Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

“Yangi Angren” IES: Ishchilar stansiyada yana yong‘in chiqqanini aytmoqda. Rasmiylar jim

“Yangi Angren” IES: Ishchilar stansiyada yana yong‘in chiqqanini aytmoqda. Rasmiylar jim

Toshkent viloyatidagi “Yangi Angren” IES stansiyasida 11 - fevral kechasi yong‘in sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Stansiya ishchilariga ko‘ra, bu gal 4-blokda yong‘in chiqqan, hodisa joyida ishchilar bo‘lmagan va yong‘in tezda o‘chirilgan.

Ozodlik gaplashgan ishchilar IES hududiga kirib ishlash tobora xavfli tus ola boshlagani, ularning xavotirlari rahbariyat tomonidan bee’tibor qoldirilayotganidan shikoyat qilmoqda.

Stansiya rahbariyati ishchilar iddaosi va so‘nggi 20 kun ichida ulardan kelayotgan shikoyatlar bo‘yicha Ozodlik murojaatlarini javobsiz qoldirmoqda. "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ matbuot kotibi Muhammadjon Bekmuhamedov esa bu xabarlarni rad etdi.

Ammo ishchilarning iddaosiga ko‘ra, "rahbarlar bu kabi hodisalarni yashirishga urinmoqda".  "20 - yanvardagi hodisadan buyon stansiya rahbarlari ishchilar og‘zini yopish uchun qo‘rqitmoqda", deb aytdi Ozodlik suhbatlashgan "Yangi Angren" IES ishchilari. 

2021 - yil yanvarida ayni stansiyaning 5-blokida portlash bo‘lgan va unda 3 kishi o‘lgan. 2020 - yil 30 - yanvarida chiqqan yong‘inda esa stansiya 4-3-bloklar tomi yonib ketgan, unda hech kimga shikast yetmagan.

Stansiyada 11 - fevral tunda yong‘in sodir bo‘lgani haqida bir necha ishchi Ozodlikka yozdi. Ularning aytishicha, yong‘in stansiyaning yaqinda portlab ketgan 5-blokiga tutash 4-blokida chiqqan.

“Soat tungi 2 larda yong‘in bo‘ldi. Bu safar 4-blok yondi. Xayriyat, bu safar hech kim jabr ko‘rmagan, chunki ishchilar bo‘lmagan. Tezda o‘chirishgan. Stansiyaga kirib ishlashga qo‘rqib qoldi ishchilar”, - dedi ismini ochiqlamaslikni so‘ragan IES ishchilaridan biri Ozodlik bilan telefon muloqotida.

"Kecha yana "Yangi Angren" IESdagi 4-energoblokda soat kechasi 2da yong‘in chiqdi, qurbonlar yuq. Yashirishdi, hamma ishlar bosdi-bosdi bo‘lsayu, rahbariyat bu borada choralar ko‘rmasa, jabrini kim tortadi?! Yong‘inlar yana bo‘lmasligiga kim kafolat beradi, rahbarlar yana aybsiz, aybdorlar esa ishchi xodimlar bo‘lib chiqaveradimi?" deb yozdi shaxsini sir tutgan yana bir ishchi Ozodlikka.

Ishchilar qozon ortiqcha qizib ketgani bois navbatdagi yong‘in sodir bo‘lganini iddao qilmoqda.

“Bu qozonlar 1980-yillarda qurilgan eski qozonlar. Qozoq ko‘miri kuchli bo‘lgani uchun qozonlar qizib, atrofdagi bunkerga yig‘ilgan ko‘mirlarni ham qizdirib yuboryapti. Ishlash juda xavfli bo‘lib qoldi. Biz bu haqda rahbarlarga ko‘p marta aytganmiz, lekin hech kim bunga parvo qilmayapti. 20 - yanvardan beri ham kichkina yong‘inlar bo‘lyapti. Lekin stansiya rahbarlari 20 - yanvar kuniyoq yig‘ilish o‘tkazib, ishchilarni qo‘rqitdi: "Bu surishtiruvlar bitsin, hammang prokuraturaga bitta-bitta javob berasan", deyishgan, hammani og‘zini yopyapti shunaqa qilib”, - deydi stansiyaning qozonxonasida ishlashini aytgan ishchilardan biri.

Ozodlik 11 - fevral tungi yong‘in va ishchilarning shikoyatlari ortidan yana “Yangi Angren” IES rahbariyatiga takror-takror qo‘ng‘iroq qildi. IES Bosh direktori Pitko Vitaliy Yuryevichning qabulxonasi va boshqa mas’ullardan javob olishning imkoni bo‘lmadi.

Stansiya kommutatorlaridan biri telefon go‘shagini ko‘tardi, muxbir savollarini eshitdi, ammo javob uchun boshqa kommutatorga bog‘laning, deya aloqani uzib qo‘ydi.

