Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Prokurorlar urushi: Bosh prokurorga qarshi korrupsiya iddaolarini kim tekshiradi?

Prokurorlar urushi: Bosh prokurorga qarshi korrupsiya iddaolarini kim tekshiradi?

Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni korrupsiya va “kriminal guruhlar”ni qo‘llab-quvvatlashda ayblab chiqdi.

Fozilovning iddao qilishicha, mamlakatning qonunchilik ustidan oliy nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul idorasi rahbari prokuratura tizimidagi lavozimlarni “savdo rastasiga qo‘ygan kabi” sotgan.

Fozilovning ijtimoiy tarmoqlar hamda mahalliy internet nashrlarida ketma-ket e’lon qilingan videochiqishlarida yangragan iddaolar O‘zbekistonda misli ko‘rilmagan voqea - birinchi marta prokuror vakolatiga ega rasmiy shaxs amaldagi Bosh prokurorni og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblamoqda.

Keyingi kunlar ichida O‘zbekiston jamoatchiligi orasida shov-shuvga sabab bo‘layotgan Jasur Fozilovning bu chiqishlari Shavkat Mirziyoyev hukumati ichidagi inqiroz ifodasimi?

Shahar prokurori tomonidan o‘z oliy rahbariga qo‘yilayotgan jinoyat iddaolarini tekshirishga O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra¸ qaysi tizim va amaldorlar vakolatli?

O‘zbekiston yaqin tarixida ko‘rilmagan bunday mislsiz harakati uchun Jasur Fozilov jasoratni kimdan yoki qayerdan oldi?

Buxoro shahar prokurori telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagani bois Ozodlik bu savollarni bevosita Fozilovning o‘ziga berish imkoniga hozircha ega bo‘lmadi.

Ayni paytda¸ Ozodlik gaplashgan O‘zbekiston prokuraturasi¸ adliya va hokimiyat tizimining mojaroni yaqindan kuzatayotgan ayrim mutaxassislari jamoatchilikni qiziqtirayotgan bu savollarga oid o‘z kuzatishlarini bildirdi.

Tarmoqda portlagan ichki ziddiyat

11 - dekabr kuni Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov ijtimoiy tarmoqlar orqali prezident Mirziyoyev va prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga murojaat qildi.

O‘tgan hafta davomida o‘zbekistonliklar orasida qizg‘in bahsga sabab bo‘lgan bu chiqishida shahar prokurori Buxorodagi “kriminal guruh”lar faoliyatini tergov qilgani bois¸ shaxsan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosimiga uchraganini iddao qildi.

Fozilovning aytishicha¸ uning ustidan Bosh prokuraturaning ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi xizmat tekshiruvi boshlagan va maqsad uni "yo‘q qilish"ga qaratilgan.

“Kriminal avtoritetni podderjivat qilib¸ o‘zining xodimini jinoyatchiga aylantiradigan Bosh prokuror bugunni o‘zida chetlashtirilishi kerak bu tekshirishdan. O‘zi kadri bilan inspeksiyasini olganiga ularning jinoyatlari boshida shu turibdi. Man qaysi kadrdan qancha olganigacha bilaman”¸- deya iddao qildi o‘z videomurojaatida Jasur Fozilov.

 

Fozilovning birinchi videomurojaati bilan bir kunda e’lon qilingan rasmiy bayonotida Bosh prokuratura buxorolik tadbirkorning “shahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotgani bois u 2 - dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarishdan vaqtincha ozod qilingani”ni bildirdi.

Ichki nizomda yo‘q harakat

Buxoro viloyati prokuraturasining Ozodlik gaplashgan sobiq tergovchisi, Jasur Fozilov “o‘zining qamalishi aniq bo‘lgani uchun” ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat bilan chiqishga qaror qilganini aytadi.

