Qashqadaryoda “o‘zini eplolmagan” va bankdan qarzdorligi bo‘lgan g‘isht zavodi auksionda sotildi. Biroq zavodning sobiq egalari buni tan olmayapti
“Zavodni to‘rt yil davomida bankrotlik yoqasiga olib kelgan va arzimagan pulga sotib olishni mo‘ljal qilgan ‘Qashqadaryo neft-gaz qurilish va ta’mirlash’ AJ mas’ullari onlayn savdoga bizning kirishimizni kutmagan. Va zavod auksionga qo‘yilib, sotilgunga qadar jim turgan