O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan O‘sh orqali Xitoyga yo‘l ochmoqchi
Prezident Mirziyoev Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekistonni Qirg‘iziston orqali Xitoy bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘li qurish to‘g‘risida prezident Atambaev bilan kelishib olgani to‘g‘risida bayonot berdi. Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘lini qurish yuzasidan hozircha hech qanday hujjat imzolangani yo‘q.