Qashqadaryo Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi 855 nafar o‘qituvchi koronavirusga chalinganini rad etdi. Holbuki, mazkur ma’lumotni markaz bosh vrachi tasdiqlagandi
Qashqadaryo SEOMning Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy Telegram kanalida e’lon qilingan xabarida viloyatdagi maktablar xodimlari soni kam ko‘rsatilgani bois koronavirusga test topshirgan xodimlar foizi yuqorilangani ko‘zga tashlanadi