Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Chigit narxi qimmatladi. Yog‘-moy kombinatlarida ish to‘xtamoqda

Chigit narxi qimmatladi. Yog‘-moy kombinatlarida ish to‘xtamoqda

O‘zbekistonda hukumat o‘simlik yog‘i narxini sun’iy ravishda past ushlab turishga urinarkan, chigit narxi favqulodda oshib bormoqda.

7 - may kuni 1 kilo chigit 5 ming 700 so‘mga chiqdi, mart boshida 3 ming so‘m edi.

Chigit narxining keskin oshishi xususiy sektor bo‘lgan paxta klasterlarining daromadini oshirish istagiga bog‘lanmoqda.

Respublikada mavjud yog‘-moy kombinatlari, qimmat narxda chigit sotib olishga qurbi yo‘qligi, bo‘lganda ham,  paxta yog‘i narxi keskin oshishini aytmoqdalar.

Hisobchilarga ko‘ra, agar 1 kilo chigit 5500 so‘mdan xarid qilinsa, ishlab chiqarilgan 1 litr paxta yog‘i narxi, shu kunda prokuratura nazoratida ushlab turilgani 14 ming so‘m emas, balki 23 ming so‘mga chiqishi mumkin.

“O‘zyog‘moysanoati” uyushmasi 51 foiz ulushi davlatga qarashli bo‘lgan yog‘-moy kombinatlarining  ahvoli og‘irlashgani, aksarida ishlab chiqarish to‘xtab, ishchilar maoshsiz qolganini tan oldi.

Jizzax viloyatidagi “Bo‘ston olami" yog‘-moy korxonasi rahbariyatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bu tashkilotda ish bir oy oldin to‘xtagan.

Korxona ma’muriyatining o‘zini tanishtirmagan rasmiysi, bunga chigit narxining mart oyidan keskin oshganini sabab qilib keltirdi:

“Chigit 5500 - 5700 so‘mga chiqib ketdi. Bizning zavodda bunaqa narxda chigit olishga mablag‘ yo‘q. Shu bois, zavod 1 oydan oshdi - ishlamayapti. Ishchilarga ta’til berib yuborilgan”.

Korxona vakilining so‘zlariga ko‘ra, Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi yana bir korxona - “Nurli Don” yog‘-moy korxonasida ham yog‘ ishlab chiqarish to‘xtab qolgan.

“U erda ham shu muammo - chigit qimmat. Chigitni klasterlar qimmatlatib olishdi. Chunki ular xususiy tadbirkor, xohlagan narxini qo‘yyapti. Yog‘ zavodlari esa davlatniki. Buning ustiga, bozorda paxta yog‘i narxi nazoratda, litriga 13 - 14 ming so‘mdan oshirsa, prokuratura boshni qotiradi”, - dedi Jizzaxdagi yog‘ ishlab chiqarish korxonasining o‘zini tanishtirmagan mas’uli.

Bu ikki korxonadan yuqori turuvchi tashkilot - “O‘zyog‘moysanoati” uyushmasi ma’muriyati, mamlakat bozorlarida o‘simlik yog‘i narxi keskin oshgan va aholi noroziligi ortib turgan bir kezda, yog‘ ishlab chiqarish korxonalari og‘ir ahvolda ekanini tan oldi.

Uyushma mulozimiga ko‘ra, hozirda bu tashkilotga qarashli jami 24 ta yog‘ ishlab chiqarish zavodining 12 tasi davlat hisobida, qolganlari xususiy sektorga berilgan.

“Xususiy korxonalar kungaboqar yog‘i ishlab chiqarishni ko‘paytirishga o‘tgan. Davlat hisobidagi korxonalar esa klasterlar yetishtirib berayotgan chigitga qarab turibdi. Lekin bu yil narx favqulodda oshib ketgani uchun, aksar korxonalarimizda ish to‘xtab qoldi. Hademay chigit tugaydi va sezon to‘liq to‘xtaydi”, - dedi uyushmaning o‘zini tanishtirmagan vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda bir yilda 270 ming tonnaga qadar chigit sotuvga chiqarilmoqda, urug‘lik chigit esa bundan ayri. So‘nggi yillarda chigit yetkazish ko‘lami pasaygan:

