Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Foreign Policy: O‘zbekistonda onlayn diniy uyg‘onish kuzatilmoqda

Foreign Policy: O‘zbekistonda onlayn diniy uyg‘onish kuzatilmoqda

AQShning Diniy erkinliklar bo‘yicha xalqaro komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonni Amerika hukumatining “alohida xavotir uyg‘otayotgan davlatlar” ro‘yxatiga kiritishni tavsiya qildi.

O‘zining yillik hisobotida komissiya O‘zbekistonda 2020 - yil davomida sodir etilgan huquq buzilishlari mamlakatni “ro‘yxatga kiritadigan darajada og‘ir”degan xulosaga kelgan.

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni ushbu “qora ro‘yxat”dan o‘tgan yil 2 - dekabrida chiqargan edi. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonni diniy erkinliklar sohasida “real siljish”ga erishayotgani uchun olqishlagan.

Ayni paytda AQShdagi Foreign Policy nashrining yozishicha, Shavkat Mirziyoyev hukumati diniy erkinliklarni  nazorat qilish bilan ochiqlik o‘rtasida muvozanat saqlash muammosiga duch kelmoqda. Quyida jurnalist Agneshka Pikulitska maqolasining tarjimasi bilan tanishing.

Mart oyida yuzga yaqin kishi Toshkentda LGBTK vakillari huquqlariga qarshi zo‘ravon mitingga to‘plandi. "Allohu Akbar" deb hayqirayotgan o‘nlab odam LGBTK jamoasi a’zolarini qidirib, shaharning asosiy maydoniga qarab yo‘l oldi. To‘da kamida ikki o‘tkinchi o‘spirinni shafqatsizlarcha kaltakladi.

Zo‘ravonlik arafasida konservativ diniy sharhlovchilar va LGBTK faollari o‘rtasida O‘zbekistonning jinoyat kodeksini o‘zgartirishga qaratilgan chaqiriqlar bo‘yicha onlayn munozara bo‘lgan edi. O‘zbekiston jinoyat kodeksiga binoan, bir jinsli munosabatlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. O‘sha kuni LGBTK huquqlarini qo‘llab kelayotgan bloger Miraziz Bozorov uyi oldida niqob kiygan noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklab ketildi.

Politsiya hujumni tergov qilayotgan bo‘lsa-da, hukumat dinni tanqid qilib kelayotgan Bozorovni tartibsizliklarni qo‘zg‘atganlikda aybladi. Zo‘ravonlik ortidan jamoat arboblari LGBTK jamiyatini qoralab chiqdi.

Zo‘ravonlikdan bir necha kun o‘tib, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning norasmiy matbuot kotibi o‘laroq ko‘rilayotgan sobiq amaldor Komil Allamjonov Twitterda [ingliz tilida] "Aholining aksariyati musulmon bo‘lgan mamlakatimizda jamiyat g‘ayritabiiy erkak va ayollarga (LGBT) toqat qilmaydi! Muqaddas dinimiz Islom bunga yo‘l qo‘ymaydi", deb yozdi.

Toshkentda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik va hukumatning unga munosabati O‘zbekistonning diniy landshaftida tez sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aks ettiradi.

Mirziyoyev 2016 - yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri mamlakatda siyosiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bir vaqtlar bloklangan onlayn platformalarda yangi ovozlar paydo bo‘ldi. Oldingi tuzum davrida bir necha yilga cho‘zilgan zulmdan qutilgan taqvodor musulmonlar endilikda o‘z dinlarini jamoatchilik oldida muhokama qila oladilar va mamlakatda taqvodorlik kuchayib borayotganga o‘xshaydi.

Shuningdek, siyosiy o‘zgarishlar sharhlovchilarga Islomning qat’iy talqinlari uchun zamin yaratdi. Ayrimlar hijobni majburiy qilishga, shariat qonunlarini joriy etishga va bahor boshlanishini nishonlaydigan Navro‘z kabi dunyoviy bayramlarni taqiqlashga chaqirmoqda.

Mirziyoyev hukumati din erkinligi nazorati va ochiqlik o‘rtasida muvozanat saqlash muammosiga duch kelgan. Davlat haliyam o‘z nazarida radikal bo‘lgan faoliyatni kuzatib boradi. Ammo tobora  ko‘payib borayotgan diniy omma nafratini qo‘zg‘atishdan hayiqayotgan rasmiylar g‘arbning liberal qadriyatlarini rad etib, an’anaviy qadriyatlarni qo‘llaydigan ritorikani qo‘llay boshladilar.

