Do‘stlik daraxtining bog‘bonlari bor
Tojik va o‘zbek xalqlari do‘stligi bundan keyin, yanada mustahkamlanishiga shak-shubha yo‘q. Do‘stlik daraxti shunchalar baquvvatki, u davr bo‘ronlarini, nogahon berilgan zarbalarni nazar-pisand qilmadi, to‘siqlarni mardonavor yengib, qomatini rostlab, gurkirab o‘saverdi, ko‘kka tomon bo‘y cho‘zaverdi.