Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

"Korean&Migrations"ishi: Mustaqillik maydoniga chiqqan norozilar kuch qo‘llanganidan shikoyat qildi (VIDEO)

"Korean and Migrations" xususiy bandlik agentligining Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish va’dalariga ishonib, aldanganlardan 50 nafarga yaqini 12 - oktabr kuni yana Mustaqillik maydoniga to‘plandi.

Norozilarga ko‘ra, ularni bir kun ichida ikki marta Mustaqillik maydonidan kuch bilan haydashgan.

Arzchilardan ikki nafari IIB tomonidan ushlanib, “tushuntirish o‘tkazilgach” qo‘yib yuborilgan.

Ayni paytda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mulozimlari "Korean and Migrations" firmasidan jabrlanganlarning "pullarini qaytarish harakatlari boshlanayotgani"ni bildirdi.

Bir hafta avval norozilik bildirib Toshkentga yig‘ilgan boshqa bir agentlik - Profelite IMP firmasidan aldangan 48 kishiga esa pullari qaytarib berilgan.

Namoyishchilar: Bizga kuch qo‘llashdi

 

12 - oktabr kuni ertalabdan "Korean and Migrations" agentligidan aldangan 50 ka yaqin kishi Toshkentning Mustaqillik maydoniga yig‘ildi.

Yig‘ilganlardan birining Ozodlikka aytishicha, ularni tushga yaqin Mustaqillik maydonidan kuch bilan haydashgan:

 

“Biz ertalab soat 9larda Mustaqillik maydonidagi Humo qushi yodgorligi tagiga keldik. Ellikka yaqin odam to‘plandik. Avval Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umurzoqov keldi. Keyin bizga bosim qilib, maydondan haydashdi. Bizni haydayotgan paytini bir yigit videoga olayotgandi, ichki ishlar uni ushlab oldi. Bizlar u yigitni bermaymiz, deb , uni qo‘yib yubormadik. Ikki o‘rtada tortishuv kelib chiqdi. Baqir-chaqir bo‘lib ketdi. Baribir IIB kuchli chiqdi, ular  yigitni tortqilab, avtobusga bosib, olib ketdi”.

Ushbu namoyish qatnashchilaridan yana biri esa IIB tomonidan ushlanganlar ikki kishi ekanini aytdi:

“Ikki kishini bosib, olib ketishdi. Men ularni keyin ko‘rmadim. Ularga nima bo‘lganini ham bilmayman. Qaytib kelishmadi. Keyin hammamizni kuch bilan avtobusga tiqib, Tashqi migratsiya agentligiga olib borishdi. U yerda bizga Qozog‘iston va Rossiyaga ishlashga ketishni taklif qilishdi. Biz ish so‘rab kelmadik, pullarimizni qaytarishni talab qilyapmiz”.

Mulozim: Hech kim hibsga olinmadi

 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Ozodlik 12 - oktabr kuni tushdan keyin gaplashgan mulozimi IIB tomonidan hech kim hibsga olinmaganini bildirdi.

“Hech kim qamalmadi. To‘polon chiqarish qonunga zid ekanini tushuntirib, keyin qo‘yib yuborishdi. Agentlikka avtobusda olib kelinganlar bilan ham suhbatlashgach, uylariga ketishdi”, - dedi matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi sabab ismi ochiqlanmasligini so‘ragan mulozim.

Namoyishchilar: Norozilik davom etdi

 

Tushdan keyin Ozodlik bilan qayta bog‘langan jabrlanganlar esa, Mustaqillik maydonida namoyishni yana davom ettirishganini aytishdi:

“Bizga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida quruq gap qilishgach, Mustaqillik maydoniga qaytib keldik. Prezidentga videomurojaat qildik. Keyin Bosh vazirning idorasiga piyoda ketayotgan paytimizda, oldimizdan Milliy gvardiya chiqib, to‘sqinlik qildi. Ular soni yigirmatacha edi. Keyin namanganlik bir opa o‘zini mashina tagiga tashlamoqchi bo‘lgandi, Milliy gvardiyachilar ushlab qoldi. Keyin bizni bosim bilan yana avtobusga mindirib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga olib borishdi. U yerdan yana quruq gap bilan avtobusga qayta mindirib, Qo‘yliqqa olib borib tashlashdi”.

Uch oyda uch namoyish

 

"Korean and Migrations" agentligidan aldanganlar keyingi uch oy ichida jami uch marta norozilik bildirib, Toshkentda to‘plandi.

28 - sentabr kuni ham Bosh vazir qabulini talab qilib to‘plangan namoyishchilar Mustaqillik maydonidan haydab yuborilgandi.

1-2 - iyul kunlari esa jabrlanuvchilar Toshkentning Mustaqillik maydonida to‘planib, prezident Mirziyoyevdan yordam so‘rashgan.