O‘tgan oyda sodir bo‘lgan voqealar inson huquqlari tashkilotlari orasida tashvish tug‘dirdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar hozirgi muhit davlat tomonidan qoralanmasa, zo‘ravonlik va ozchilik guruhlarga ta’qiblar yanada kuchayishi mumkin. Bu esa O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi rivojlanib borayotgan munosabatlarga putur yetkazishi mumkin.

Hukumatning yangi pozitsiyasi O‘zbekistonning avvalgi tuzumidan keskin burilish bo‘ldi. O‘zbekistonning qariyb 30 yil davomida hokimiyat tepasida qolgan sobiq prezidenti Islom Karimov Islomning rasmiy davlat talqinidan chetga chiquvchi barcha diniy oqimlarga qarshi kurashdi.

Xavfsizlik xizmati taqvodor musulmonlarni kuzatdi, ba’zida erkaklar soqoli o‘sgani uchungina qamaldi. Karimov masjidlarda azon o‘qishni man etdi va ayollarning hijobda yurishini taqiqladi. Diniy ekstremizmda gumon qilingan shaxslarning qora ro‘yxatiga minglab ism kiritildi.

Markaziy Osiyoni o‘rganib kelayotgan inson huquqlari huquqshunosi, Janubiy Kaliforniya universiteti dotsenti Stiv Sverdlov:

"1990 - yillarning oxiriga kelib, Karimov hukumati minglab tinch dindorni qo‘lga ola boshladi, aksariyat hollarda soqol qo‘yish yoki davlatning qattiq nazorati doirasida bo‘lmagan masjidga borish kabi arzimagan holatlar uchun", - dedi.

AQSh terrorizmga qarshi urush boshlayotgan paytda Karimov dastlab AQSh uchun muhim mintaqaviy hamkorga aylandi va global sa’y-harakatlar doirasida Islomning ayrim oqimlariga qarshi kurash yo‘llarini, shu jumladan, shafqatsiz qiynoqlarni taqdim etdi.

2016 - yilda Karimov vafotidan keyin saylangan Mirziyoyev Karimov merosidan voz kechib, O‘zbekistonni xorijiy investitsiyalar uchun ochish maqsadida siyosiy islohotlarni boshladi. U bir qator taniqli diniy mahbuslarni ozod qildi, bir vaqtlar ekstremist deb hukm qilingan musulmon ruhoniylarni oqladi.

2017 - yilda hukumat taniqli qora ro‘yxatdan 16 000 ismni olib tashladi. O‘tgan yilning dekabrida AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinlik buzilganligi uchun alohida tashvish tug‘diradigan davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi.

Ammo Karimov rahbarligidagi uzoq yillik zulmdan keyin ko‘plab taqvodor musulmon Islomning rasmiy versiyasiga ishonmaydi. Hukumat masjidlarni davlat nazorati ostiga olgan va diniy matnlar talqinini cheklab keladi.

Bundan tashqari, Mirziyoyev hukumati hali ham dindorlarga bosim o‘tkazmoqda. Ruxsat berilmagan diniy faoliyat jinoiy javobgarlikka tortiladi va norasmiy diniy guruhlar hanuzgacha xavfsizlik xizmatlarining bosimiga duchor bo‘lmoqda. Xavfsizlik xizmatlari davlat radikal deb hisoblaydigan shaxslarni kuzatib borish va hibsga olishga qodir.

"O‘zbekiston musulmonlari idorasi mullalar va imomlar va ular bergan va’zlar bo‘yicha chinakamiga monopoliyaga ega va xavfsizlik xizmatlari hanuzgacha diniy davralarni nazorat qilishda muhim rol o‘ynashi ayon", - dedi Sverdlov.

Chuqur ijtimoiy izlanishlarsiz O‘zbekistondagi dindorlik ko‘lamini aniqlash mushkul. Shunday bo‘lsa-da, butun mamlakat bo‘ylab yangi masjidlar qurilmoqda va diniy jonlanish Toshkentda ayniqsa yaqqol sezilmoqda.

