Mirziyoev: Bundan buyon kadr tanlashda qarindoshlari sudlanganiga e’tibor berilmaydi
“20 yil davomida shunaqa tizim yaratdikki, yaxshi-yaxshi kadrlarni “otasi qamalgan”, “akasi qamalgan”, degan vajlar bilan boshqaruvga yaqin yo‘latmadik. Barcha o‘zi uchun javob bersin. Ota o‘zi uchun, bola o‘zi uchun, aka o‘zi uchun. Endi vatanparvar bo‘lsa, tashabbuskor bo‘lsa, boshqaruvga jalb qilamiz”, - deb bayonot berdi Prezident Mirziyoev 12 iyulda o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida.