Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Tadbirkorlar: Soliqchilar onlayn kassa apparati va ta’minot dasturini sotib olishga majburlamoqda!

Tadbirkorlar: Soliqchilar onlayn kassa apparati va ta’minot dasturini sotib olishga majburlamoqda!

Ozodlikka bir qator viloyatlardan murojaat qilgan tadbirkorlar shu kunlarda soliq inspeksiyasi xodimlari o‘zlarini qariyb uch million so‘mlik yangi kassa apparati sotib olishga majburlayotganini bildirdi.

O‘tgan yilgi O‘zbekistonda prezident farmoni bilan kassa mashinalarini internet orqali to‘g‘ri soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasiga ulash jarayoniga o‘tish boshlangan.

Bu farmonga ko‘ra¸ Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan virtual kassa dasturiy mahsulotining asos qismi (bazasi) tadbirkorlarga bepul berilishi kerak.

Ozodlikka bog‘langan tadbirkorlar¸ Soliq qo‘mitasi bepul dasturni berish o‘rniga o‘zlarini xususiy MChJlardan dasturiy ta’minot sotib olishga majburlayotgani¸aks holda¸ mashinalarning bloklab qo‘yilayotganini xabar qildi va buni tasdiqlovchi suratlarni taqdim etdi.

Aytilishicha¸ elektron kassa mashinasi ishlashi uchun tadbirkor  yillik xizmat haqi 550 mingdan 1 million 2000 ming so‘mgacha boradigan xususiy shirkatlar bilan shartnoma tuzishi shart. Bu shirkatlar ro‘yxati esa¸ soliqchilar tomonidan taqdim qilinmoqda.

Ozodlik bog‘langan Soliq qo‘mitasi mutasaddilari¸ joylardagi o‘z inspektorlarining tadbirkorni xususiy MChJlar taklif qilayotgan pullik ta’minot dasturlarini sotib olishga majburlashga haqli emasligi¸ tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarga Soliq qo‘mitasi aralashmasligini iddao qildi.

Pandemiya davridagi yana bir majburiyat

Ozodlikka Surxondaryo¸ Samarqand va Namangan viloyatlaridan murojaat qilgan tadbirkorlar¸ karantin cheklovlari yumshab¸ o‘z faoliyatini endi jonlantiraman deb turganda¸ soliqchilar bosimi ostida qolganini bildirdi.

“Yangi kassa apparat olishga majburlashdi. Oldim¸  2 700 000 so‘mga. Bu apparat ishlashi uchun doim internetda bo‘lishimiz shart ekan. Oylik internet narxi 100 ming so‘m atrofida. Mayli¸ bunisiga ham rozimiz¸ internet baribir kerak. Lekin oylik programmasi uchun eng kami 50 ming¸ bo‘lmasa¸ 100 ming to‘lamasak¸ bu mashina ishlamas ekan. Bu nima degani? Bozordan telefon sotib olsangiz¸ ichida programmalari bo‘ladiku! Bu qanaqa mashinaki¸ unga oylik pul to‘lanadigan programma o‘rnatmasa¸ ishlamaydi! Soliq qo‘mitasi o‘zi tanlagan shirkatlar programmasini bizga majburlab oldiryapti”¸ deydi surxonlik tadbirkor.

Ayni shunday e’tirozlar Ozodlikka Samarqand va Namangan viloyatida faoliyat yurg‘izayotgan tadbirkorlardan ham keldi.

Bu tadbirkorlar ham¸ o‘z hududiy soliq inspektorlari zudlik bilan yangi kassa apparati sotib olish barobarida uni ishga tushirish uchun xususuy shirkat bilan ta’minot dasturi sotib olish haqida shartnoma qilishga ham majburlayotganini bildirdi.

“Bular xalq pulini shilishni biladi¸ tadbirkor karantinda qanday qiynalib¸ jonini xatarga qo‘yib ishlayotgani bilan ishi yo‘q. Soliqchilar majburlab sotyapti. Yangi kassa apparatini olmasang¸ bankdagi hisob raqamingni yopaman¸ hech qayerga pul chiqarolmaysan¸ deb po‘pisa qilyapti. Programmani kimdan olishniyam o‘zlari aytyapti. Tili bir bularning”.

Ozodlik gaplashgan tadbirkorlarning ayrimlari spirtli ichimlik va sigaret sotish bilan shug‘ullansa¸ yana biri xususiy apteka egasi.

Prezidentning 2019 yil 6 sentabrdagi farmonida¸ “alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari”ni elektron kassa apparatlariga o‘tkazish jarayoni 2020 yilning 1 yanvariga qadar tugashi shart qilib belgilangan. Aks holda¸ soliq idoralari ularni moliyaviy qonunbuzarlikda ayblashi va buning uchun eng kami 5 million so‘mlik jarimaga tortilishi mumkin.

Soliq mutasaddilari izohi

Ozodlik tadbirkorlardan tushgan e’tirozlar bo‘yicha Soliq qo‘mitasi mutaxassislari bilan bog‘landi.

Elektron kassa mashinalariga o‘tish jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan Profilaktika boshqarmasi mutaxassislari¸ ayni kunlarda prezident farmoni bo‘yicha onlayn nazorat kassa mashinalari (NKM) ga o‘tib bo‘lishi shart qilib belgilangan toifadagilar bilan profilaktik suhbatlar bo‘layotganini tasdiqladi.

“To‘rt toifadagi tadbirkorlik subyektlari 1 yanvargacha onlayn NKM sotib olishi shart edi. Bundaylar butun respublikada 100 mingga yaqin. Sotib olmagan tadbirkorlarga qo‘shimcha vaqt va ogohlantirish berilyapti. Karantinda hammaga qiyin bo‘lganini tushunganimiz uchun hech kim ularni jarimaga tortayotgani¸ jazolayotgani yo‘q"¸ dedi Ozodlik gaplashgan Soliq qo‘mitasi mulozimi.

