Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Qassoblar: Toshkentda go‘sht narxi sun’iy oshmasligi uchun “bozor mafiyasi”ni yo‘q qilishsin!

Qassoblar: Toshkentda go‘sht narxi sun’iy oshmasligi uchun “bozor mafiyasi”ni yo‘q qilishsin!

17 - oktabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Eski jo‘va dehqon bozori” go‘sht rastalarini aylandi va poytaxtdagi qassoblar bilan uchrashdi.

Qassoblar bilan suhbatda, xususan, "Eski jo‘va"dagi qassoblardan oyiga norasmiy 400 ming so‘m yig‘ib kelgan "go‘sht qiroli" tilga olinishi ortidan Ortiqxo‘jayev "uning arizasini olishni buyurgan".

Bozorda farrosh sifatida rasmiylashtirilgan bu shaxs¸ Ozodlik gaplashgan qassoblar ta’kidicha¸ aslida poytaxtda go‘sht savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan “dolya” yig‘ib kelayotgan "mafiya" vakilidir.

“Farrosh-qirol”ning ikki kundan beri bozorda ko‘rinmayotganini bildirgan qassoblar¸ uning o‘rni sovumay turib¸ boshqa o‘lponyig‘ar tayinlanganini bildirdi.

“Eski jo‘va dehqon bozori”ning Ozodlik bog‘langan ma’muri bozorda go‘sht mafiyasi borligini ham¸ hokim Ortiqxo‘jayevning farrosh-"qirol"ni ishdan olganini ham rad etdi.

Faqat hokimga atalgan narxlar...

Shu kunlarda O‘zbekiston bozorlarida go‘sht narxi keskin qimmatlagani ortidan mahalliy hokimiyat rahbarlari bozorlarga chiqib¸ savdogar-tadbirkorlarga narxlarni ko‘tarmaslik haqida buyruq bermoqda.

17 - oktabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham poytaxt bozorlarini oziq-ovqat¸ xususan, go‘sht bilan ta’minlayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

“O‘zaro muloqot davomida oziq-ovqat hamda go‘sht mahsulotlarining narxi oshishining oldini olish hamda tadbirkorlarning faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi”¸ deyiladi bu haqda hokimlik matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Ayni kuni Jahongir Ortiqxo‘jayev “Eski jo‘va dehqon bozori”ga borib¸ bu yerdagi narx-navo bilan qiziqqan¸ bozor ma’muriyati¸ xususan¸ go‘sht rastasidagi qassob va sotuvchilar bilan gaplashgan.

Hokim borgan kuni bozorda bo‘lgan qassoblardan birining Ozodlikka aytishicha¸ ular Ortiqxo‘jayevga amalda yo‘q narxlarni aytishga majburlangan.

“Bizning bozorga hukumat amaldorlari narxlarni surishtirishga tez-tez keladi. Sa’dulla degan zamdirektor bizlarni ko‘p chaqiradi. Kim kelsa shu arzon narxni aytasan¸ bo‘lmasa shartnomangni bekor qilamiz¸ deydi. Hozir suyakli go‘shtni 68-70 ming so‘mga sotyapmiz¸ Ortiqxo‘jayevga 58-60 ming so‘m deb aytasan deyishdi¸ shunday deb aytdik. Hokimga ma’qul keldi bu narx. Aslida bunaqa pulga go‘sht yo‘q bozorda. Lahm umuman sotmaysanlar deb zamdirektor aytdi. Lahm obeddan so‘ng chiqaramiz, rahbarlar odatda obedgacha kelib-ketadi. Lahm bugun 80 mingdan kam sotilmadi. Hokim esa¸ bizga 60 mingdan oshmasin¸ deb buyruq berib ketgan”¸ dedi Eski jo‘vadagi go‘shtfurushlardan biri.

“Hokim va rahbarlar o‘z hududidagi bozorga chet elga safarga borgandek tantana bilan kelmasdan¸ hech kimga aytmay kechki payt soat 5 larda kirib kelsa¸ haqiqatni ko‘radi. Nafaqat haqiqiy narx¸ balki sanitariyaning ham haqiqiy ahvolini ko‘rardi. Bozorda tozalik faqat ertalab bor. 4 dan so‘ng maymunlar yig‘laydi bozor ahvoliga”¸ deydi bu suhbatdosh.

