“O‘zbekkonsert” xonandalarga litsenziya olishni qiyinlashtirdi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi (avvalgi "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi) qoshida badiiy kengash tuzilgan. Endilikda litsenziya olmoqchi bo‘lgan ijodkorlar taniqli klipmeyker, rejisser, shoir, sayqalchi va bastakorlardan iborat kengashga jonli ijroda kuylab berishlari kerak bo‘ladi. “O‘zbekkonsert” qoshida tashkil etilgan ijodiy kengashning ilk yig‘ilishida 32 nafar litsenziatning qo‘shiqlari kengash a’zolari oldida jonli ravishda tinglangan.