Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

“Nima eksang, shuni o‘rasan”– tarmoqlar Tatyana Karimovaning shikoyatomuz posti haqida

“Nima eksang, shuni o‘rasan”– tarmoqlar Tatyana Karimovaning shikoyatomuz posti haqida

O‘zbekistonning sobiq birinchi xonimi Tatyana Karimova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qamoqdagi qizi Gulnora bilan uchrashuvga ruxsat berilmagani haqida yozdi. Bir hafta avval marhum Islom Karimovning to‘ng‘ich o‘g‘li Pyotr o‘gay onasi Tatyana Karimovani meros masalasida sudga bergan edi.

Ushbu ikki voqea sabab chorak asr davomida O‘zbekistonning eng qudratli shaxslaridan bo‘lgan, 2016-yildan buyon esa “marhum prezidentning bevasi” maqomiga qanoat qilib kelayotgan Tatyana Akbarovna tegrasidagi muhokamalar yana qizg‘in tus oldi.

“Nevaram Imonni 25 yoshni qarshi olgani bilan tabriklayman. Baxt, farog‘at, mehr-muhabbat tilayman. Lekin, afsuski, bugungi go‘zal kun quvonchi to‘kis emas... KIN-21 ayollar koloniyasidagi qizim Gulnorani ko‘rishga ruxsat berilmadi”, deya post qoldirdi Tatyana Akbarovna 17-iyun kuni Instagramdagi sahifasida.

Nega 2016-yildan buyon “marhum prezidentning bevasi” maqomiga qanoat qilib kelayotgan Tatyana Akbarovna qizi haqida post qo‘yib, qizi bilan uchrashishga ruxsat berilmaganidan shikoyat qildi?

Gulnora Karimova ishini yaqindan kuzatib kelayotgan Londondagi Central Asia Due Diligence tahlil markazi rahbari Alisher Ilhomovning aytishicha, buning ikki sababi bo‘lishi mumkin:

“Birinchidan, unda birdan onalik tuyg‘usi uyg‘onib, qizidan tashvishga tushib qolgan bo‘lishini istisno qilmagan bo‘lardim – biz Gulnora Karimova qay ahvoldaligini bilmaymiz, ehtimol onasi ham bilmas. Ikkinchi muhtamal sabab bu – pul: ma’lumki, o‘tgan yili Shveysariya Oliy sudi Gulnora Karimova advokatlarining apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirib, pullarni Gulnora Karimovaga qaytarish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Pul masalasi hozircha “osilib turibdi”, lekin Gulnora Karimovaga bu pullar borasida qandaydir signallar kerak bo‘lishi mumkin. Chunki pullar dastlab Takilantga o‘tkazilishi va u orqali boshqa hisoblarga tushirilishi ehtimoli yuqori. Aftidan, ana shu mavhumlik Karimovlar oilasida bezovtalik uyg‘otmoqda va ular pullarni tezroq qo‘lga kiritish yo‘lini izlashyapti. Bu ish osonlikcha hal bo‘lmaydi, albatta, chunki AQSH ham mazkur aktivlar bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atgan va masala hozircha yechimini topgani yo‘q. Shunga qaramay, Gulnora Karimova taraf, uning oilasi, bolalari pullarni olish uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishyapti.

Aynan shu mulohazalar ularni Gulnora Karimova bilan ko‘rishish, uchrashish, balki undan ko‘rsatma, hatto qandaydir ishonchnoma olish maqsadida O‘zbekiston hukumatiga bosim o‘tkazishga undayotganini istisno qilmagan bo‘lardim", - deydi Alisher Ilhomov.

“Nima eksang, shuni o‘rasan”

Ijtimoiy tarmoq faollari ushbu shikoyatomuz postga hamdardlik bilan emas, aksincha, “Nima eksang, shuni o‘rasan” qabilidagi g‘azabnok ayblovlar bilan munosabat bildirdi.