Bir necha yil oldin poytaxtda hijob kamdan-kam uchrar edi, ammo hozirgi kunda ko‘plab ayollar sochini yopadi. Bozorlar an’anaviy islomiy ust-boshga to‘lgan – ularning bozori chaqqon.

Karimov hukmronligi davrida O‘zbekistonni tark etganlar mamlakat tezkorlik bilan ochilib, Islomning norasmiy shakllariga izn berila boshlanganidan hayratda. Musulmon feminist faol Feruza Izzat 2011 - yilda davlatning taqvodor musulmonlarga ko‘rsatayotgan bosimiga dosh berolmay, Turkiyaga ko‘chib ketgan. U universitet talabasi o‘laroq hijobini yechishdan bosh tortgan edi.

"Meni universitetdan haydashlarini aytib, tahdid solishdi, hatto sinfda bo‘lganimda ham o‘qituvchilar men kelmagan, deb yozishdi", - dedi Izzat.

"Hozirgi kunda odamlar tobora taqvodor, ammo, afsuski, tobora radikal bo‘lib bormoqda".

Rasmiy diniy institutlar yosh avlodni qoniqtira olmayapti. Yoshlar Islom diniga qat’iy ibodat qoidalari cheklovisiz amal qilish erkinligini istaydilar va islohotlarni amalga oshirishga chorlab keladilar.

Ammo Internet erkinligi tobora kengayib borayotganligi sababli yoshlar o‘zlarini hukumat radikal deb biladigan imomlar va’zlarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida bemalol ko‘rishlari mumkin. Ular Islomning qat’iyroq shakllarini qabul qilgan jamoat arboblarini ham kuzata oladilar. Ommabop qo‘shiqchi Jahongir Otajonov 2020 - yil dekabrida jamoat tomoshalari shariat qonunlariga zid ekanligini aytib, kutilmaganda karyerasini tugatdi.

"... kasbim, ya’ni musiqachilik kasbimdan Olloh uchun, shariatimizga to‘g‘ri kelmagani uchun voz kechdim", - dedi u.

"[Katta avlodlarga] buni qabul qilish biroz qiyin, ammo yosh avlod Qur’on va hadis o‘qiydi va taqvodorroq bo‘ladi", - deydi o‘z ismini oshkor qilmaslik sharti bilan so‘zlagan 19 yoshli talaba Akbar.

"Biz YouTubeda islomiy videolarni tomosha qilishimiz mumkin. Diniy blogerlar soni ham ko‘paymoqda, chunki musulmonlar soni ko‘paymoqda".

O‘zbekistondagi diniy tiklanish va Islomning norasmiy talqinlarining gullab-yashnashi, ehtimol, shuncha yillik repressiyalardan so‘ng kutilgan holat. Ammo Toshkentdagi Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi rahbari Viktor Mixaylovning so‘zlariga ko‘ra, ishonchli diniy rahbariyat yo‘q paytda Internet orqali Islomni o‘rganayotganlar soni tobora ko‘payib borayotgani radikallashuvga olib kelishi mumkin.

"Tafsir erkinligi ko‘pincha siyosiy Islomga yoqilg‘i bo‘ladi va odamlar Islomga alternativa yo‘qligi haqida bahslasha boshlagani Islom dunyoviy davlat o‘rnini egallashi kerak, deganidir", - dedi u.

Zotan, Internetda radikal musulmon sharhlovchilarning ko‘payishi o‘zbekistonliklar vatandoshlaridan zo‘ravonlik, jumladan, o‘lim tahdidlarini olishga olib keldi.

Islom dinini qat’iy talqin qilishni targ‘ib qilayotgan diniy sharhlovchilar liberal jurnalistlar va blogerlarga nafrat maktublarini yollab, tahdid qilmoqdalar, ularni G‘arbning O‘zbekistonni beqarorlashtirishga qaratilgan fitnalarida ayblamoqdalar.

O‘z xavfsizligini o‘ylab, ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan Sanjar o‘zbekistonlik ateistlar uchun ochilgan maxsus guruhda Islom haqida aytgan jasoratli hazillari o‘tgan yilning oktabr oyida keng tarqalganiga guvoh bo‘ldi. Uning hazillari skrinshotlari Facebook va Telegramdagi turli musulmon guruhlarda paydo bo‘ldi. Postlarga uning telefon raqami va uy manzili tirkaldi.

