Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Mustaqillikning 30 yilligi: Tolibondan tabrik va pandemiya vaqtidagi "lazgi"

Mustaqillikning 30 yilligi: Tolibondan tabrik va pandemiya vaqtidagi

O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov o‘limidan besh yil o‘tib Mustaqillik bayrami tantanalari yana katta maydonlarga qaytdi.

Mustaqillikning 30 yillik sanasi qo‘shni Afg‘onistonda Tolibon qayta hokimiyatga kelgan  paytga to‘g‘ri keldi.

Tolibondan tabrik

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Tolibon O‘zbekistonning mustaqillik kuni munosabati bilan mamlakat rahbariyati va  xalqiga tabrik yo‘llagan.

"O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonida faol ishtirok etadi. Mamlakatning konstruktiv rolini Afg‘onistonning hozirgi rahbariyati ham tan olyapti. Afg‘oniston Islom Amirligi muzokaralar guruhi a’zosi va Tolibon siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Suhayl Shohin o‘z rahbariyati nomidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga mamlakat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llagani buning dalilidir", deyiladi TIV bayonotida.

Tolibon tabrik xatida O‘zbekiston bilan samarali va do‘stona munosabatlar o‘rnatish niyatida ekanini bildirgan.

"Biz O‘zbekiston ishtirokida Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini, xususan, temir yo‘l va elektr uzatish liniyalarini qurishni davom ettirishdan manfaatdorligimizni tasdiqlaymiz. Afg‘oniston Islom Amirligi o‘zbekistonlik sheriklarimizga bu yo‘nalishda barcha zarur yordamni beradi", deyilgan tabriknomada.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  31 - avgust kuni  Mustaqillik tantanalari payti qilgan nutqida Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib,  "Bu davlat bilan aloqalarimizda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga sodiq qolamiz", deb aytdi.

Mirziyoyev 27 - avgust kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida  Tolibon O‘zbekiston rahbariyatiga bergan va’dalarining ustidan chiqayotganini aytgan, ammo tafsilotlarni ochiqlamagan. U uch yil avval Tolibon bilan boshlagan muloqot siyosatini himoya qilgan va "O‘zbekiston tomoniga  o‘q otmaydigan hamma bilan gaplashishga tayyorligi"ni ta’kidlagan. 

“Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi bazm

31 - avgust kuni poytaxt Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga maxsus barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida san’atkor va raqqosalar prezident Shavkat Mirziyoyev va uning xos mehmonlari qarshisida ikki soatdan oshiqroq vaqt davomida konsert namoyish etdi.

Ba’zi hokimlar "lazgi"ga o‘ynadi, boshqalari qarsak chalib, hamkasblarini qo‘llab-quvvatlab turdi.

Konsert so‘nggida Mirziyoyev san’atkorlar bilan birma-bir qo‘l siqishib, ba’zilari bilan quchoqlashib ko‘rishdi.

Ushbu sahnalar marhum prezident Islom Karimov davridagi tantanalarni yodga soldi.

Ekranda Karimov va Mirziyoyevning yelkama-yelka turgani aks etgan kadrlar namoyish etildi.

Ikkinchi prezident o‘z nutqida birinchi prezidentni xotirladi. Ayni paytda marhum prezident davridagi majburiy mehnat va boshqa salbiy ko‘rinishlarga barham berilganini ham ta’kidladi.

Bayram tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Karimov vafotidan so‘ng u "lazgi"ga o‘ynashni odat qilgan Mustaqillik tantanalari yopiq sahnalarda, oz sonli odam ishtirokida o‘tkazib kelinayotgan edi.

Hukumat bu yil Mustaqillikning 30 yilligi bilan bog‘liq tarixiy sanani pandemiya bois ochiq maydonlarda o‘tkazishga qaror qilgan.

“Majburlash”larsiz bo‘lmadi

Toshkent va viloyat markazlarida bayram tantanalari Karimov davridagi "Eski O‘zbekiston"ning davlat tadbirlaridan farq qilmagani ko‘rindi.

Poytaxt Toshkent va viloyatlarda bo‘lgan ikki-uch soatlik konsert dasturi ommaviy sahnalarini tayyorlash jarayoniga bu safar ham o‘quv yurti talabalari va o‘quvchilar jalb qilindi, ular jazirama yoz issig‘ida stadion va sport zallarida oylab tayyorgarlik ko‘rishdi.

