Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Lukoyl Bolgariyada qanday qilib millionlab daromad oladi, lekin deyarli soliq to‘lamaydi

Lukoyl Bolgariyada qanday qilib millionlab daromad oladi, lekin deyarli soliq to‘lamaydi

1963 - yilda Qora dengiz sohilidagi Burgasda Bolgariyaning birinchi neftni qayta ishlash zavodi ishga tushganida, Bolgariyaning o‘sha paytdagi kommunist rahbari Todor Jivkov “Neft va kimyo sanoatimiz tayanchi” deya maqtangan edi.

Oradan oltmish yil o‘tib Bolgariyaning rejali iqtisodiyoti allaqachon yo‘q bo‘lib ketdi, ammo  tayanch deb atalgan kompaniya  neft mahsulotlarini qayta ishlashda davom etmoqda. Bu nafaqat Bolgariyadagi, balki butun Bolqon mintaqasidagi eng yirik energiya kompaniyasi.

Biroq, bir muhim jihat o‘zgarganini ta’kidlash lozim: Egalik masalasi. Burgasdagi neftni qayta ishlash zavodi endi Bolgariyagagina tegishli emas. Rossiyaning energetika giganti Lukoyl ham hozirda zavodga egalik qiladi.

Deyarli barcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, “Lukoyl Neftoxim Burgas” deb atalmish kompaniya so‘nggi 15 yil ichida Bolgariyadagi eng muvaffaqiyatli kompaniyaga aylandi. U 40 milliard yevrodan (45,7 milliard dollar) ko‘proq daromad keltirgan magnat bo‘ldi. Kompaniya Bolgariya bozorida hukmronlik qilmoqda. Mamlakatning monopoliyaga qarshi komissiyasiga ko‘ra, Bolgariya yo‘llarida deyarli barcha avtomobillar Burgasdagi neftni qayta ishlash zavodidan olingan yonilg‘ida yuradi.

Ammo, Rossiyaga tegishli neftni qayta ishlash zavodi muntazam ravishda Bolgariyada daromadlari emas, yo‘qotishlari haqida e’lon qilib keladi.

2006 - yildan beri kompaniya bir necha istisnolarni hisobga olmasa har yili moliyaviy yo‘qotishlar haqida hisobot beradi. 2020 - yilda bu miqdor 500 million levni (292 million dollar) tashkil etdi. Foydaning yo‘qligi haqidagi hisobot ayni damda Bolgariya davlat g‘aznasiga daromad solig‘i tushmasligini ham bildiradi.

“Bolgariya bozorida gigant bo‘lsangiz‑u, o‘n yil foydasiz ishlash... bu mumkinmi?" Yaqinda Milliy daromad agentligi rahbari Rumen Spetsov savol bilan yuzlandi.

So‘nggi oylarda moliya vaziri va soliq agentligi rahbari ekspertlar “transfer narxlari” deb nomlaydigan buxgalteriya hisobidagi mug‘ombirlik bilan bog‘liq bo‘lgan katta soliq bo‘shlig‘ini yopish choralarini ko‘rishga chaqirdi. Natijada hujjatlardagi daromad  Bolgariyadan Rossiyaga o‘tkazildi.

Lukoylning Bolgariyaga kelishi

Burgas neftni qayta ishlash zavodi tarixidagi hal qiluvchi palla 1999 - yilda hukumat Neftoxim-Burgasni xususiylashtirish uchun zavod kapitalining 58 foizini sotishni ma’qullagan paytga to‘g‘ri keladi. Tender ishtirokchisi Rossiya energetika konglomeratining sho‘’ba korxonasi bo‘lgan “Lukoyl Petrol” kompaniyasi edi, va o‘shanda kompaniya zavod aksiyalari uchun 101 million dollar to‘lagan.

Rossiyaning Gazpromdan keyin ikkinchi yirik energetika kompaniyasi bo‘lgan Lukoyl neft va gaz konlarini, neftni qayta ishlash zavodlarini boshqaradi va ularga egalik qiladi, o‘nlab mamlakatlarda energiya savdosi bilan shug‘ullanadi.

