Zokir Aliev: Meni shartli qo‘yib yuborishdi, tergov hali tugamagan...
Qashqadaryo viloyatida 16 iyun kuni terrorizmda ayblanib hibsga olingan va olti kun o‘tib ozodlikka chiqqan AQSh fuqarosi Zokir Aliev Ozodlik bilan suhbatda xalqaro terrorchi guruhlar safida bo‘lmagani, Afg‘onistonga ham bormaganini aytdi. Alievga ko‘ra, 22 iyun kuni hech qaerga chiqamaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan va uning ustidan tergov hali tugamagan.