Kuchli yomg‘ir tufayli Dubayni suv bosdi, ularni bulut ekish ishlari qo‘zg‘atgan bo‘lishi mumkin — Bloomberg
BAAda so‘nggi 75 yil ichida rekord darajada yog‘ingarchilik kuzatildi. Dubay bundan eng ko‘p zarar ko‘rdi — ko‘cha, uylar, savdo markazlari va aeroport suv ostida qoldi. Hodisani hukumat qurg‘oqchil iqlimda yomg‘ir chaqirish uchun foydalanadigan bulut ekish ishlari keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin, deb yozdi Bloomberg.