Xususiylashtirish vaqtlarida Bolgariya Bosh vaziri bo‘lgan Ivan Kostovning aytishicha, Burgas neftni qayta ishlash zavodini sotib olishga faqatgina Rossiya kompaniyalari qiziqish bildirgan.

Buning ajablanarli eri yo‘q, chunki Burgas Sovet davridagi texnologiya bilan jihozlangan va qayta ishlash uchun Rossiyadan import qilinadigan neftga qaram edi. Sofiya yangi xususiylashtirilgan zavodning oltin ulushini saqlab qolganiga ishonch hosil qildi va bu esa zavodning har qanday strategik qarorlarida ovoz berishni kafolatlardi. Ammo, oradan 20 yildan ko‘proq vaqt o‘tgani hisobga olinsa, hukumat Lukoyl  Bolgariyada qabul qilgan qarorlarda kamdan-kam hollarda o‘z ovozi bilan qatnashgani ko‘rinadi.

Lukoyl yillar davomida Burgas ustidan nazoratni kuchaytirdi, xususiylashtirish vaqtida xodimlarga berilgan ko‘pgina aktsiyalarni ham sotib oldi. Bugungi kunda Lukoyl Neftoxim Burgasning asosiy aksiyadori 89.97 foiz bilan “Litasco” va 9.88 foiz bilan “Lukoil Oil Company” hisoblanadi. (Qolgan 0,15 foizi 7700 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli.)

“Litasco” Lukoylning Shveysariyada ro‘yxatga olingan sho‘’ba korxonasi hisoblanadi. U xalqaro bozorda Lukoylning eksklyuziv xaridori va sotuvchisi sifatida qatnashadi.

Nol stavkadagi soliq?

Dominant bozor pozitsiyasi, yuqori talab, mustahkam daromad. Bularning barchasi har qanday biznes uchun moydek yoqimli ko‘rinadi. Lukoylning Bolgariyadagi faoliyati esa bularning barchasidan bahramand. Biroq Rossiya energetika konserni buxgalteriya hisobotida ko‘rsatilishicha, kompaniya Bolgariyada zararga ishlamoqda. O‘z navbatida bu hol Sofiyani tashvishga solgan, chunki bu Lukoyl hech qanday daromad solig‘i to‘lamasligini anglatadi.

2011 - yilda o‘sha paytda Bolgariya bojxona agentligi rahbari Vanyo Tanov neftni qayta ishlash zavodi “nol soliq to‘lovchi” ekanidan shikoyat qilgan edi. Tanovning aytishicha, bojxona agentligi Lukoyl Neftoxim Burgas Shveysariyada ro‘yxatdan o‘tgan “Litasco” sho‘’ba korxonasi tomonidan quritilgan yoki yo‘qligini tekshirmoqda.

"Bu kompaniya neft xomashyosi narxini ham, eksport qilinadigan miqdorni ham belgilaydi. Ehtimol, foyda bu firmada yig‘ilib, Lukoyl zarar ko‘ruvchi kompaniyadek ko‘rinayotgandir", deya ta’kidlagan edi Tanov o‘sha paytda Bolgariya OAVlariga bergan intervyusida.

Keyinchalik Tanov neftni qayta ishlash zavodiga qancha neft tushayotganini  nazorat qilishni yaxshilash maqsadida Burgas neftni qayta ishlash zavodiga ulangan quvurlarga hisoblagichlar o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlarga bosh-qosh bo‘lgan.

2011 - yilda Bojxona agentligi “mamlakatimizni oligarxiya boshqarayotgani haqida shubha uyg‘otgan” misli ko‘rilmagan bayonot bilan chiqqan edi.

"Bugun tunda xorijiy manfaatlarning og‘ir soyasi Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi yelkasiga tushdi", deya qayd etilgan Bojxona agentligi bayonotida.

