Surxondaryoda tez yordam xizmatiga 20 ta Damas topshirildi. Bundan yarim oy avval O‘zbekistonda tibbiyot uchun Damas sotib olish to‘xtatilgani e’lon qilingandi
“Avvallari iqtisodiyot imkoniyatlaridan kelib chiqib, Damas sotib olinardi. Hozir tibbiyot uchun Damas yetkazib berish to‘xtatilgan”, — degandi SSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov 18-dekabr kuni