Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Kuniga 5600 so‘m topgan odam kambag‘al emas, degan prezident iqtisodchisi tarmoqda hajv qilinmoqda

Kuniga 5600 so‘m topgan odam kambag‘al emas, degan prezident iqtisodchisi tarmoqda hajv qilinmoqda

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov Kun.uz nashriga bergan videointervyusida "2020 yilda O‘zbekistonda kuniga 5,600 so‘m ishlab topgan odam kambag‘al emas”¸ deya bayonot qildi.

Bu gap ijtimoiy tarmoqda memga aylandi va o‘zbekistonliklar prezident maslahatchisi o‘rinbosari darajasidagi amaldorni “reallikdan uzilganlik”da ayblashdi.

Hakimov boshqaradigan markaz ilmiy xodimi Ozodlik bilan suhbatda hajv qilinayotgan jumlaning "konteksdan uzib olingani"¸ asli bu raqam kambag‘allikni o‘lchashning ilmiy metodlaridan biriga misol qilib keltirilganini bildirdi.

Markaz vakili Obid Hakimovning 5 - noyabr kuniga belgilangan maxsus matbuot anjumanida bu kutilmagan ajiotajga munosabat bildirishini qo‘shimcha qildi.

Prezident iqtisodchisining kambag‘allikka bergan ta’riflari

“Kambag‘allik nima?” degan savoldan boshlangan Kun.uzdagi suhbatda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov kambag‘allikni belgilashning ayrim absolyut va nisbiy o‘lchovlari borligini bildirdi.

“Masalan¸bitta odam ma’lum miqdordan kam daromad yoki kam iste’mol qilayotgan bo‘lsa, shu odam kambag‘al hisoblanadi”¸ deb gap boshlagan Hakimov “BMT 1800 kkaldan past oziq-ovqat iste’mol qilayotgan odamlar haqiqiy kambag‘al hisoblanishini ta’kidlaydi”¸ deya davom etadi.

Kambag‘allikni o‘lchashning boshqa parametrlariga to‘xtalgan o‘zbekistonlik iqtisodchi¸ faqat oziq-ovqat emas, xizmatlar, nooziq-ovqat mahsulotlar, minimal xizmatlar ham qo‘shiladigan minimal iste’mol savatchasi ham shunday o‘lchamlardan biri ekanini ham tilga oladi.

O‘zbekistonda kambag‘allikni o‘lchash usullaridan aynan qaysi biri qo‘llanilayotgani haqidagi savolga Hakimov Jahon banki metodologiyasini tushuntirish orqali javob berdi.

“Odamlarning kunlik minimal xarajatlari bor. O‘rta past daromadli mamlakatlar uchun ushbu mezon 3,2 AQSh dollarini tashkil etadi. Bunda 3,2 dollar aynan emas, shu qiymatda turli davlatlarda to‘lov qobiliyati mahalliy valyutadagi raqamga o‘zgartiriladi. Ya’ni xarid qilish qobiliyati paritetining konvertatsiya koeffitsienti (PPP conversion factor) har yili Jahon banki tomonidan e’lon qilinadi. Masalan, 2018 - yil O‘zbekiston uchun 1 AQSh dollarining PPP qiymati 1784 so‘m etib belgilangandi. 2020 yilda bajarilgan hisob-kitobga ko‘ra, kishi boshiga 3,2 AQSh dollari, ya’ni 5,600 so‘m to‘g‘ri kelib, O‘zbekistonda shuncha mablag‘ ishlab topgan odam kambag‘al emas. Shu o‘lcham asosida, O‘zbekistonda kambag‘allik ko‘rsatkichi 9-10 foiz atrofida etib belgilangan”.

O‘zbekistonliklar daromadini keskin kamaytirgan pandemiyaga qadar prezident Mirziyoyev aholining 15 foizga yaqini kambag‘allikda yashayotganini e’tirof etgan edi.

Prezidentning o‘zi pandemiya tufayli aholining kambag‘allashuvi kuchayganini aytib kelayotgan vaziyatda Obid Hakimovning bu javobi 4 - noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbekistonliklarni junbushga soldi.

