Bosh vazir hokimlarni gapirtirayotgan jurnalistni haqorat qildi, jonli ko‘rsatuvlarini taqiqladi
Bosh vazir Abdulla Aripov Xalqaro press klub markazi rahbari Sherzod Qudratxo‘jaev olib borayotgan, ijtimoiy muammolar yoritilayotgan jonli ko‘rsatuvlarini tanqid ostiga olib, uni “haddidan oshib ketganlikda” aybladi. Jurnalist olib borayotgan jonli muloqotlar taqiqlandi. Bu holatni jurnalistlar 25 yillik uyqudan keyin endi uyg‘onayotgan o‘zbek jurnalistikasini yana bo‘g‘ishga harakat sifatida baholashmoqda.