Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Stiv Sverdlov: Inson huquqlari faoli Surat Ikromovni eslab

O‘zbekiston tarixidagi eng qorong‘i kunlarni hujjatlashtirishga ko‘maklashgan taniqli huquq faoli Ikromov 3 - mart kuni 77 yoshida Toshkentda vafot etdi.

Quyida Markaziy Osiyodagi inson huquqlari bo‘yicha ekspert, professor Stiv Sverdlovning Ikromovni yodga olib yozgan maqolasi tarjimasi bilan tanishishingiz mumkin.

Kelayotgan sentabr oyida O‘zbekiston o‘z mustaqilligining 30 yilligini nishonlaydi. Bu davr mobaynida mamlakatda erkin va demokratik jamiyat barpo etish umidi ko‘p marta alanga oldi, ko‘p marta so‘ndi.

Mustaqil inson huquqlari himoyachilari «Tashabbus» guruhi rahbari Surat Ikromovning merosi ushbu umidlar bilan chambarchas bog‘liqdir.

Inson huquqlarini himoya qilish avtoritar mamlakatlarda, xususan, O‘zbekistonda mashaqqatli ishdir. Bunday muhitda huquq himoyachilari dramatik nutq so‘zlamaydi, dramatik sud eshituvlarida qatnashmaydi. Aksincha, ular katta shov-shuv keltirib chiqarmagan qonunbuzarlik holatlarini o‘rganadi, ularda guvohlik beradi. O‘zbekiston kabi mamlakatlarda huquq himoyachilari oylab-yillab kurashadilar.

Ikromov rafiqasi va hamkori Gulnora Fayziyeva bilan birga yigirma yildan ko‘proq vaqt davomida aynan shunday ishladi. Juftlik hukumatning tinch dindorlarga tazyiqlari, hukumat mulozimlari suiiste’mollari va paxta dalalarida bolalar mehnatidan foydalanganini hujjatlashtirdi.

Ular bu muhim ishni hashamatli hukumat binosida emas, balki Eski Shaharda, Hazrati Imom masjidi yaqinida joylashgan kamtarona uylarida qildilar.

Yillar davomida bu juftlikka butun O‘zbekistonning qishloq va shaharlardan kelgan yuzlab oila murojaat qildi.

Odamlar ularning oldiga tazyiqlar, soxta ayblovlar bilan hibsga olishlar, qamoqxonalardagi noinsoniy muomaladan shikoyat qilgani kelardi.

Amaldorlar ta’qibiga uchragan va ko‘p holatlarda «ekstremistik» oqimlarga a’zo bo‘lishda ayblanganlar o‘zlariga quloq tutadigan odamni izlardi. Ikromov ularning dardini rafiqasi bilan tinglar edi.

O‘zbekistonning avtoritar prezidenti Islom Karimov 1990‑yillarning oxiriga kelib, endi paydo bo‘layotgan siyosiy muxolifatni butunlay yo‘q qildi va din ustidan qattiq nazorat o‘rnatdi.

O‘ta mustaqil deb hisoblangan imomlar turli bahonalar bilan, masalan, davlatning diniy urf-odatlar bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalariga rioya qilmagani, va’zlarida Karimovni maqtashdan bosh tortgani yoki azon aytayotib ovoz kuchaytirgichdan foydalangani uchun masjidlaridan chetlatildi, qamoqqa olindi yoki hattoki «g‘oyib bo‘ldi».

1999 - yil fevral oyida Toshkentda sodir bo‘lgan terror xurujlari ortidan Karimov militsiya va xavfsizlik xizmatlariga minglab odamni qo‘lga olishni buyurdi. Ayrim holatlarda o‘ta taqvodor ko‘rilgan yoki tengdoshlari bilan din masalalarini muhokama qilganlar hibsga olindi.

Bunga javoban Ikromov Moskvada joylashgan «Memorial» inson huquqlari markazi bilan hamkorlikda, o‘zboshimcha hibsga olishlar, hibsdagi qiynoqlar va rasmiylarning «qamoqxona qoidalarini buzgani» uchun mahbuslarning qamoq jazosini uzoq yilga uzaytirish siyosatiga qarshi kurashdi.