Avvalroq Ozodlik Toshkentda Mustaqillik bayrami tantanalariga tayyorgarlik boshlab yuborilgani, o‘quvchi va talabalar ko‘ngilli-majburiy jalb etilgani haqida xabar bergan edi. Viloyat markazlarida o‘tkazilgan tantanalar ham “majburlash”larsiz bo‘lmagan.

 

Ayrim viloyatlarda shahar ko‘chalari va binolarini bezash, devorlar va daraxtlarni oqlash ishlaridan tortib konsert tomosha dasturlarigacha maktab o‘quvchilari, talabalar jalb etilgan.

Qarshi shahridagi maktab o‘qituvchilariga ko‘ra, shahar maktablaridan 4 - 5 hamda 10 - 11 - sinf o‘quvchilari, hali o‘quv yili boshlanmasidanoq, yozning qirq daraja jaziramasida, mustaqillik bayrami tantanalariga tayyorgarlik uchun safarbar etilgan.

Ishidan ayrilishidan qo‘rqib, maktabi va ismini ochiqlamasligimizni so‘ragan Qarshi shahridagi maktab o‘qituvchisining aytishicha,  topshiriq Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligi tomonidan berilgan.

“3 soatlik bayramga bir hafta repetitsiya qilishdi. O‘quvchilar ovqatini ham o‘zlarining cho‘ntagidan to‘ladi. Bu rahbarlar kattalarga yaxshi ko‘rinish uchun, o‘qituvchilarni yana o‘rtada sarson qilishmoqda. . . " deydi Ozodlik gaplashgan maktab o‘qituvchisi.

"2 - 3 soatlik o‘yin-kulgu deb, bir hafta yosh bolalarni issiqda sarg‘aytirib tayyorlashdi. Viloyat madaniyat boshqarmasi borku? Qachongacha maktabni faol o‘quvchilariga tarmashadi? Ta’til bo‘lsa ham saylov deb bizni qo‘yishmayabdi. Endi navbat o‘quvchilargami? . .  ", - deydi ozodlik bilan suxbatda bo‘lgan qarshilik boshqa maktab o‘qituvchisi.

Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat bo‘limi vakillari Ozodlikka o‘quvchi va talabalarning bayram tadbiriga majburlab olib chiqilganini rad etdi.

“Qatnashishga xohlovchilar juda ko‘p edi, tanlab-tanlab, faqat faollarini olib chiqdik”, - dedi agentlik vakili.

“Tantana o‘tmishimizning hali esdan chiqmagan illatlarini esga soldi”

O‘zbekistonlik faol Abdusalom Ergashev “Yangi O‘zbekiston”ning Mustaqillik bayrami Karimov boshqaruvi nazarda tutilgan “Eski O‘zbekiston”dagi bayramlarni yodga soldi, deydi.

“O‘tkazilgan tantana o‘tmishimizning hali esdan chiqmagan illatlarini esga solganligi durust bo‘lmadi. Karimov davrida shu yo‘sinda bayram qilish, tomosha qilganlarga bayram kayfiyati ulashishdan ko‘ra ko‘proq nafratga sabab bo‘lardi, odatda. Chunki umumxalq bayrami deb hisoblangan tantanada faqatgina tanlangan xos odamlar ishtirok etishi tabaqalashtirishning bir noxush ko‘rinishidan boshqa narsa emas.

Dunyoning birorta davlatida mustaqillik, respublika kunlari deb ataladigan sanalar saroy ahli uchun taniqli sanatkorlar chiqishlari bilan alohida nishonlanib, oddiy xalkka ko‘z-ko‘z qilinmaydi. Ayniqsa, bu xalq qora qozonini arang qaynatayotgan, aholisining deyarli chorak qismi dunyo bo‘ylab tirikchilik ilinjida tarqab ketgan bo‘lsa”, - deydi Ergashev.

O‘lat paytidagi bazm?

Mustaqillikning 30 yilligi tantanalari O‘zbekistonda koronavirusning yangi to‘lqini avjiga chiqqan pallada o‘tkazilmoqda. Ozodlikka yuborilgan suratlarda bayram tadbirlariga yig‘ilganlar orasida ijtimoiy masofa yo‘qligi va ko‘pchiligi niqobsiz ekanini ko‘rish mumkin. 

Mas’ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazoratni kuchaytirishni ta’minlash shartligi aytilgan esa-da, bunga hamma ham amal qilayotgani yo‘q.

Buni 31 - avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida qatnashgan san’atkorlardan biri ham tasdiqladi. 