Ammo "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ matbuot kotibi Muhammadjon Bekmuhamedov 10 ga yaqin ishchidan olingan bu ma’lumotni qat’iyan rad etdi. Hatto Ozodlik muxbirini hodisani joyini  "ko‘zdan kechirish" uchun Angrendagi IESga taklif qildi.

Matbuot kotibining keskin raddiyasidan so‘ng Ozodlik stansiya ishchilariga yana bog‘landi. Ishchilar esa raddiyani rad qildi.

"Yo‘q, yong‘in aniq bo‘lgan, turbinaga ham o‘tgan. Stansiyaga kamerali telefon bilan qo‘yishmaydi, aks holda suratlarini ko‘rsatar edik", dedi shaxsini sir saqlagan ishchilardan biri.

Raddiyani rad qilgan yana bir ishchi esa shunday fikr bildirdi:

"Bular odamlarga zarar yetmagani uchun oldingi yong‘inlarga o‘xshatib, osongina yopib yuborishmoqchi bo‘lyapti. Bu birinchi martamas, avval ham bosti-bosti qilishgan. Bunaqa yong‘inlar tez-tez bo‘ladi. Bechora ishchilarning joni kimga kerak?! Aslida yana kattaroq falokat bo‘lmasidan turib, Toshkentdagi kattalar stansiyani jiddiy tekshirsin, o‘zlari ko‘radi ichkaridagi ahvolni!"

Shaxsini sir saqlagan uchinchi ishchi ham Ozodlikka yong‘in sodir bo‘lganini yana bir marta tasdiqladi.

"Yo‘q. Yashirishyapti. Ertalab smenadan chiqqan ishchilar aytib kelishdiku, kechasi 2 da yana yong‘in chiqdi deb. Axir 20 - yanvardagisi ham 7-yong‘in bo‘lgan.

Undan oldingi ktts 1-dagi tom qismidagi yong‘in internetga chiqib ketgandi. Stansiyada xaqiqat yo‘q".

Ozodlik bu vaziyatga oydinlik kiritish uchun “Yangi Angren” IES veb saytida berilgan +99871236-65-25, +99871809-68-22 telefon raqamlariga, kommutatorlarga tegishli deb berilgan +998712361412, +998706456088 telefon raqamlariga takror-takror qo‘ng‘iroq qildi, ammo hanuzgacha rahbariyatidan javob olishning imkoni bo‘lmadi.

“Yangi Angren” IESda shu yil 20 - yanvar kuni fojiali halokat sodir bo‘lgandi. O‘shanda tozalash uchun o‘chirilgan 5-blokda portlash bo‘lgan, 3 ishchi o‘lgan, yana 3 nafari jarohatlangan.

Stansiya rahbariyati portlashga ishchilar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagani sabab bo‘ldi, deb bayonot bergan. Bu “texnik xatoga” mas’ul ko‘rilgan stansiya o‘rta bo‘g‘indagi rahbari - 5-blok sex rahbari bo‘lgan Sirojiddin Shodiyev, hodisadan 3 kun o‘tib, o‘zini osib qo‘ygandi.

Yaqinlari stansiya rahbarlarining S. Shodiyevga bosim va tazyiq o‘tkazib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi, deb da’vo qilgan.

Marhumning ammasi 11 - fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda, o‘tgan tunda 4-blokda sodir bo‘lgan yong‘in, bu hodisalarga rasmiylari ta’kidlagani kabi “ishchilar yo‘l qo‘ygan xato” emas, balki tizimli muammo sabab bo‘layotganini tasdiqlaydi, deb ta’kidladi.

Ammaning da’vo qilishicha, jiyani bu muammolarni hal qilish va ishchilar xavfsizligini saqlash zarurligi haqida o‘zidan yuqorida turgan rahbarlarni muttasil ogohlantirgan, ammo bu ogohlantiruv va talablariga javoban, do‘q-po‘pisa va kamsitishlarga duchor bo‘lgan:

“Jiyanim juda yaxshi ishchi edi, vijdon bilan ishlagan. Mana yana yong‘in bo‘ldi, bunga ham ishchilarning xatosi sabab bo‘ldimi?! Investorga berildi stansiya, lekin investor pul kirgizmadi, hamma narsa o‘sha eskiligicha turipti. Bu qurilmalar o‘zimizning qo‘ng‘ir ko‘mirga (Angrgen konidan chiqadigan ko‘mir – tahr.) moslab qurilgan, unaqa kuchli qozoq ko‘miriga moslashmagan. Shaxsan men bu yong‘inlar, portlashlarga qozoq ko‘miri sabab, deb bilaman. Shuni nazarga olmayapti rahbarlar. Qachongacha davom etadi bu?! Ishchilar o‘lib ketaveradimi?! Rahbarlar jazoga tortilmaydimi?!”