Hukumat tazyiqlari kuchayar ekan, Ikromov yanada qattiqroq ishladi. Huquq faoli yillar davomida diniy ayblovlar bilan hibsga olingan shaxslar haqida ma’lumot to‘pladi. Hukumat bu borada hech qanday ma’lumot bermagani bois, xorij davlatlari elchixonalari va huquq tashkilotlari Ikromov bergan ma’lumotlarga tayana boshladi.

2003 - yilda Ikromov Toshkentda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, qattiq do‘pposlandi. U hushidan ketgan va boshiga yelim qop kiydirilgan holda Toshkent chetiga tashlab ketildi.

Hujumchilarning niyati aniq edi: Ikromovni inson huquqlarini himoya qilish faoliyatini to‘xtatishga majburlamoqchi bo‘ldilar.

Ikromov o‘rniga boshqa bo‘lganida mamlakatni tark etgan bo‘lardi. Darhaqiqat, ko‘pchilik huquq faollari aynan shunday qildi. Bu tushunarli holat: O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish xatarli ish edi va, afsuski, hamon shunday qolayotir.

Ammo Ikromov o‘z faoliyatini davom ettirdi. O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashar ekan, u muhim ma’lumot manbaiga aylandi.

“Human Rights Watch” tashkiloti uzoq yillar davomida Ikromov bilan yaqindan hamkorlik qildi. So‘nggi o‘n yil ichida tashkilot rasmiylari Toshkentga qilgan deyarli har bir safarida Ikromov bilan uchrashdi.

Sverdlov Ikromov har doim uyidagi katta stol oldida papiros chekib, uni oldiga kelganlar hikoyasini tinglagani, rafiqasi Fayziyeva esa sud qarorlari, hukmlari va boshqa ma’lumotlarni topishda ko‘maklashganini eslaydi.

O‘zbekiston fuqarolik jamiyatida nima sababdan ba’zilar mamlakatdan qochishga majbur bo‘lgani yoki qamalgani, ayrimlar esa faoliyatini davom ettirishga muvaffaq bo‘lgani haqida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar hatto Ikromovni birov «himoya qilayotganini» taxmin qildi.

Ammo Ikromov yordam bergan ko‘p sonli oila uchun buning ahamiyati yo‘q edi. Toshkentda inson huquqlari masalasini ko‘tarishni istagan har qanday diplomat Ikromov diniy mahbuslar haqida tuzgan ro‘yxatdan muntazam foydalanardi.

2011 - yilda o‘sha paytdagi AQSh davlat kotibi Hillari Klinton Karimov bilan uchrashuv davomida Ikromov ro‘yxatidagi ba’zi ismlarni tilga oldi.

Bir necha yil oldin Ikromov “Human Rights Watch” vakillari bilan siyosiy ayblovlar bilan 18 yil qamoqda o‘tirgan mahbusni ziyorat qilgan. Sverdlovning yozishicha, qamoqxona kasalxonasida mahbuslar Ikromovni xuddi hurmatga sazovor professordek kutib olgan.

Ikromov mahbuslarning azoblari, qiynoqqa tutilgani va boshqa shikoyatlarini qunt bilan tinglagan, ularni yaxshi tushungan.

Mahbuslar Ikromov va uning rafiqasi ularning oila a’zolari bilan aloqada bo‘lishiga va ular ozod etilgunicha, yillar davomida kurashishiga ishonganlar.

Sobiq sovet respublikalari va Sharqiy Yevropada diniy erkinliklarni kuzatib boruvchi “Forum 18 News Service” nashri muharriri Feliks Korli 2008 - yilda Jenevada Ikromov bilan uchrashganini eslab, shunday degandi:

«Uning naqadar jasur ekani meni hayratga soldi. [Ikromov] faoliyat yuritayotgan mamlakatni ishonch bilan mintaqada vijdon erkinligi yoki e’tiqod erkinligini eng yomon buzuvchi mamlakat deb atash mumkin edi. U har bir ishni g‘ayrat bilan hujjatlashtirar, qiynoqlar yuz bergan holatlarda qiynoq sodir bo‘lgani, jinoyat kodeksining tegishli qismlari va kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etardi.»