“Fozilovning o‘zi prokuror¸ tergovchi. Prokuratura¸ DXX¸ IIV dagilar oddiy odamlar emas¸ tepadagilarga yoqmay qolgan¸ kerak bo‘lmay qolgan o‘z kadrlariga nisbatan ham istalgan kuni delo ochib¸ qamatib yuborish mumkinligini juda yaxshi biladi. Bosh prokuror “yo‘q qilinglar” degan bo‘lsa¸ ertaga qamab yuborishlarini bilgani uchun shunday chiqish qildi. Bu uning o‘zini himoya qilish uchun eng so‘nggi chorasi¸ deb o‘ylayman”.

Buxoro prokuraturasining sobiq tergovchisining aytishicha¸ ichki nizomga muvofiq, prokuratura xodimi o‘z rahbarlarining noqonuniy hatti-harakatlari ustidan ichki xavfsizlik inspeksiyasiga yozma murojaat qilishi kerak. Fozilovning ochiq murojaat qilishga qaror qilgani uning "o‘zi xizmat qilgan tizimga ishonchi qolmagani" ni anglatadi.

“Nizomga amal qilib¸ o‘zidan tepadagilarni korrupsiya¸ poraxo‘rlik yoki manfaatlar to‘qnashuvida ayblab, inspeksiyaga murojaat qilgan xodimning o‘zi uchib ketadi bu tizimda. Shaxsan men shunday murojaat qilganman. Ammo men faoliyati tekshirilishini so‘ragan odamlar qolib¸ mening o‘zimni “tuhmat”da ayblab¸ qamoqqa olishdi. Sistemani ichidan bilgan odam sifatida Fozilov¸ ichki nizomga amal qilishdan foyda yo‘qligini yaxshi tushunadi. Shuning uchun chiqmagan jondan umid, tariqasida prezident va administratsiya rahbariga murojaat qildi¸ deb o‘ylayman”¸ - deydi shaxsi ochiqlanishini istamagan prokuraturaning sobiq xodimi.

Korrupsiya va huquqiy boshboshdoqlik

Toshkentlik advokat Ruhiddin Komilov Jasur Fozilov chiqishini “davlat amaldorlarining joriy siyosatdan noroziligi ifodasi” deya talqin qiladi.

-Oddiy xalqning mamlakatdagi ahvoldan noroziligi sir bo‘lmay qoldi. Mamlakatni yo huquqiy savodi umuman yo‘q yoki chalasavodlar boshqaryapti. Pachkalab chiqarilayotgan qarorlarning ko‘pi konstitutsiya¸ yoki mavjud qonunlar¸ yoki prezidentning o‘zi chiqarib qo‘ygan oldingi qarorlarga zid. Ularni ijro qilish xaos holda. Xohlagan hokim¸ xohlagan sudya xohlagan qarorini ro‘kach qilib¸ o‘ziga kerak qarorni chiqarib yotibdi. Oddiy xalq¸ tadbirkor dodini kimga aytishni bilmay qoldi. Fozilovning chiqishi bunaqa vaziyatdan davlatning vakolatli amaldorlari ham to‘yganini ko‘rsatadi. Huquqiy nigilizm hukmron vaziyatda ular ham o‘zlarining huquqsizligini tushunyapti. Fozilov shuni ochiq aytgan birinchi amaldor bo‘ldi¸- deydi Komilov.

Salbiy qahramondan ijobiy qahramonga?

Prokuratura tizimida amaldorlik qilgan Fozilovning chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zi tozami?” qabilidagi shubha va e’tirozlarni ham uyg‘otgan. Ruhiddin Komilovning fikricha, Fozilovning qadami “aktyorlarning hammasi salbiy qahramon bo‘lgan sahnada” nisbatan ijobiy qahramonlar chiqib kelishiga eshik ochishi mumkin.