“Mansab, martaba, boylik bir marta beriladi. Va albatta sinov uchun. So‘ngra qiyomatda so‘roq qilinadi. Xalq mulki, xalq chekkan azoblar, xalq mulkidan qilingan maishat va isroflarning kichik jazosini hamma ko‘rib turibdi. Asosiy sinov qabrdan boshlanadi. Mardikorga aylangan yigitlar, umri gulday so‘lib, xorlangan xotin-qizlar, bir burda nonga zor muhtojlar, ishlab chiqarishni rivojlantirish o‘rniga osmonga sovrilgan pullar, keraksiz dacha va villalar uchun hali javob beriladi”, deb yozdi Toshkentdagi masjidning sobiq imomi Shermurod Tog‘ay.

“Shu oila keysi hech narsa bu dunyoda bir umrlik emasligi, hammasi omonatligi, sinov uchunligi va hamma ishni javobi borligini eslatib turadi menga”, deb yozdi iqtisodchi va jamoat faoli Barnogul Sanaqulova.

Sobiq birinchi xonimning arz-dodiga Azamat Toshtemirov “Boylar ham yig‘laydi” deb munosabat bildirgan bo‘lsa, Bilol Arslonov “O‘tdi davron, ketdi karvon” deya izoh qoldirdi.

“Hukumat tepasida xalqni adolatli boshqarganingizda suyukli qizingiz jinoyatchi bo‘lmas edi. Sizlar qurgan tuzum davrida vafot etib mahbuslarning oilalari qon yig‘lagan. Bu hali holva!” deya Karimov davrida aybsiz qamalganlar qismatini yodga oldi Muhammad Said.

Tatyana Akbarovna erining o‘limiga qadar mamlakat boshqaruvida sezilarli ta’sirga ega bo‘lgan, deb ishoniladi. WikiLeaks tomonidan sizdirilgan AQSH diplomatlarining maxfiy yozishmalarida Karimova xonim yuqori lavozimlar oldi-sotdisiga aralashgani qayd etilgan. Birinchi oilaning bekasi O‘zbekistonga xorijdan mahsulot keltirilishini ham nazorat qilgani aytiladi.

Bir paytlar otasining ehtimoliy merosxo‘ri sifatida ko‘rilgan 51 yoshli Gulnora Karimova esa davlat mol-mulkini o‘zlashtirish, soliq to‘lashdan bosh tortish va boshqa qator iqtisodiy-moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

O‘zbekiston bosh prokuraturasi prezident qizi tomonidan davlat va fuqarolarga keltirilgan zararni 1 trillion 270 milliard 200 million so‘m, 1 milliard 651,8 million AQSH dollari, 26,1 million yevro deb baholagan.

G.Karimova jazoni Zangiotadagi 21-sonli ayollar koloniyasida o‘tayotgani ma’lum. O‘zbekiston rasmiylari qamoqda unga nisbatan bosim o‘tkazilayotgani, huquqlari poymol etilayotgani haqidagi iddaolarni rad etgan.

O‘tgan hafta mamlakatning sobiq birinchi oilasi vakillari o‘zaro sudlashishi haqida ham xabar chiqdi.

26-iyun kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida Islom Karimovning birinchi nikohidan bo‘lgan farzandi Pyotr Karimovning Tatyana Akbarovnaga nisbatan da’vo ishi ko‘rib chiqiladi. Toshkent sudi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda da’vo predmeti vorislik huquqi nizosi ekani anglashiladi. Bu da’vo ham ijtimoiy tarmoqlarda tashvish bilan qarshilandi.

"Yangi voris chiqdi, bechora xalqim, so‘nggi to‘ningni olib chiqib ber!” deb xitob qildi Zuhra Mamadaliyeva.

“Qizlari talab tashlagandi O‘zbekistonni! Bitta nevarasi Kann festivali uchun etti yuz ming dollarlik taqinchoq taqdi. Endi o‘g‘li ham bor ekanmi?! Bular o‘g‘irlagan pullarini chet elga tashib, kayf qilib yuradi. Ularni tergov qilib so‘raydigan, o‘g‘irlangan xalq pulini joyiga qo‘ydiradigan birorta tashkilot bormi?!” deya savol qo‘ydi boshqa bir jamoat faoli.