Mulozim: Pullarni qaytaramiz

 

“Korean and Migration” rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida Ozodlik 2019 - yil 10 - noyabrida xabar bergan edi.

Joriy yilning 14 - sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi “Korean and Migrations” agentligi mansabdor shaxslari va vositachilari ustidan hukm o‘qidi.

O‘zbekiston Oliy sudi ma’lumotiga ko‘ra, agentlik direktori Qahramon Otaqulov va agentlikning Namangan viloyat filiali direktori Odil Kabilov 9 yilga, agentlik ta’sischisi Xushvaqt Turdiyev va agentlikning o‘quv ishlari bo‘limi direktori Musurmon Aliqulov 8 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Ozodlik bog‘langan mulozimi “Korean and Migrations" firmasidan jabrlanganlarning pullarini qaytarish harakatlari boshlanayotganini bildirdi.

“Sud “Korean and Migrations” agentligi 2297 fuqaroga yetkazgan 19 milliard 616 million so‘mni undirish haqida hukm chiqargan. Biroq hozirda IIV depozitida atigi 7 mlrd 831 mln so‘m bor, yana 573 mln so‘mlik xatlangan mol-mulklar bor. Shuning uchun hozircha bor pulni hammaga teng bo‘lib beramiz. Boshqa iloji yo‘q. 38 foizdan tushadi. Yaqin kunlarda jabrlanuvchilar bu pullarni oladi”, - dedi agentlik mulozimi.

Mulozimning aytishicha, keyingi bir hafta mobaynida “Profelite IMP” agentligidan jabrlangan "42 kishiga jami 431 million so‘m pul qaytarilgan".

Ushbu agentlikdan aldanganlar 6 - okyabr kuni Toshkentdagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oldida norozilik bildirishgandi.

Bandlik agentliklari faoliyati qayta ko‘riladi

 

O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga 2018 - yil kuzidan boshlab ruxsat berilgan edi. Shundan keyin o‘tgan ikki yil davomida 75 ta agentlikka fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, keyingi bir yil ichida jami 48 ta agentlikning litsenziyasi bekor qilingan, o‘ndan ziyod agentlikka qarshi ish ochilgan, hozirda 27 agentlik o‘z faoliyatini davom ettiryapti.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 6 - oktabr kuni Ozodlik muxbiri bilan gaplashgan mulozimiga ko‘ra, xususiy bandlik agentliklari faoliyatini qayta tashkil etish rejalanmoqda.

Bir oy ichida e’lon qilinishi kutilayotgan yangi qonunga muvofiq, endilikda bandlik agentliklari faqat konsalting xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Xorijga ishga jo‘natish bilan esa, bundan buyon faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shug‘ullanishi rejalangan.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

В Архангельске подвели итоги III Всероссийского форума «Арктика. Лёд тронулся»



Жизнь

Глава "Рексофт" - в топ-100 отечественных ИТ-лидеров






Новости 24 часа

Весь мир чипировали умом Ленина?! Раскрыта загадка Мавзолея В.И. Ленина. Проект "Святой Ленин".



Game News

Ultrakill dev says it's fine to pirate his game if you don't have money to spare: 'Culture shouldn't exist only for those who can afford it'



Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



News Every Day

Discover Tintex: A Hub for Premium Car Care and Customization



Авто

Завершен пятый этап надвижки моста через Каму



Москва

Вильфанд предупредил москвичей о дождях и грозах в ближайшие дни



Песня

Рассылка Песни или Музыки на все Радиостанции.



Москва

Авиакомпания «Россия» начала расследование из-за поломок шасси на SSJ-100



WTA

Ига Свёнтек одержала 40 побед над теннисистками из топ-10 рейтинга WTA



Москва

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»



Сергей Собянин

Собянин объявил о начале работы хаба молодежного предпринимательства



Симферополь

В районе Симферополя появится крупный жилой микрорайон - ЖК "Республика"



Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков



Москва

Собянин одобрил три проекта по программе создания мест приложения труда



Москва

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

Золото партии. Дети Жириновского пошли в суд из-за наследства

Пензенские активисты стали участниками фестиваля Движения Первых в Москве

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков


Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков






Rss.plus

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

Студенты Академии Игоря Крутого раскрыли свои таланты

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

Moscow.media
Москва

Собянин: Начался прием заявок на конкурс грантов для социальных НКО



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Ирина Серегина

Соревнования по футболу




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Ход конем. В Москве на Гоголевском бульваре открылся летний шахматный клуб

Юные тулячки завоевали серебро и бронзу турнира по синхронному плаванию

После концерта и в дождь дороже: как складываются цены на поездки на такси


Ролан Гаррос

Главный русский теннисист заставил Париж аплодировать ему стоя. Что удалось Осьминогу Медведеву?



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Солнечные дети на сцене Кремля



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России