“Go‘sht qiroli” kim?

Jahongir Ortiqxo‘jayevning Eski jo‘va “safari”ga guvoh bo‘lgan qassoblarning aytishicha¸ poytaxt hokimi ulardan go‘sht narxini arzonlatish uchun nima qilish kerakligini so‘ragan.

“Men ham o‘sha joyda edim¸ g‘ala-g‘ovur bo‘ldi. Molga beriladigani yem-xashakni arzonlashtirish kerak¸ chorvadorlarga yer berish kerak¸ deyildi. Keyin qassoblardan kimdir Anvar haqida shikoyat qildi. Hokim Anvarni yaxshi bilarkan¸”arizasini olinglar¸ bozorda boshqa ko‘rinmasin” dedi jahl bilan. Mana ikki kundan beri u ko‘rinmay turipti”¸ dedi ismini ochiqlamay gapirgan qassoblardan biri.

Ozodlik suhbatdoshlari “Anvar kim?” degan savolga uning Toshkentda ko‘pchilik “go‘sht qiroli” sifatida taniydigan shaxs ekanini aytdi.

“Anvar rasman bozorda farrosh¸ amalda esa¸ yillardan beri Toshkentdagi go‘sht narxini sun’iy ravishda oshirib kelayotganlardan biri. Misol uchun, xolodilniklar orasida mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida taxta stol qo‘yilgan. Ushbu stollarda biz qassoblar go‘sht mahsulotini sotish uchun Anvar orqali bozorga 400.000 so‘mdan oyiga norasmiy pul to‘lab kelamiz. Bu rasmiy 675 ming so‘mlik patentning ustiga! Bunday stollardan sanasak 100 tadan oshiq, bu 40.000.000 so‘m oyiga demakdir. Bu pulni chiqarish uchun uni sotadigan go‘sht ustiga qo‘shamiz¸ oqibatda shundoq ham qimmatga kelayotgan go‘sht yanayam qimmatlaydimi?”

Toshkentdagi go‘sht narxini Eski jo‘va belgilaydi...

Toshkentdagi eng yirik go‘sht bozori Eski jo‘vada ekanini aytgan Ozodlik suhbatdoshlariga ko‘ra¸ bu yerda kuniga 30 tonnagacha go‘sht sotiladi va poytaxtning aksar bozorlariga ham mahsulot shu yerdan tarqaydi.

“Eski jo‘vada go‘sht qimmatlasa¸ qolgan bozorlarda undan ham ko‘proq ko‘tariladi. Ya’ni Eski jo‘vadagi go‘sht narxini sun’iy oshirish¸ butun Toshkentdagi narx oshishini bildiradi. Shuning uchun go‘sht mafiyasi eskitdan Chorsuda o‘tiradi. Anvarni oldingi hokim ham 2016 - yilda Toshkent shahar bozorlari ma’muriyati, barcha qassoblar, hokimlik idoradagilar oldida konsert zaliga yig‘ib¸ hammaning oldida namoyishkorona haydagan edi. Ammo oradan uch oy o‘tib¸ farrosh sifatida qaytib kelib¸ yana dolya yig‘ishni davom ettirishga kirishdi. Unga pul bermasak¸ bozordan haydashadi¸chunki ma’muriyat bilan tili bir. Qo‘limizdan boshqa ish kelmagandan keyin¸ pul berib¸ tishimizni-tishimizga qo‘yib chidab kelyapmiz”¸ dedi qassoblardan yana biri.

Yo‘qolsin qirol! Yashasin qirol!

19 - oktabr kuni Ozodlik gaplashgan qassoblar¸ Jahongir Ortiqxo‘jayev 17 - oktabr kuni bozor aylanganda “yo‘qotinglar” deb buyurgan “go‘sht mafiyasi”ning shu bilan yo‘q bo‘lib qolishiga umuman ishonmasliklarini bildirdi.