"Sayyoradagi yagona zarar ko‘ruvchi neft kompaniyasi"

Oxirgi 15 yil ichida Burgas neftni qayta ishlash zavodi faqat uch yil foyda bilan chiqqan: 2007, 2016 va 2017 - yillarda. Qolgan  barcha yillarda Burgas faqat zarar ko‘rgan.

2016 - yilda Lukoylning Bolgariyadagi o‘sha paytdagi vakili Valentin Zlatev Bolgariya parlamenti Milliy assambleyasi qo‘mitasiga firmaning shubhali moliyaviy natijalari bo‘yicha xavotirlarni ko‘rib chiqish uchun chaqirilgan.

“Lukoyl Neftoxim Burgas” 78 million yevro ekvivalentda korporativ soliq to‘lagan, “lekin so‘nggi uch yil davomida (2013, 2014, 2015) kompaniya zarar ko‘rdi”, ta’kidlagan o‘shanda Zlatev.

Bolgariyaning ko‘plab siyosiy elitasi, jumladan sobiq prezident Georgiy Parvanov va sobiq bosh vazir Boyko Borisov bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan Zlatev, “Afsuski, neft shu qadar qimmatlashib, hatto undan olinadigan yoqilg‘i neftdan arzonroq bo‘ladigan paytlar ham bo‘ladi”, degan edi.

2020 - yilda neftni qayta ishlash zavodining moliyaviy muammolari yana parlamentda muhokama qilindi.

Bolgariya sotsialistik partiyasidan deputat Rumen Gechev o‘sha paytda assambleyada “Lukoyl Neftoxim Burgas”ni – sayyoradagi foyda ko‘rmayotgan yagona neftni qayta ishlash zavodi”, deb atagan.

O‘sha paytdagi moliya vaziri Vladislav Goranov Milliy daromad agentligi neftni qayta ishlash zavodida ikki marta katta salbiy natijalar qayd etganini tushuntirib berdi. Bolgariya qonunchiligiga tayanib Goranov bu yo‘qotishlar besh yil ichida ushlab qolinishi yoki qoplanishi mumkinligini ta’kidladi.

Goranovning tushuntirishi, ayniqsa, o‘sha paytdagi muxolifat “Demokratik Bolgariya” koalitsiyasi a’zolari orasida shubha bilan qarshi olindi. Ular  mamlakat daromad agentligidan "Lukoyl Neftoxim Burgas" kompaniyasiga nisbatan o‘tkazilgan moliyaviy tekshiruvlarni e’lon qilishni talab qildi.

Sud Milliy daromad agentligiga ushbu tekshiruvlarni e’lon qilishni buyurdi. Jurnalistlarning  so‘rovlariga qaramay, shu kungacha agentlik talablarni bajarmagan.

Yo‘qotishlar haqidagi hisobot qanday tuzildi

Ekspertlar  “Lukoyl”ning Bolgariyadagi faoliyati mamlakat qonunchiligiga zid emasligini va uni buzmayotganini aytadi. Bu buxgalteriya hisobi yuritilishiga bog‘liq ko‘rinadi: transfert narxlari. Moliyaviy mug‘ombirlikdek ko‘rinadigan narsa xomashyoni yetkazib berishdan tortib to yakuniy mahsulot va uni sotishgacha bo‘lgan butun ishlab chiqarish jarayonini nazorat qiluvchi kompaniyalar tomonidan tez-tez qo‘llanadi. Bu Lukoylning Bolgariyadagi faoliyatini benuqson qilib ko‘rsatadi.

“Lukoyl” kompaniyasi neft xomashyosi ishlab chiqaradi, uni Burgasdagi neftni qayta ishlash zavodiga yetkazib beradi, keyin esa yonilg‘i sotadi”, deydi Sofiyadagi Demokratiyani o‘rganish markazi tahlilchisi Martin Vladimirov Ozodlik radiosining Bolgariya xizmatiga.