Islom Karimovning birinchi rafiqasi Natalya Kuchma bilan turmushidan 1969-yilda Pyotr tug‘ilgan. Ammo prezidentning rasmiy tarjimai holida ushbu nikoh va uning birinchi farzandi nomi keltirilmagan.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, 54 yoshli Pyotr Karimov 1990-yillardan buyon Moskvada istiqomat qilib keladi.

Sobiq birinchi oilaning moddiy-moliyaviy ta’minoti ham jamoatchilik muhokamasidagi mavzular sirasiga kiradi. Bir necha yil avval sobiq diplomat Alisher Taksanov Karimov oilasiga davlat tarafidan qancha pul xarjlanayotgani ochiqlanishini talab qilib chiqqan edi.

Unga ko‘ra, davlat Karimovning bevasi yashayotgan Toshkentdagi kvartira, Qaynarsoydagi qarorgoh xarajatlarini oshig‘i bilan to‘lamoqda. Tibbiy xizmat, avtomobillar, haydovchilar hamda uy xizmatchilari maoshi ham g‘azna hisobidan qoplanayotir. Sobiq diplomat bu xarajatlarni “o‘zbek soliq to‘lovchilari zimmasiga yuklangan ortiqcha yuk” deb atagan.

2016-yilda hokimiyatga kelgan Shavkat Mirziyoyev avvaliga omma o‘ngida o‘zini Islom Karimovning shogirdi va u boshlagan ishlarning davomchisi sifatida taqdim etgan bo‘lsa-da, amalda uning siyosiy merosidan masofalanishga qaratilgan qator ishlarni amalga oshirgan. Jumladan, mamlakat qamoqxonalaridagi o‘nlab siyosiy mahkumlarni ozod qilgan, minglab odamlarni qora ro‘yxatlardan chiqargan.

Tatyana Karimovaning o‘zi haqida Mirziyoyev “Farg‘onalik kelinlar” bir vaqtlar vodiyni g‘orat qilgani" haqida gapirgandi.

Ammo tahlilchilarga ko‘ra, Mirziyoyev Karimovdan qolgan siyosiy tuzumni isloh qilgani yo‘q va hozirda prezidentlik muddatini uzaytirish harakatlari bilan Karimov umrbod hokimiyatda qolish uchun qo‘llagan usullarni qo‘llamoqda.

Ijtimoiy tarmoq faollari va oddiy o‘zbekistonliklar ko‘pincha Mirziyoyev qizlarining otasi administratsiyasi va hukumatda yuqori lavozimlarga tayinlanishi hamda kuyovlarining biznes manfaatlari bilan Gulnora Karimovaning boshiga tushganlar o‘rtasida parallel o‘tkazishadi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Фестиваль-конкурс любительских творческих коллективов объединит в Архангельске хореографию, цирк, театр и балет



Жизнь

Новая попытка азербайджанских вандалов исламизировать армянское культурное наследие в оккупированном Шуши






103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Патриотическую акцию «Синий платочек» провели в Нижнем Новгороде в день прибытия «Поезда Победы»

Армяне России поддерживают движение «Тавуш во имя Родины»

На северо-востоке Москвы реализуют 6 проектов благоустройства

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» правит миром, расшифровал «ДНК В.И.Ленина», отменяет налоги. И… отключает институты времени. Разгадка «научных теорий заговоров».


Москва

Дмитрий Бикбаев готовит премьеру театрального проекта, основанного на личных переживаниях






Rss.plus
Moscow.media
Москва

Собянин: Московскому метрополитену исполнилось 89 лет



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Баста

Племя Гунны: рэпер из США в меланхолии, наш Баста — в музлитературе




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Искусство продвинутого анализа в спортивном прогнозировании

Сергей Лёвкин: в Митине завершат возведение физкультурно-оздоровительного комплекса

Полезные приложения для поклонников спортивной ходьбы


Анна Калинская

Калинская проиграла Свитолиной и не смогла выйти в 1/8 финала турнира в Риме



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Game News

Gee that Lord of the Rings: Gollum game sucked didn't it, so how about a Gollum movie?



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России