Sverdlov so‘nggi marta Ikromov bilan taxminan besh oy oldin ko‘rishganini esladi. Bu paytga kelib huquq faoli sog‘lig‘ini yo‘qotgan, ozib ketgan edi. O‘zining zaif ahvoliga qaramay, Ikromov Sverdlovga 12 nafar diniy mahbus ishini kuzatib borayotganini aytib, uning qo‘liga ular haqida to‘plagan materiallarini tutqazgan.

Sverdlov Ikromov merosi uzoq yashashini ta’kidladi. Uning faoliyati tufayli dunyo ko‘p yillar davomida shubhali ayblovlar bilan panjara ortida o‘tirgan o‘nlab odam taqdiri haqida xabar topdi.

O‘zbekistonda bolalarni paxta dalalariga yuborishga deyarli butunlay barham berildi. Sverdlovning so‘zlariga ko‘ra, Ikromov bunga qisman hissa qo‘shgan.

Ikromovning yana bir merosi uning shogirdlaridir. Ular orasida huquqni himoya qiluvchi bloger Bahodir Eliboyevni tilga olish mumkin.

Sverdlov Ikromovning joyi jannatda bo‘lishini tilab, o‘z maqolasini yakunladi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

XXXIII Церемония «Хрустальная Турандот» объявит победителей сезона 2023/2024



Здоровье

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов






Новости 24 часа

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»



Game News

Началась предрегистрация на Command & Conquer: Legions — релиз в конце 2024 года



Москва

Навка: Заворотнюк отличали уверенность, смелость и вера в хорошее



News Every Day

Fentanyl distribution indictment follows Westminster traffic stop



Блоги

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»



Москва

Активные граждане смогут стать соавторами фестиваля «Лето в Москве»



Булат Окуджава

Музыка и стихи: концерт к 100-летию со дня рождения Булата Окуджавы состоится в Троицке



Москва

Два сотрудника «Крокуса» стали фигурантами уголовного дела



Андрей Рублёв

Итальянская забастовка: Рублёв, Котов и Самсонова вылетели с «Ролан Гаррос», Потапова обыграла Ван Синьюй



Москва

Преступления мигрантов с рынков азербайджанского олигарха Года Нисанова продолжают шокировать Москву



Арцах

Преступления мигрантов с рынков азербайджанского олигарха Года Нисанова продолжают шокировать Москву



Симферополь

Литературно-музыкальный вечер «Песня как признание в любви»



Москва

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»



Москва

Сергей Собянин поздравил москвичей с Международным днем защиты детей



Москва

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Более 1700 человек признаны потерпевшими по делу о теракте в "Крокусе"

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» спасает население от борьбы с перенаселением, 5 серия, СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.

"Замечательная, светлая": Лепс с теплотой вспомнил доброе общение с Заворотнюк


Москва

Преступления мигрантов с рынков азербайджанского олигарха Года Нисанова продолжают шокировать Москву






Rss.plus

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Выгодно ли покупать квартиру в новостройке?

Стоматолог Владимир Лосев: сколько времени нужно носить брекеты

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»

Moscow.media
Москва

Собянин: Детский фестиваль искусств «Небо» станет праздником для всей семьи



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Юрий Башмет

В Самарской области пройдут мероприятия детской музыкальной академии Башмета




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Дептранс Москвы раскрыл детали инцидента на станции метро "Спортивная"

День защиты детей празднуют в мире 1 июня

Певица Пелагея разделила имущество с бывшим мужем


Андрей Рублёв

Вице-президент ФТР Селиваненко: у Рублева не пошла игра с Арнальди



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Киев

НАТО оказалась не готова к войне с Россией. Тайное соглашение США и Киева: Враг нацелился на Белгород - источники



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России