Demokratik Bolgariya hamraisi Xristo Ivanov 2020 - yilda Lukoyl transfer bahosi tufayli 500 million yevro soliq to‘lashdan qochgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Litasco” tranzaksiyalarning asosiy ishtirokchisi, deya tushuntiradi Vladimirov. U Rossiyaning Lukoyl kompaniyasidan  neft xomashyosi sotib olib, keyin Burgas neftni qayta ishlash zavodiga sotadi. Alohida ko‘ringan bu uchta kompaniya ortida Lukoyl turibdi. “Litasco” vositachi sifatida past narxda sotib olishga va yuqori narxda sotishga intiladi.

"Hammasi Shveysariyada ro‘yxatdan o‘tgan “Litasco”ga borib taqaladi, u yerda daromad solig‘i juda past va bu foyda soliqqa tortilmasligi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaga borishiga imkon beruvchi qonuniy variantlar mavjudligini anglatadi", deb tushuntirdi Vladimirov.

Davlat nazorati haqida nima deyish mumkin? 

Lukoylning Burgas neftni qayta ishlash zavodini nazorat qilgan yillar davomida Bolgariya hukumati ozchilik manfaatdor tomon qatorida kompaniyaning korporativ kengashidagi o‘rnini saqlab qoldi. O‘sha yillar Bolgariya siyosiy elitasi Lukoylning bolgar vakillari bilan yaxshi aloqalarga ega edi.

2011 - yilda 2009-2021 - yillarda Bolgariya bosh vaziri lavozimida ishlagan Borisov Lukoylning Bolgariyadagi sobiq vakili Valentin Zlatevga ishora qilib, “Zlatev mening do‘stim” degan edi. Lukoyl prezidenti Vagit Alekperov Bolgariyaga safar qilib, Bolgariyaning yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashgan chog‘ida unga deyarli qirollik oilasiga bo‘lganidek munosabatda bo‘lishgan.

Ozodlik radiosi Zlatevdan Bolgariya rasmiylari u bilan soliq masalasini ko‘targan-ko‘tarmaganligi haqida izoh so‘radi. U javob bermadi.

1999 - yilda neftni qayta ishlash zavodi xususiylashtirilganidan so‘ng boshqaruv kengashidan o‘rin olgan birinchi bolgar vakil Spas Garnevski Ozodlik bilan suhbatda “Lukoyl dastlab davlat byudjetiga eng katta soliq to‘lagan kompaniya edi, keyin esa ko‘p yillar davomida bu ko‘rsatkich pasayib ketdi”, deya ta’kidladi.

2013-2017 - yillarda neftni qayta ishlash zavodi direktorlar kengashida Bolgariya vakili sifatida ishlagan Rumen Ovcharov Lukoylning Bolgariyaga kiritgan katta sarmoyasi kompaniyaga ma’lum imtiyozlar keltirganini aytdi. Ovcharov Ozodlik bilan suhbatda “kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini chuqur o‘rganish imkoni bo‘lmaganini” ta’kidladi.

Bolgariyada siyosiy bosim kuchayib borayotgan bir paytda, Lukoyl 2021 - yilda transfer narxini belgilash bo‘yicha buxgalteriya amaliyotini to‘xtatishini yoki Milliy daromad agentligining 260 million yevro soliq to‘lashi kerakligi haqidagi xulosasi ustidan shikoyat qilishi haqida e’lon qildi.

Ammo, bu dargumon, chunki kompaniya o‘tmishda e’lon qilingan zarar haqidagi hisobotlardan yana foydalanishi mumkin.

Spetsov 2021 - yilning noyabrida uning agentligi Lukoylning Bolgariyadagi operatsiyalari ustidan keng ko‘lamli tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qildi.

Bolgariya moliya vaziri Arsen Vasilev Ozodlik bilan suhbatda “Lukoyl Neftoxim Burgas” kompaniyasi auditi hali yakunlanmaganini aytdi. U Bosh vazir Kiril Petkov va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar 2021 - yil dekabrida “Lukoyl”ning birinchi ijrochi vitse-prezidenti Vadim Vorobyov bilan uchrashganini qo‘shimcha qildi.