"Odamlar menga ijtimoiy tarmoqlarda qo‘ng‘iroq qilib, o‘ldirishlarini aytib yozishyapti", - dedi Sanjar Foreign Policy nashriga bergan intervyusida.

"Oddiy kiyimdagi politsiyachilar uyimni qo‘riqlamoqda".

Mixaylov ba’zi hollarda bunday onlayn harakatlar yanada jiddiy zo‘ravonliklarni keltirib chiqarishini aytdi.

"Yoshlar radikallashayotgani katta muammo bo‘lmasligi mumkin va bu o‘ta xavfli emas. Ammo keyingi bosqich – terroristik tashkilotlarga yollanish [bosqichi] bor", - dedi u.

Mixaylovning so‘zlariga ko‘ra, bu hali ichki tahlika emas: jihodchi tashkilotlarga qo‘shilgan O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati chet elda, xususan, Moskvada yollangan. Muhojir ishchilar duch keladigan diskriminatsiya va ajratish chuqur dindorlik bilan birlashib, yollovchilar uchun qulay zamin yaratmoqda.

Bunday shartlar hozirgi kunda O‘zbekistonda mavjud emas. Mamlakatda yoshlar ko‘p holatlarda o‘z jamiyatlariga qattiq bog‘lanib qolgan. Ammo o‘tgan oydagi zo‘ravonlik va Sanjarga qilingan tahdidlarning ayrimlari mamlakat ichkarisida zo‘ravonlik sodir bo‘lishi ehtimoldan xoli emasligini ko‘rsatadi.

Kelgusi yillarda hukumat oldida murakkab vazifa turadi. Hukumat Islomning o‘z nazorati doirasi tashqarisidagi talqinlarini targ‘ib qilayotgan dindorlarning tobora kuchayib borayotgan harakatini e’tiborsiz qoldirolmaydi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Стало известны победили в шоу "Сокровища императора"



Жизнь

Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"




Українські новини

Досвідчені садівники обирають великі технічні горщики для своїх рослин і квітів



Новости 24 часа

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде



Game News

Состоялся релиз The Case of the Golden Idol на iOS и Android



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде



News Every Day

McDonald's Grimace showed Mets fans what happens when something goes right this season



Блоги

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде



Москва

Якубко: «Сборная России нужна»



Николай Цискаридзе

«Я в жизни Насти»: Цискаридзе озвучил секрет популярности Волочковой



Москва

В Новосибирске согласовали репертуар, с которым выступит Элджей на музыкальном фестивале



Марат Сафин

Дзюба заявил, что был бы теннисистом уровня Сафина



Москва

Социальные и ESG-проекты ГПМ Радио названы лучшими в России



Пятёрочка

Жители КЧР могут принять участие в новой акции от «Пятёрочки»  



Симферополь

Музыкально-поэтический вечер «Жизнь не кончена, песня не спета»



Москва

Социальные и ESG-проекты ГПМ Радио названы лучшими в России



Москва

Собянин поддержал команду кандидатов от «Единой России» на выборы в Мосгордуму



Москва

Metatokens: инновационная платформа для дохода в экосистеме TON и ETH



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Вблизи Тимирязевского парка завершен капремонт 12-этажного дома

Гострудинспекция выясняет обстоятельства ДТП с большегрузами в Нижегородской области

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: ПРИЗНАНИЕ НАТО НАДО ПРИМЕНЯТЬ!

Астролог рассказала, кого ждет успех в карьере во второй половине июня 2024 года


Москва

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: ПРИЗНАНИЕ НАТО НАДО ПРИМЕНЯТЬ!






Rss.plus

Семинар библиотекарей Ленинского округа прошел в Центральной библиотеке

«Школа вожатых» прошла в школе №7 в Реутове

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: ПРИЗНАНИЕ НАТО НАДО ПРИМЕНЯТЬ!

Moscow.media
Москва

Собянин: Более пяти тысяч семей в СВАО получили новые квартиры по реновации



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Элджей

МВД Новосибирска проверит рэпера Элджея на пропаганду наркотиков




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В Москве тушат пожар в здании у метро «Динамо»

Новороссийские шахматисты приняли участие в полуфинале турнира "Шахматные звёзды 4.0"

Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"


ATP

Хачанов вылетел с турнира ATP в Хертогенбосхе после первого же матча



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

В Дубне сотрудники Росгвардии помогли утиному семейству перейти оживленную трассу



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России