- Hozirga qadar tuzumga xizmat qilgan amaldorlar qamoqqa ketsa ketardiki¸ o‘zidan kattaroq jinoyatchi yoki o‘g‘riga qarshi ochiq gapirishga botina olmas edi. Jasur Fozilov birinchi shunday amaldor bo‘ldi. Bu siyosatdan norozi boshqa amaldorlar¸ xususan¸ toza kadrlarning ham o‘z noroziligini ochiq bildirishiga turtki bo‘lishi mumkin. Shuning uchun hozir jamoatchilik uning tarafida turib¸ mamlakat oliy rahbarlaridan biri bo‘lgan Bosh prokuror faoliyatiga nisbatan bildirilgan iddaolarning jiddiy tekshirilishini talab qilishi lozim.

Maxsus komissiya

11 - dekabr kuni e’lon qilingan videomurojaatida Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov prezident Shavkat Mirziyoyev hamda uning administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovdan o‘z iddaolari yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazishni so‘radi.

Bu murojaatdan uch kun o‘tib¸ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Jasur Fozilov o‘z videomurojaatida tilga olgan “qonunbuzarlik holatlari”ni “har tomonlama va xolisona tekshirish hamda holatga baho berish maqsadida” Respublika idoralararo komissiyasi tuzilgani haqida rasmiy xabar tarqatdi.

Bu komissiyaga “Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasining mas’ul xodimlari kiritildi”.

Xalq qabulxonasi Bosh prokuror faoliyatini tekshirishga vakolatlimi?

Toshkentlik huquqshunos Ruhiddin Komilov bu savolning javobini O‘zbekiston Konstitutsiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonundan izlash kerakligini aytadi.

-Konstitutsiya va qonunga ko‘ra¸ Bosh prokurorni prezident tayinlaydi va uni lavozimidan ozod qiladi. Senat prezident qarorini tasdiqlaydi. Bosh prokuror davlat tepasida turgan sanoqli oliy amaldorlardan biri va uning faoliyatini tekshirishga faqat uni bu lavozimga tayinlagan yoki tasdiqlaganlar vakolatlidir¸ - deydi Komilov.

Uning fikricha, shu bois ham Jasur Fozilov videomurojaatidagi iddaolarni o‘rganish uchun tuzilgan maxsus komissiya Bosh prokurorga bildirilgan ayblovlarni tekshirishga vakolatli emas.

-Xalq qabulxonasi tuzgan komissiya¸ uning strukturasidan¸ Jasur Fozilovning o‘zini tekshiradiganga o‘xshayapti. Yerdagi odamning osmondagiga qo‘li yetmagandek¸ bu komissiyaga kirganlarning Bosh prokurorni tekshirishga vakolati yo‘q. Bunday komissiya tuzish haqida shaxsan Bosh prokurorni tayinlagan Shavkat Mirziyoyev buyruq berishi¸ komissiyaga esa¸ bu tayinlovni tasdiqlagan Senat raisi bosh bo‘lishi kerak. Faqat shunday komissiyaning Bosh prokuror faoliyatini taftish qilishga huquqiy asosi bo‘ladi. Qolgani¸ jamoatchilikni chalg‘itish uchun qilingan maynavozchilikdan boshqa narsa emas¸ - deydi Komilov.

Bosh prokurorni korrupsiyada ayblagan prokurorni nima kutmoqda?

Ozodlik suhbatlashgan prokuratura va adliya tizimi mutaxassislari bu savolga turlicha mulohaza bildirdi.

Buxoro prokuratura tizimining sobiq tergovchisi¸ Jasur Fozilovning ijtimoiy tarmoqda ovoza bo‘laëtgan videochiqishlaridan keyin uni qamoqqa olish Shavkat Mirziyoyev hukumatining “shundoq ham to‘kilib bo‘lgan obro‘sini”ni yanada to‘kishini aytadi.