“Biz Ulug‘bek Inoyatovdan bekorga xafa bo‘lib yurgan ekanmiz. Undan battarlari bor ekan, qoyil! Bir oyda bir yuz oltmish sakkiz ming so‘mning nari-berisida topsak, qariyb boy hisoblanarkanmiz...XDP rahbarida sal insof bo‘lgan ekan, bu akada esa oddiy uyat ham yo‘q ekan»¸ deb yozdi Telegramdagi platforma.uz kanali.

Kanal sharhlovchilaridan biri “Bir oyga 168000 so‘m topsa kambag‘al bo‘lmas ekanmi. Xa unda eng kam ish haqi, mehnatga haq to‘lash nimaga baland 168 mingdan?” deb yozgan bo‘lsa¸ boshqasi “Shu odamning o‘zini oyligini uyidagi jon boshiga 168 minga to‘g‘rilab qo‘yishni tavsiya qilaman”¸ deb yozdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Amerikada o‘qib, doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan iqtisodchining bunday bayonoti nafaqat e’tiroz¸ balki qattiq hajv qilina boshladi.

 

Ayrim o‘zbekistonlik blogerlar YouTube portalida Obid Hakimov bayonotiga videomurojaat bilan munosabat bildirib¸ "kishi boshiga 5600 so‘m topayotgan odamning O‘zbekistonda o‘lishini" ta’kidladi.

 

Kunning ikkinchi yarmida bu bahsga qo‘shilgan Amerikadagi iqtisodchi Behzod Hoshimov Twitter sahifasida PPP qiymati bo‘yicha 5600 so‘mga tenglashtirilgan 3.2 AQSh dollariga nima sotib olish mumkinligini sanab o‘tdi.

"AQShda 3,2 dollarga yarim kilo mol go‘shti qiymasini olsa bo‘ladi. Yoki 1,5 kilo tovuq go‘shti. Yoki 36ta tuxum. 5,5 litr sut olsa bo‘ladi. 3,5 kilogram banan. 6,3 litr 89- benzin.

O‘zbekistonda 5600 so‘mga nima olsa bo‘ladi? Yozib ko‘ringlarchi?" deb ëzdi Hoshimov.

Markaz xodimi: Hakimov gaplari kontekstdan uzib olingan

4 - noyabr kuni Ozodlik Obid Hakimovning ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbekistonliklar orasida o‘ziga xos “kun mavzusi”ga aylangan bayonotiga oydinlik kiritishni so‘rab¸ u boshqarayotgan markaz bilan bog‘landi.

O‘zini Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ilmiy xodimi deb tanishtirgan olim¸ Hakimov intervyusida aytilgan fikrlarning bu qadar “ajiotaj” tug‘dirgani kutilmagan hodisa bo‘lganini aytdi.

Markaz tadqiqotchisi¸ o‘z rahbarini hajv qilayotganlar yoki unga e’tiroz bildirayotganlarning aksariyatini suhbatni to‘liq o‘qimaganlik¸ kontekstdan yulib olingan gapga shoshma-shosharlik bilan munosabat bildirayotganlikda aybladi.

“Gap odamlarning iqtisodiy bilimi darajasiga borib taqaladi. Hakimov kambag‘allikni o‘lchash bo‘yicha jahonda mavjud metodologiyalar haqida gapira turib¸ Jahon banki tomonidan ishlatiladigan xarid qilish qobiliyati paritetining konvertatsiya koeffitsienti (PPP conversion factor)ga to‘xtaldi. Bir dollarga Amerikada nima xarid qilish mumkinu¸ O‘zbekistonda nima olasiz¸ bu farqli narsa. Masalan¸ Amerikada soch oldirish 50 dollar bo‘lsa¸ bizda 2 dollar bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqilsa¸ 3.2 dollarning 2020 - yilgi xarid quvvati 5600 so‘mga teng va kuniga shuncha pul topgan odam kambg‘al bo‘lmaydi¸ deyildi. Lekin bu Jahon banki metodini tushuntirish uchun aytildi”¸ dedi markaz ilmiy xodimi.

"O‘zbekistonda kuniga 5600 so‘m pul topgan odam kambag‘al bo‘lmaydi”¸ degan gap kontekst qo‘shilganda o‘z mohiyatini o‘zgartiradimi¸ bugun bu pulga bir odam tirikchilik qila oladimi?”¸ degan savollarga javob berishni istamagan tadqiqotchi bu va boshqa savollarga 5 - noyabr kuni Obid Hakimovning o‘zi matbuot anjumanida javob berishini aytdi.