Ozodlik radiosi 20 - yanvar kuni IESning ta’mir uchun to‘xtatilgan 5-blokida portlash sodir bo‘lgani, portlash oqibatida 3 kishi o‘lgani va 3 kishi og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar qilgan edi.

Portlash yuzasidan O‘zbekiston JKning 257-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari bilan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishi va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishi” aybi ostida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Rasmiy bayonotda portlash “chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi” natijasida sodir bo‘lgani, chaqnashning kelib chiqish sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangani aytildi.

Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat to‘g‘risida stansiya boshqaruv kompaniyasi Kun.uz nashiriga ma’lumot taqdim etgandi.

Unda aytilishicha, portlash sodir bo‘lgan "5-qozon agregati vaqtincha to‘xtatilgan va u kimyoviy tozalanayotgan paytda qozon tozalovchilarning texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etmaganligi ana shunday ayanchli oqibatlarga olib kelgan".

22 - yanvar kuni Ozodlik bog‘langan mas’ullardan biri - “Yangi Angren” IESda uchastka rahbari, deb taqdim qilingan Uchqun Merganov portlashga “baxtsiz hodisa” deb qaralayotganini tasdiqlagan va so‘ngra bandligini aytib, aloqani uzib qo‘ygandi.

Ammo hodisa qurbonlaridan ikki nafari – 52 yashar Manzura To‘ychiyeva va 40 yashar Nazira Rejaboyevaning yaqinlari Ozodlik bilan suhbatda hodisaga stansiya hududida texnika va ishchilar xavfsizligi ta’minlanmagani portlashga sabab bo‘lgan, deb da’vo qilgan.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Минфин Архангельской области оценил муниципалитеты по уровню качества организации и осуществления бюджетного процесса



Жизнь

ГЕРОИЧЕСКОЕ УЧАСТИЕ АРМЯН В СВО. ЧАСТЬ ЧЕТВЕРТАЯ






Новости 24 часа

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.



Game News

Concord is skipping free-to-play and pulling a Helldivers 2 instead: $40 for the full game with all 16 heroes at launch



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки



News Every Day

A Deep Dive into Realistic Doll Manufacturers



Авто

Трасса М-12 Восток будет продлена до Тюмени в 2025 году



Москва

ГРУЗИЯ. Китай построит дорогу в Грузии к границе с Россией



Виктор Тепляков

Депутат ЗСК Виктор Тепляков провёл комиссионный осмотр детского сада на улице Абрикосовая



Москва

Аренда жилья резко подорожала в 12 городах-миллионниках



WTA

Соболенко, проигравшая Андреевой, потеряет 2-е место в рейтинге WTA по итогам «Ролан Гаррос», уступив его Гауфф



Москва

Юлия Пересильд, московский Театр на Таганке, ММОМА – участники 3-его фестиваля «Территория. Красноярск» раскрывают грани современного искусства



Олимпиада

Финал областной школьной Олимпиады по шахматам состоялся в Опочке



Симферополь

Пьяный мужчина упал с верхней полки на девочку в поезде Москва - Симферополь



Москва

Юлия Пересильд, московский Театр на Таганке, ММОМА – участники 3-его фестиваля «Территория. Красноярск» раскрывают грани современного искусства



Москва

Собянин: Завод по производству препаратов из плазмы крови человека появится в РФ



Москва

Юлия Пересильд, московский Театр на Таганке, ММОМА – участники 3-его фестиваля «Территория. Красноярск» раскрывают грани современного искусства



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

США и Европа "подготавливают" Россию и Ближний Восток для переселений?!

Поезд "Аврора" начнет курсировать между Москвой и Петербургом в декабре 2024 года

Аренда жилья резко подорожала в 12 городах-миллионниках

Скам от лже-Roaring Kitty, гигабайты утечек в Telegram-каналах и другие события кибербезопасности


Москва

Юлия Пересильд, московский Театр на Таганке, ММОМА – участники 3-его фестиваля «Территория. Красноярск» раскрывают грани современного искусства






Rss.plus

США и Европа "подготавливают" Россию и Ближний Восток для переселений?!

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки

В Подмосковье сотрудники Росгвардии спасли пожилого мужчину, который оказался один дома и плохо себя почувствовал

Moscow.media
Москва

Собянин: Завод по производству препаратов из плазмы крови человека появится в РФ



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Илья Лагутенко

Сколько заработал уехавший из России Илья Лагутенко




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Псковичка стала призером соревнований по прыжкам в высоту в Москве

«Столото» подписал соглашение в развитие стратегической поддержки комплекса ГТО и многоборья ГТО

В Швейцарии завершился чемпионат Европы по спортивной и фитнес-аэробике


Александр Зверев

Зверев вышел в финал «Ролан Гаррос»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Game News

I tried to recreate Marvel's Iron Man in this movie studio sim, and my version was so bad my own father stormed out of the theater



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России