Prezident farmoniga muvofiq¸ yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 5 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik subyektlari 2020 yil 1 avgustiga qadar¸ tushumi 100 million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetganlar joriy yil oxiriga qadar¸ qolganlar esa¸ 2022 yil 1 yanvariga qadar elektron kassa mashinalariga o‘tishi shart.

Dunyoning aksar taraqqiy qilgan davlatlarida joriy etilgan onlayn kassa apparatlariga tushadigan har qanday tushum bevosita soliqchilarga ko‘rinadi va bu yashirin iqtisodni cheklab¸ uni soliqqa tortishga yordam beradi.

Elektron NKMga o‘tishni qaysi qismi pulligu¸ qaysisi bepul?

Soliq qo‘mitasi mulozimlari ayni kunlarda 2 700 000 -3 000 000 so‘mga sotilayotgan kassa mashinasi narxidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari  ( joriy BHM 238 610 so‘m – tahr.)  tadbirkor to‘lashi lozim soliqdan chegirib tashlanishini bildirdi.

“Apparatning 2 386 100 so‘mini davlat qoplaydi”¸ dedi qo‘mita mutaxassisi.

Tadbirkorlarning asosiy e’tiroziga uchrayotgan pullik ta’minot dasturlari – programma bo‘yicha savollarga javob bergan mulozimlar¸ qo‘mitaning bu jarayonga aloqasi yo‘qligini ta’kidlashga urindilar.

“Prezident farmoni bilan «O‘zeltexsanoat» uyushmasi  dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi 10 ta xususiy MChJni tanladi. Ular kiberxavfsizlik parametrlari bo‘yicha tekshiruv va sinovdan o‘tkazilgan.  Soliq qo‘mitasi bepul beradigan virtual kassa dasturiy mahsulotining asos qismidan qanoatlanmagan tadbirkor¸ shu o‘ntadan bittasi mahsulotini sotib olishi mumkin. Bu ikki mustaqil tadbirkorlik subyekti o‘rtasidagi munosabat va biz unga aralashmaymiz”¸ dedi Soliq qo‘mitasi mulozimlaridan biri.

Tadbirkorlarning prezident farmoniga ko‘ra Soliq qo‘mitasi bepul taqdim qilishi belgilangan ta’minot dasturining berilmayotgani yoki umuman ishlamayotgani haqidagi e’tirozlariga javoban qo‘mita mutasaddilari¸ bunday holatlar bo‘yicha qo‘mita ishonch telefonlariga murojaat qilishni so‘radi.

“Tadbirkorlar bizga murojaat qilib¸ kim o‘zlarini falon kompaniyaning falon dasturini sotib olishga majburlayotgani yoki bepul dasturni bermayotganini bizga aytsin¸ o‘rganib¸ chora ko‘ramiz”¸ dedi Davlat soliq qo‘mitasining Profilaktika boshqarmasi mulozimi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Единство народов в многообразии культур: фестиваль «Гармоничная Россия» вновь пройдет в Архангельске



Мир

Турецкие отели в шоке после банкротства крупнейшего туроператора: все оказались в долгах, как работать летом — непонятно






Новости 24 часа

В Подмосковье сотрудники Росгвардии спасли пожилого мужчину, который оказался один дома и плохо себя почувствовал



Game News

Ubisoft adds another studio to what seems like an increasingly desperate effort to finally get Prince of Persia: The Sands of Time Remake finished



Москва

ИА Регнум: дело таксиста, высадившего бойцов СВО за разговоры, не прекращено



News Every Day

Discover Tintex: A Hub for Premium Car Care and Customization



Авто

Автомобилисты совершили более 10,3 млн поездок по трассе М-12 Восток



Москва

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.



Лариса Долина

Валерия, Лариса Долина, Владимир Пресняков и другие звезды примут участие в V юбилейном семейном форуме Леонида Агутина в Сочи



Москва

Жеребьёвка группового этапа Пути РПЛ Кубка России сезона-2024/25 пройдёт 10 июня



Стефанос Циципас

«Он никогда не снимается с турниров». Циципас прокомментировал травму Джоковича



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки



Россия

Почта России помогла детям-подопечным благотворительных фондов встретиться с футболистами ЦСКА



Симферополь

Литературно-краеведческая программа «Не может быть Родина малой, с такою великой душой!»



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки



Москва

Собянин заявил о росте инвестиций в Москву из-за импортозамещения



Москва

В Подмосковье сотрудники Росгвардии спасли пожилого мужчину, который оказался один дома и плохо себя почувствовал



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Швейцарская организация подтвердила задержание своего советника в России

«Россия и Белоруссия — неразделимы»

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков


Москва

В Подмосковье сотрудники Росгвардии спасли пожилого мужчину, который оказался один дома и плохо себя почувствовал






Rss.plus

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

В Подмосковье сотрудники Росгвардии спасли пожилого мужчину, который оказался один дома и плохо себя почувствовал

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

Moscow.media
Москва

Мэр Москвы договорился о создании роботизированного завода по производству грузовых автомобилей



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

VK Fest

В Красноярске появились фейковая реклама VK Fest с Бастой




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Сергей и Ангелина Минаевы из Брянска завоевали серебро Кубка «НИКА 2024»

Новая эра соревнований: спортивный фестиваль «Игры Лидеров» пройдет 23 июня

Spirit. Fitness откроется в ТРЦ Мегаполис


ATP

Янник Синнер высказался о первом месте в рейтинге ATP и травме Новака Джоковича



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Мир

Как избежать больших проблем при одиночном путешествии: туристкам дали важные советы по безопасности



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России