“Bugundan “yangi go‘sht qiroli” uning o‘rniga ish boshladi. Yangi qirol Munitsipal aktivlarini boshqarish markazi rahbarlaridan biri. Anvar ketishi bilan eski "starshiy" qassoblar to‘lanayotgan norasmiy 400.000 so‘m bari bir to‘lanishi¸ faqat endi u N.T. nazoratiga o‘tganini aytishdi. Bittasidan qutilib¸ ikkinchisiga tutildik. Noqonuniy olinayotgan 400.000 so‘m xalq olayotgan go‘shtning narxiga o‘tirishda davom etadi. Bu ishlarni bozorqo‘m ham, bozorlar boshqarmasi rahbari ham¸ bozor ma’muriyati ham bilishadi. Bozorlar boshqarmasini neft-gaz sohasidan chiqqan sobiq mulozimlar qo‘lga olgan¸ hamma yoqning rasvosini chiqarib yuborishdi”¸ deydi Eski jo‘va qassoblaridan biri.

Bozor rahbari: Hokim bizga faqat rahmat aytib ketdi!

19 - oktabr kuni qassoblar bergan ma’lumotlarga izoh olish uchun Ozodlik “Eski jo‘va dehqon bozori” ma’muriyatiga qo‘ng‘iroq qildi.

O‘zini bozor direktori yordamchisi deb tanishtirgan mulozim¸ hokim Ortiqxo‘jayevning 17 - oktabr kuni bozorni aylanganini tasdiqladi.

“Hokim keldi¸ biz yaratgan sharoitni ko‘rib¸ minnatdorchilik bildirib¸ xursand bo‘lib chiqib ketdi. 10 kundan beri biz narxlarni nazoratga olganmiz. Arzonlashtirilgan shakar¸ yog‘¸ tuxum sotilyapti. Yog‘ning litri 11 500 so‘m¸ tuxum 900 so‘m¸ shakar 5800. Qoraqalpog‘iston respublikasidan kuniga besh-oltita molni so‘ydirib sottiryapmiz 55 ming so‘mdan. Kechadan qo‘y go‘shtiyam qo‘yildi”¸ dedi bozor ma’muriyati mulozimi.

Suhbat qassoblarning “go‘sht qiroli” Anvar haqidagi shikoyatiga kelganda mulozim ancha duduqlanib qoldi va "o‘zining yangi kelgan odam ekani¸ Anvar degan shaxsni umuman tanimasligi”ni aytdi.

“Men farroshlarni tanimayman. Anvar degan farroshning ishdan olinganiniyam bilmayman. Kecha hokim kelib aylandi¸ s’yomka qilishdi¸ men ham rahbarlar orqasidan yurdim. Hokimning kimgadir tanbeh bergani¸ ishdan olganini ko‘rmadim. Keldi xursand bo‘lib¸ rahmat deb ketdi. Rayon hokimi¸ prokurori¸ nachalnik melisa hammasi yonida bor edi. To‘rttalik xizmat birga yurdi. Kimnidir ishdan oldi deyishgan bo‘lsa¸ bu yolg‘on ma’lumot”¸ degan bozor ma’muriyati mulozimi “yangi go‘sht qiroli” deyilgan shaxs nomini eshitishi bilan aloqani uzib qo‘ydi.

Qassoblar va’dasi...

19 - oktabr kuni Ozodlik gaplashgan toshkentlik qassoblar¸ asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining qimmatlab¸ aksar xalqning kundalik turmushi yanada nochorlashgan hozirgi vaziyatda bozorlarga zuluk kabi yopishgan “mafiya”ni yo‘qotish dolzarb vazifaga aylanganini ta’kidladi.

“Pandemiya ko‘pchilikning holini tang qilyapti¸ hamma yoq qimmatchilik. Xalqimiz go‘sht narxini oshishini biz qassoblardan ko‘radi. Lekin bozorlardagi haqiqiy ahvolni ko‘pchilik bilmaydi. Ushbu mafiyaning ob’yektiv o‘rganilishini mutasaddi tashkilotlardan talab qilamiz. O‘z navbatida biz qassoblar Toshkent shahar xalqi va hukumat oldida¸ bizlarni ushbu shaxslardan ozod etishsa¸ go‘sht narxini sun’iy oshirmaslikka va’da beramiz”¸ deydi Ozodlikka murojaat qilgan “Eski jo‘va dehqon bozori” qassoblari.

Sabab emas¸ oqibatga qarshi kurash...