“Fozilovni nafaqat prokuratura tizimi xodimlari¸ balki oddiy xalq ham ko‘rib turgan korrupsiya haqida¸ uning tepasida shaxsan Bosh prokurorning o‘zi turgani haqidagi gaplaridan keyin uni qamashsa¸ bu eng katta rahbarning korrupsiyaga ko‘z yumishini tasdiqlaydi. Ijtimoiy tarmoq prezident va uning korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi ustidan uzil-kesil salbiy xulosasini chiqarmay qolmaydi. Shuning uchun¸ Fozilovni qamashga botinishmaydi¸ uni sistemadan chetlatish bilan cheklanishadi¸ deb o‘ylayman. Lekin hech kim va hech narsaga ishonch qolmagan hozirgi sharoitda¸ buning tersi bo‘lishi mumkinligini ham tushunaman”¸ - deydi Fozilov hamkasblaridan biri.

Ozodlik gaplashgan Toshkent hukumatiga yaqin boshqa bir mulozim¸ Jasur Fozilovning videomurojaati prezident administratsiyasi tomonidan o‘z foydasiga ishlatilishini taxmin qiladi.

“Yangi yil oldidan aksar aholining kayfiyati ëmon. Gaz yo‘q¸ svet yo‘q¸ qimmatchilik¸ davlat xodimlari ham oyligini vaqtida ololmay yuribdi¸ bayram qiladigan sabab deyarli yo‘q. Shunday paytda shahar prokurori Bosh prokurorga tashlanyapti – olomonni chalg‘itish uchun ana tomoshayu¸ mana tomosha! Fozilovning chiqishini “erkinlik¸ ochiqlik” siyosati bilan izohlashadi¸ lekin tomoshaning hovuri bosilgandan keyin¸ uni sekin yo‘q qilishadi”.

Jasur Fozilov jasoratni qayerdan oldi?

O‘zbekiston joriy hokimiyat tizimlaridagi ichki vaziyatdan xabardor Ozodlik suhbatdoshlari Jasur Fozilov chiqishini mamlakatdagi iqtisodiy klanlarning “davlat va xalq mulkini” o‘zlashtirish jarayonidagi maxfiy kurashining ochiqqa chiqishi sifatida talqin qildi.

“Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan so‘ng iqtisodning serdaromad sohalari egalari sekin-astalik bilan almasha boshladi. Ichki ziddiyat ochiq nizoga aylanmasligi uchun Mirziyoyev Karimov davri oligarxlariga srazu tashlanmadi. Lekin yer va yirik davlat kompaniyalari¸ qolaversa bozorlarning xususiylashtirilishiga start berilganidan keyin¸ Karimov muvozanatda ushlab kelgan iqtisodiy klanlar¸ olib qolganini bermaslik¸ yanada ko‘prog‘ini olib qolish harakatiga tushdi. Fozilov O‘ktam Barnoyev bosh bo‘lgan klanning a’zosi. Barnoev Mirziyoyev o‘zi yetishtirgan sadoqatli kadr edi. Tirikligida Mirziyoyevga to‘g‘ridan to‘g‘ri dostupi bo‘lgani uchun Barnoyevning territoriyasiga hech kim¸ hatto Bosh prokuror ham qo‘l sola olmadi. Lekin o‘lganidan so‘ng¸ Barnoyev boshqargan klan mulki pererazdel qilina boshlandi. Fozilov va Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘rtasidagi ziddiyat¸ aslida ular mansub klanlarning katta kurashining ochiqqa ko‘chgani¸ Mirziyoyevning bu kurashni Karimov kabi ko‘rpa tagida ushlab turishga kuchi yetmayotgani ifodasidir ”¸ deydi Toshkent hukumatiga yaqin Ozodlik suhbatdoshi.

Jasur prokuror jimlikka ketdi

Ozodlik 15¸ 16 - dekabr kunlari Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning o‘zi bilan bevosita gaplashib¸ videomurojaatdan tug‘ilgan savollarga javob olishga urindi.

Fozilovniki ekani aytilgan mobil telefonlarga ikki kun davomida bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Ozodlik so‘rovi bilan Jasur Fozilov bilan bog‘lanishga uringan buxorolik bloger 16 - dekabr kuni maxsus komissiya tuzilishi ortidan unga “jim o‘tirish buyurilgani”ni bildirdi.

