Roskomnadzor Telegram tarmog‘ini blok qilishi mumkinligidan ogohlantirdi
Roskomnadzor Telegram rahbariyatidan messenjerni axborot tarqatuvchi vosita sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilmoqda. Aks holda, hukumat Rossiya hududida bu tarmoqni blok qilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda, bu ijtimoiy tarmoq, foydalanuvchilarga oid personal ma’lumotlarni maxfiy xizmatlarga topshirish majburiyatini oladi.