“Taklifnoma bilan kelganlarni issig‘ini o‘lchab, test qilib kiritishi kerak edi. Faqat nomiga qilishdi, chunki odam ko‘p edi. Oraliq masofa bo‘lmadi. Orada bitta joy bo‘sh turishi kerak edi. Madhiya chalinganidan so‘ng chalkash bo‘lib ketdi”, dedi Ozodlikka ismi ochiqlanmasligini so‘ragan san’atkor.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, 31 - avgust kuni mamlakatning istisnosiz barcha hududlarida 742 kishi koronavirusga chalingan. Yangi qayd qilingan raqamlar yana poytaxt Toshkent hisobiga to‘g‘ri kelgan. Jami raqamlar 156394 taga yetgan. Ammo bu raqam pnevmoniya hollarini o‘z ichiga olmaydi.

Vazirlikning bildirishicha, koronavirusga chalingan bemorlardan yana 6 nafari vafot etib, O‘zbekistonda shu paytgacha koronavirus qurbonlari soni 1088 nafarga yetgan.

Bu yilgi Mustaqillik bayrami prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga saylanishi kutilayotgan navbatdagi prezident saylovlari arafasida o‘tmoqda.

Amaldagi prezidentning nomzodini ilgari surgan O‘zLiDeP partiyasi o‘tgan oy ommaviy saylovoldi konsertlarini o‘tkazgan, o‘shanda ham yig‘ilganlarning deyarli barchasi niqobsiz ko‘ringandi.

Iqtidordagi partiya rasmiylari saylovoldi tadbirlarida ijtimoiy masofaga rioya qilinayotganini ta’kidlab, ommaviy tadbirlar davom etishini aytishgan.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Дмитрий Морев объяснил, что делают с парящим деревянным променадом в Архангельске



Мода

«585*ЗОЛОТОЙ» выступила партнером медиафестиваля творческой молодежи YOUPITER






Новости 24 часа

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»



Game News

Лучшие Эхо в Wuthering Waves — соберите самую мощную сборку



Москва

Ни "халяль", ни "грешниц": Церковь и Роспатент подготовили особый запрет для бизнеса



News Every Day

Rangers backed into a corner, must beat Panthers on road to force Game 7



Авто

Распределяй и управляй: водители «Грузовичкоф Бизнес» – о преимуществах работы и трудовых буднях  



Москва

Сати Казанова провела медитацию для 1300 человек на Первом международном дне медитации



Queen

Sony Music хочет закупиться Queen, а PayPal анонсировала рекламную платформу — обзор новостей в зарубежных СМИ



Москва

ТЮЗ Тувы отметил юбилей в День защиты детей



Андрей Рублёв

Итальянская забастовка: Рублёв, Котов и Самсонова вылетели с «Ролан Гаррос», Потапова обыграла Ван Синьюй



Москва

Весь мир чипировали умом Ленина?! Раскрыта загадка Мавзолея В.И. Ленина. Проект "Святой Ленин".



ЦСКА

Один из лидеров «Салавата Юлаева» подписал контракт с ЦСКА: теперь официально



Симферополь

Арт-знакомство «Искусство должно давать счастье и радость»



Москва

На борту самолета, летевшего из Москвы в Турцию, из-за жары погибла кошка якутского пилота



Москва

Собянин: Новый корпус больницы святого Владимира планируется открыть в 2025 году



Москва

На борту самолета, летевшего из Москвы в Турцию, из-за жары погибла кошка якутского пилота



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Весь мир чипировали умом Ленина?! Раскрыта загадка Мавзолея В.И. Ленина. Проект "Святой Ленин".

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» легально изготавливает армии и спецслужбы. 6 серия. СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.


Москва

Периоды похолодания в июне спрогнозировали россиянам






Rss.plus

До плюс 50 градусов: Каким городам России грозит аномальная жара летом 2024 года. Опубликован список

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин рассказал о новых трамвайных линиях в Москве



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Елена Волкова

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

ФК «Зенит» представил стартовый состав на суперфинал Кубка России в Москве

«Зенит» добыл волевую победу в матче с «Балтикой» и завоевал Кубок России

Первое историческое ралли в Москве 2 июня 2024


Ролан Гаррос

Бывшая российская теннисистка спела гимн Франции: «Я здесь дома»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

На борту самолета, летевшего из Москвы в Турцию, из-за жары погибла кошка якутского пилота



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России