“Hech kimga intervyu bermayapti ekan. Ikkita tanish jurnalist ham gaplasholmay qaytib ketdi... Fozilovning ustidan ariza yozib bergan qurilish kompaniyasi rahbariga ham Toshkentdan intervyu berishga otboy berishibdi. Komissiya tuzilgach¸ ikkala tomon ham jimib qoldi"¸ - dedi buxorolik bloger.

Mirziyoyev vs Bosh prokurorlar

Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan so‘ng mamlakatning uch Bosh prokurori korrupsiyada ayblanib¸ jinoiy javobgarlikka tortildi.

Islom Karimov davrida Bosh prokuraturani 15 yil boshqargan Rashitjon Qodirov 2019 - yilning 26 - iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi hukmi bilan 10 yilga ozodlik mahrum etildi.

2019 - yilning 27 - sentabrida O‘zbekiston Harbiy sudi  jinoiy uyushma tuzganlikda aybdor topilgan Ixtiyor Abdullayevni 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ixtiyor Abdullayev 2015 - yil aprelidan 2018 - yil 31 - yanvariga qadar respublika Bosh prokurori lavozimida ishlagan.

2020 - yil 25 - fevral kuni O‘zbekiston Harbiy sudi  Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan  yana bir sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

45 yashar Otabek Murodov O‘zbekiston tarixidagi eng yosh Bosh prokuror sanaladi. 2018 - yil 31 - yanvar kuni Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev DXX raisi etib tayinlanishi ortidan Murodov Bosh prokuror etib tayinlangan edi.

Ikki yildan kamroq muddat ichida Otabek Murodov O‘zbekiston prokuratura tizimini jamoatchilik va matbuot uchun ochgan liberal rahbar sifatida e’tibor qozondi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

«Не тот человек в земле, не тот человек в Кремле». Память Навального почтили в регионах



Здоровье

Условно разрешенные виды использования земельных участков






Новости 24 часа

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



Game News

Ubisoft adds another studio to what seems like an increasingly desperate effort to finally get Prince of Persia: The Sands of Time Remake finished



Москва

Сергей Непобедимый: "Горбачёв сдал американцам в 1989 году наш новейший ракетный комплекс"



News Every Day

A Deep Dive into Realistic Doll Manufacturers



Настроение

Старую но редкую BMW M5 2002 года продали за 130 000 $



Москва

Глава Лобни Кротова вручила подарки детям участников СВО



Оркестр

Оркестр штаба Тихоокеанского флота выступил в столице БАМа



Москва

«Вечерняя Москва» представлена на стенде московского правительства на ПМЭФ



Ролан Гаррос

Джокович снялся с Открытого чемпионата Франции по теннису



Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков



18+

17 и 18 августа 2024 года в городе Мончегорск Мурманской области состоится VI фестиваль северной культуры «Имандра Викинг Фест».



Симферополь

Клубный дом "Моне" - особый статус в центре Симферополя



Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков



Москва

Собянин подвел итоги фестиваля «Москва — на волне. Рыбная неделя»



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Жизнь с привкусом горечи. От ссылки Пельцер спасли, а от болезней — нет

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки

Экономист Клешко: банки могут включать скрытые комиссии в договор о кредите

В СИЗО по делу о даче взятки отправили арбитражного управляющего в Воронеже


Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков






Rss.plus

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки

Moscow.media
Москва

Собянин подвел итоги фестиваля «Москва — на волне. Рыбная неделя»



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Тимати

"Звездач": рэпер Тимати купил мотоцикл за 3,1 млн рублей




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Педагоги школы №2065 вошли в ТОП-5 лучших туристских команд Москвы

Юные тулячки завоевали серебро и бронзу турнира по синхронному плаванию

Спортсменка Росгвардии установила рекорд в командном спринте на «Гран-при Санкт-Петербурга»


Большой шлем

17-летний россиянин Даниил Саркисян разгромил Форбса из США на юниорском «Ролан Гаррос»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Движение на Замоскворецкой линии метро восстановлено



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России