O‘zbekistonda Ramazon hayiti nishonlanmoqda (Video)
25 iyun kuni musulmonlar yashaydigan aksar mamlakatlarda “Iydul-Fitr” nishonlandi. O‘zbekistonda esa Ramazon hayiti qo‘shni Tojikiston va Turkmanistonda bo‘lgani kabi 26 iyun kuni nishonlanmoqda. Rossiya va Qozog‘istonda mehnat muhojirotida yurgan minglab o‘zbekistonliklar esa Hayit namozini 25 iyun kuni ado etdilar.