Demokratiyani o‘rganish markazi xodimi Vladimirov tekshiruvlarga qaramay, nimadir o‘zgarishiga ishonmaydi.

“Bu butun Rossiya kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan global sxema. Daromad esa doim Rossiyaga yo‘naltiriladi”,  dedi Vladimirov.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Фестиваль-конкурс любительских творческих коллективов объединит в Архангельске хореографию, цирк, театр и балет



Здоровье

10 полезных продуктов для сердца






Новости 24 часа

Фестивальный праздник «Музыка моего города» в Улан-Удэ включил в программу спектакль Театра кукол «Ульгэр»: Россия и Культура, Праздник и Дети



Game News

RPG Battle of Souls доступна в Google Play 2 стран



Москва

Отдых за едой. В фудмоллах Москвы связь заработала на высоких скоростях



News Every Day

Rory McIlroy masterclass secures dominant five-shot victory at Wells Fargo Championship



Авто

Завершена надвижка моста в Нагатинском затоне



Москва

Москомэкспертиза ввела ограничения на строительство квартир менее 28 кв. м



Анастасия Волочкова

Волочкова заявила, что суд обязал УК выплатить ей деньги за потоп в квартире



Москва

Секреты сохранения естественного сияния: рекомендации Мадины Байрамуковой



Стефанос Циципас

«Спартак» подарит Циципасу клубную футболку



Москва

В мире могут закрыть поставки из Китая. «Святой Ленин» на встрече В.В. Путина и Си Цзиньпина повышает качество жизни народам России, Китая, всего мира.



Бато Багдаев

Фестивальный праздник «Музыка моего города» в Улан-Удэ включил в программу спектакль Театра кукол «Ульгэр»: Россия и Культура, Праздник и Дети



Симферополь

Росавиация опровергла спрямление рейсов в обмен на полеты в Элисту



Москва

Россия, Культура, Дети: конкурс на новую эмблему обьявил Театр Ульгэр в Республике Бурятия



Москва

Столичный мэр реорганизовал управы в ТиНАО



Москва

Состоялась Байкальская театральная школа в Бурятии: Россия и Культура, Дети



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

В мире могут закрыть поставки из Китая. «Святой Ленин» на встрече В.В. Путина и Си Цзиньпина повышает качество жизни народам России, Китая, всего мира.

В Подмосковье проходит традиционный фестиваль паралимпийского спорта «Парафест»

Суд отправил под домашний арест до 14 июля завклиникой IQ Plastique

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» помогает Государственной Думе РФ оптимизировать налоговую сферу. «СВЯТОЙ кибер ЛЕНИН» удаляет налоги: перезагрузка.


Москва

Россия, Культура, Дети: конкурс на новую эмблему обьявил Театр Ульгэр в Республике Бурятия






Rss.plus

Состоялась Байкальская театральная школа в Бурятии: Россия и Культура, Дети

Россия, Культура, Дети: конкурс на новую эмблему обьявил Театр Ульгэр в Республике Бурятия

Армяне России поддерживают движение «Тавуш во имя Родины»

Фестивальный праздник «Музыка моего города» в Улан-Удэ включил в программу спектакль Театра кукол «Ульгэр»: Россия и Культура, Праздник и Дети

Moscow.media
Москва

Столичный мэр реорганизовал управы в ТиНАО



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Пианист

Пианист Мацуев: "Спартаку" нужно менять стратегию, чтобы бороться за чемпионство




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Гандболистки «Ставрополья» в Москве уступили хозяйкам паркета из «Луча»

ПОДГОТОВИТЬСЯ К ЛЕТНЕМУ СЕЗОНУ? ЛЕГКО! ВМЕСТЕ С ПЛАТФОРМОЙ FITSTARS НА УМНЫХ ТЕЛЕВИЗОРАХ LG

Стартовал финальный этап всероссийского футбольного турнира «Будущее зависит от тебя»


WTA

Соболенко вышла в полуфинал турнира WTA в Риме



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Несчастный случай

Несчастный случай произошел на судостроительном заводе Томской области



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России