на волне. Рыбная неделя"



Москва

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Актер Дмитрий Липинский найден мертвым в Москве

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» легально изготавливает армии и спецслужбы. 6 серия. СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.

«Я полностью переосмыслил жизнь». Стас Пьеха поделился сокровенным

Тиктокершу Фросю арестовали за перформанс с биотуалетом во «Вкусно и точка»


Москва

Преступления мигрантов с рынков азербайджанского олигарха Года Нисанова продолжают шокировать Москву






Rss.plus

Выгодно ли покупать квартиру в новостройке?

Стоматолог Владимир Лосев: сколько времени нужно носить брекеты

Команда Центрального округа Росгвардии стала призером на чемпионате по пожарно-спасательному спорту в Москве (видео)

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин: фонд музея "Царицыно" собрал 61 тыс. произведений искусства



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Игорь Бутман

«Петя и Волк»: премьера спектакля Игоря Бутмана и Константина Хабенского на Moscow Jazz Festival




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Дептранс Москвы раскрыл детали инцидента на станции метро "Спортивная"

Пассажир остановившегося в тоннеле метро поезда рассказал о происходившем в вагоне

МегаФон привёз спасателям и пожарным грузовик связи


Янник Синнер

Россиянин Котов уступил итальянцу Синнеру в третьем круге "Ролан Гаррос"



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Что случилось на Сокольнической линии: Показан "виновник" переполоха в метро Москвы



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России