Samarqandda 2 qavatli uyda gaz portladi, 6 kishi nobud bo‘ldi
Samarqandning Pastdarg‘om tumanidagi ikki qavatli xususiy uylardan birida 11 fevral tongi soat 6ga yaqin portlash bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) bergan xabarga ko‘ra, gaz bilan to‘lgan havo qorishmasida chaqnash tufayli portlash yuz bergan va uyning ikkinchi qavati qulagan. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor, ammo ularning soni oshkor qilinmadi.