“Fleshkasidan Xayrulla Hamidov va’zlari chiqqani uchun qamalgan ukam avf etilmayapti”
Rossiyadan OzodMikrofonga murojaat qilgan, Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashaydigan Mirshod Razzoqovning arz qilishicha, 2016 yilda to‘qima diniy ayblar bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan 25 yashar ukasi Dilshod Razzoqovning avf etish haqidagi arizalari u jazoni o‘tab turgan Zangiota tumanidagi 64/65 jazoni o‘tash muassasasi rahbariyati tomonidan tashqariga chiqarilmayapti. “Ukam hatto namozxon ham emas, lekin unga qiynoqlar ishlatib va unga nisbatan 244 moddani qo‘llab, tuhmat ayblar bilan 7 yilga kesib yuborishgan edi. Читать дальше...