“Avallari 320 ming tonna chigit yetkazilardi. Hozir hajm ozaygan. Buning ustiga, yog‘-moy zavodlariga, ishlab chiqarish quvvatiga ko‘ra chigit yetkazib berishda kvota ajratilar edi. Zavod oldindan pulini to‘lardi va mavsumda chigitni davlat belgilagan narxda olardi. Ya’ni sifatli paxta yog‘i ishlab chiqarishda uzilish bo‘lmasdi. Hozir chigit savdosi va uning narxi, to‘lig‘i bilan xususiy sektor ixtiyorida. Boshqa tarafdan, bu bozor iqtisodiyoti, klasterlar o‘zi yetishtirgan mahsulotga o‘zi narx belgilashga haqli. Ammo  paxta yog‘ining narxini sun’iy ravishda past ushlab turish ham yog‘ korxonalarining ishini og‘irlashtiryapti. Biz buni rahbarlarga aytganmiz”, - dedi uyushma vakili.

Ammo paxta yetishtirayotgan ayrim klasterlar chigit narxi, buning ortidan bozorlarda paxta yog‘ining ortishi yoki yog‘ning tanqislashishiga o‘zlari mas’ul emasligini ta’kidlamoqda.

Jumladan, Buxoro viloyatidagi klasterlardan birining hisobchisi narx-navo butun dunyoda oshib borayotgani, bu esa o‘zi-o‘zidan chigit narxida ham aks etayotganini tushuntirishga urindi:

“Chigit narxi faqat klasterlar o‘z jig‘ildonini o‘ylagani sababidan oshgani yo‘q, buni bir bilib olaylik. Birinchidan, o‘tgan yili chigit kam bo‘ldi, chigitga qurt tushib ketdi. Ikkinchidan, faqat yog‘mas, hamma narsani narxi oshdi - energoresurslar, QQS solig‘i va hokazo. Bu yog‘i pandemiya, cheklovlar, karantinlar bo‘ldi. Buning ustiga, narxni biz oshirmayapmiz, narx birjada oshyapti - chunki, talab va taklif ishlayapti-da. Hozir mini yog‘ zavodlar ko‘payib ketgan va hozirgi sezonda, ayniqsa biznikiga o‘xshagan viloyatlarda chigitga talab oshgan”, - dedi Buxorodagi klaster xo‘jaliklaridan birining hisobchisi.

Jizzaxdagi yog‘-moy kombinatlaridan birida ishlaydigan hisobchiga ko‘ra, agar chigitning bugungi narxi bilan yog‘ ishlab chiqarilsa, unda paxta yog‘ining narxi bir barobarga oshadi:

“Hozir 5 litrlik paxta yog‘i 70 ming, nari borsa 75 ming so‘m. Xo‘p, agar zavod 5500 so‘mga chigitni sotib olsa, unda 1 litr paxta yog‘ining narxi 23 ming so‘mga chiqib ketadi - buni xalq ololmaydi. Shuning uchun, zavodlar majbur ishsiz o‘tiribdi”.

O‘zbekistonda may oyi oxirlariga borib, zaxiradagi chigit tugaydi, mahalliy paxta zavodlarda paxta ham qolmaydi. Shu bilan paxta va yog‘ zavodlarining ishi yozgi mavsumda to‘xtaydi.

Rasmiylar bu yil ish mavsumi erta - mart o‘rtalaridan tugagani, bu vaziyat nafaqat bozordagi narxlar, balki bu korxonalarda ishlayotgan minglab ishchilarning hayotini ham og‘irlashtirganini tan olmoqda.

Ismini aytmaslik sharti bilan vaziyatni izohlagan toshkentlik moliyachiga ko‘ra, shu kunda bozorda paxta yog‘i va zavodlarda chigit muammosining yuzaga kelgani, paxta yetishtirish va undan olinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish sektoridagi ziddiyatli vaziyatga bog‘liq:

“Paxta yetishtirish sohasi to‘liq klasterga berildi. Klaster - xususiy sektor, xohlagan narxini qo‘yadi. Lekin bozorda yog‘ning narxini nega prokuratura nazorat qilyapti unda? Zavod zarariga yog‘ ishlab chiqarib sotmaydi-ku?! Natijada zavodlar to‘xtab qoldi, paxta yog‘i tanqislashdi, ishchilar oyliksiz qoldi. Aslida, shaxsan men paxta yog‘i iste’mol qilmayman. Men uchun bu vaziyatdagi yagona yechim - xorijdan keladigan o‘simlik yog‘ining erkin savdosini ochish, ayniqsa, yog‘ni monopoliyaning qo‘lidan olish kerak. Pista yog‘i erkin kirib kelishni boshlasa, narxi tushsa, paxta yog‘i atrofidagi ajiotaj ham to‘xtaydi. Men hech tushunmayman, buni bajarish uchun hukumatga kim xalaqit qiladi?!”