Hakimov tilga olgan metodologiya kambag‘allikni qog‘ozda kamaytirishga xizmat qiladi

Joriy yilning 24 - yanvaridagi hukumat yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat aholisining 12-15 foizi yoki 4-5 million aholining kambag‘allikda yashayotganini e’tirof etgan edi.

Bu bayonotdan uch oy o‘tib¸ o‘zbek iqtisodining pandemiya oqibatida nochorlashuvi ortidan mamlakatda davlatning moddiy yordamiga qaram bo‘lgan kambag‘allar soni keskin oshgani taxmin qilinmoqda.

Yil boshidagi majlisda prezident Jahon banki, BMT Rivojlanish Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qilgan va kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiya yaratishni topshirgan edi.

Bu topshiriqni bajarishga ma’sul idoralardan biri Obid Hakimov rahbarlik qiladigan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazidir.

Obid Hakimovning 4 - noyabr kungi suhbatda aytganlaridan kelib chiqilsa¸ O‘zbekiston hukumati kambag‘allikni o‘lchashning Jahon banki metodologiyasiga asoslanayotgani anglashiladi.

Bu esa¸ ayrim iqtisodchilar ta’kidicha¸ kuniga jon boshiga 5600 so‘mdan ko‘proq topayotgan o‘zbekistonliklar davlat tomonidan kambag‘al, deb tan olinmasligi va ularga davlat tarafidan ijtimoiy-iqtisodiy yordam berilmasligiga asos bo‘lishi mumkin.

BMT tasnifiga ko‘ra¸ “kambag‘allik insonni tanlov va imkonlardan mahrum qilish¸ uning insoniy qadrini kamsitish”dir.

2015 - yilda Jahon banki joriy qilgan so‘nggi hisob-kitobga ko‘ra¸ kuniga 1.9 AQSh dollaridan kam daromad qilgan inson kambag‘al hisoblanadi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Уборка «Воды России» на краю земли



Мир

Россияне решили этим летом меньше отдыхать на курортах






Новости 24 часа

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



Game News

Just Cause developer Avalanche Studios Group is closing the Montreal studio it acquired just 8 months ago



Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



News Every Day

A Deep Dive into Realistic Doll Manufacturers



Интернет

Терминал сбора данных (ТСД) промышленного класса SAOTRON RT42G



Москва

День молодёжи ярко отметят во Владивостоке



Певица

Певица Слава купила квартиру в центре Москвы за 119 млн рублей



Москва

Сразу три самарских вуза вошли в рейтинг российских вузов с самыми высокими зарплатами выпускников в IT-сфере



Ролан Гаррос

Мирра Андреева впервые вышла в четвертьфинал турнира Большого шлема



Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков



Елена Волкова

Два дня, наполненных театром, музыкой, книгами и наукой, — в Парке Горького во 2-й раз прошел Московский детский фестиваль искусств «НЕБО»



Симферополь

Библиотечный бульвар «Любуюсь и горжусь тобой, любимый город» ко Дню города Симферополя



Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



Москва

Сергей Собянин. Главное за день



Москва

Евгений Миронов, Ирина Пегова, Кристина Асмус, Илья Авербух, Елизавета Арзамасова и другие звезды не фестивале «НЕБО»



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

В Москве появилась возможность следить за сохранностью вещей в ломбарде


Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.






Rss.plus

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

Почта России помогла детям-подопечным благотворительных фондов встретиться с футболистами ЦСКА

Moscow.media
Москва

Собянин объявил о начале работы хаба молодежного предпринимательства



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Ольга Бузова

Бузова попыталась войти в "ту дверь": "Я всегда несу любовь и добро"




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

«23 and Friends»: в Москве состоялся спортивно-музыкальный фестиваль Аш 23

Ход конем. В Москве на Гоголевском бульваре открылся летний шахматный клуб

Юные тулячки завоевали серебро и бронзу турнира по синхронному плаванию


WTA

Ига Свёнтек одержала 40 побед над теннисистками из топ-10 рейтинга WTA



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Зенит

«Зенит» добыл волевую победу в матче с «Балтикой» и завоевал Кубок России



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России