Ba’zi mahalliy mustaqil iqtisodchi va blogerlar fikricha, pandemiya tufayli millionlab o‘zbekistonliklar kambag‘allik girdobiga tortilayotgan ayni kunlarda hukumat asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishini to‘xtatishga urinmoqda. Ammo bu urinishlar yana eski uslubda - muammo sababi emas¸ balki natijaga qarshi kurashish bilan cheklanmoqda. Oqibatda esa¸ qimmatchilik barobarida¸ qahatchilik ham boshlangani aytilmoqda.

“Bugundan boshlab aksar bozor va savdo markazlarida go‘sht narxi 60000 so‘mdan arzonga tushirildi. Lekin, bu savdogarlarga majburan qildirilganligi sababli sifatli go‘sht mahsulotlari defitsiti boshlanganligi haqida xabar berilmoqda. Selektordan so‘ng ko‘rinishidan muammoni eskicha yo‘l bilan yechishga qaror qilishgan.

Iqtisodiyot o‘zining qonunlari bilan yashaydi. Unga tashqaridan sun’iy aralashuv doim bir joydan teshib chiqadi. Shu uchun ham odatda davlatning bozordagi vazifasi raqobatbardosh muhitni yaratish, regulyator rolini o‘ynash va o‘z soliqlarini yig‘ib olishdir. Davlat narx siyosatiga aralashmasligi kerak. Bozorda halol raqobat bo‘lsa, o‘zi shundoq ham tabiiy tarzda eng arzon narxlar shakllanadi” ¸deb yozdi taniqli noshir va bloger Firuz Allayev 19 - oktabr kuni o‘z Telegram kanalida.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

На «Белый июнь» в Архангельск приедет звезда сериалов «Вампиры средней полосы» и «Контейнер»



Мир

Российский лоукостер запустил рейсы в Анталию из Махачкалы






Новости 24 часа

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков



Game News

Just Cause developer Avalanche Studios Group is closing the Montreal studio it acquired just 8 months ago



Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



News Every Day

England vs Bosnia & Herzegovina: Three Lions face Dzeko and Co in Euro 2024 warm-up match – stream FREE, TV, team news



Настроение

РОССИЮ ОЖИДАЕТ ПЛЮС 50 ГРАДУСОВ: КАКИМ ГОРОДАМ ЖДАТЬ АНОМАЛЬНУЮ ЖАРУ



Москва

Москвичам напомнили, что можно сдать с помощью сервиса «Вывоз ненужных вещей»



Оркестр

Оркестр штаба Тихоокеанского флота выступил в столице БАМа



Москва

Актриса Анастасия Макеева раскрыла секреты красоты и здоровья



Ролан Гаррос

Джокович снялся с Открытого чемпионата Франции по теннису



Москва

Евгений Миронов, Ирина Пегова, Кристина Асмус, Илья Авербух, Елизавета Арзамасова и другие звезды не фестивале «НЕБО»



Желдорреммаш

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков



Симферополь

Библиотечный бульвар «Любуюсь и горжусь тобой, любимый город» ко Дню города Симферополя



Москва

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»



Москва

Собянин одобрил три проекта по программе создания мест приложения труда



Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Житель Нерюнгри украл банковскую карту у попутчика по купе

Синоптик Позднякова рассказала, когда в Москву вернутся ливни и грозы

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде


Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков






Rss.plus

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Почта России помогла детям-подопечным благотворительных фондов встретиться с футболистами ЦСКА

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

Moscow.media
Москва

Собянин рассказал о работе хаба молодежного предпринимательства



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Певец

Певец Прохор Шаляпин назвал Кадышеву и Бабкину самыми богатыми артистками России




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Ход конем. В Москве на Гоголевском бульваре открылся летний шахматный клуб

Юные тулячки завоевали серебро и бронзу турнира по синхронному плаванию

Генпрокуратура потребовала передать государству велотрек с Олимпиады-80


Ролан Гаррос

Теннисистка из Пятигорска вышла в четвёртый круг турнира Большого шлема



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Варвара Грачёва

Осталась в одиночестве: Андреева победила Грачёву и вышла в четвертьфинал «Ролан Гаррос», Медведева остановил де Минор



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России