Shu yilning 23 - aprel kuni Senatning 14-yalpi majlisida, rais Tanzila Norboyeva aholida oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa yog‘ narxining oshishiga norozilik kuchayib borayotganini tilga olgandi.

Bozorlardagi narxlar masalasi alohida muhokama qilingan yig‘ilishda Norboyeva ijtimoiy tarmoqlarda aks etgan norozlikni alohida ta’kidlarkan, bosh prokuroridan narx-navo nazoratga olishni so‘radi.

O‘zbekistonda  o‘simlik yog‘iga bir yillik ehtiyoj 650-700 ming tonna ekani, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ko‘pi bilan 300 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqara olishi aytiladi.

Ammo joriy yil, 29 - yanvar kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi 41-sonli qarori bilan 529 turdagi import tovar va xizmatlarini davlat xaridlari sifatida sotib olishga cheklov o‘rnatildi.

Bu mahsulotlar ro‘yxatida shu kunda bozorda narxi juda yuqori bo‘lib turgan kungaboqar, paxta, zaytun va araxis yog‘lari kiritilgan.

Shu bois birlamchi iste’mol tovarlari importiga cheklovni bekor qilish va bu sohani egallab olgan monopol shirkatlarga zudlik bilan  barham berish chaqiriqlari yangramoqda.  Aks holda, iqtisodchilarga ko‘ra, ahvol bundan ham  og‘irlashishi mumkin.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Минфин Архангельской области оценил муниципалитеты по уровню качества организации и осуществления бюджетного процесса



Мир

Как избежать больших проблем при одиночном путешествии: туристкам дали важные советы по безопасности






Новости 24 часа

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.



Game News

I tried to recreate Marvel's Iron Man in this movie studio sim, and my version was so bad my own father stormed out of the theater



Москва

США и Европа "подготавливают" Россию и Ближний Восток для переселений?!



News Every Day

A Deep Dive into Realistic Doll Manufacturers



Авто

Такси в 7 раз чаще попадает в ДТП, чем обычные автомобилисты — изучаем аварийность на дорогах



Москва

На выставке «Россия» прошло массовое прочтение отрывков из поэмы «Руслан и Людмила»



Жанна Агузарова

Певица Агузарова станет специальным гостем премии МУЗ-ТВ



Москва

Белый дом заявил, что США готовы обсуждать ДСНВ с Россией



Александр Зверев

Зверев вышел в финал «Ролан Гаррос»



Москва

Уникальный интерактивный проект Ставропольской психиатрической больницы на выставке-форуме «Россия»



Яндекс

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.



Симферополь

Глава Росавиации: возобновление работы закрытых с начала СВО аэропортов пока не ожидается



Москва

«Солнечная Азбука» в особом семейном центре «Семь-Я»



Москва

Мэр Москвы и глава Башкортостана подписали соглашение в рамках ПМЭФ



Москва

Юлия Пересильд, московский Театр на Таганке, ММОМА – участники 3-его фестиваля «Территория. Красноярск» раскрывают грани современного искусства



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

Московские Айболиты. В столице выбирают лучшего ветврача

«Ломом по голове»: москвичка зверски расправилась с родным отцом

Подросток случайно убил пристававшего к нему незнакомца в центре Москвы


Москва

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.






Rss.plus

В Подмосковье сотрудники Росгвардии спасли пожилого мужчину, который оказался один дома и плохо себя почувствовал

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки

Moscow.media
Москва

Собянин: Завод по производству препаратов из плазмы крови человека появится в РФ



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Бато Багдаев

Бурятский Театр кукол Ульгэр в Улан-Улан-Удэ показал в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник сказку Колобок - Новости и Культура, Дети и Россия




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Псковичка стала призером соревнований по прыжкам в высоту в Москве

Академия Плющенко требует почти два миллиона со сбежавшей от них юной спортсменки

«Столото» подписал соглашение в развитие стратегической поддержки комплекса ГТО и многоборья ГТО


Мария Шарапова

Превзойдет саму Шарапову? юная Мирра Андреева наступает на пятки звездам тенниса



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Стефанос Циципас

«Он никогда не снимается с турниров». Циципас прокомментировал травму Джоковича



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России