Toshkentdagi yana bir bog‘ “xorijiy investor”ga berildi¸ tadbirkorlar norozi
Toshkentliklar orasida mashhur Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i shahar hokimi qarori bilan xorijlik deb aytilaëtgan investorga 49 yilga ijaraga berildi. Toshkentdagi yana bir so‘lim va gavjum bog‘ning mahalliy tadbirkorlardan tortib olinib¸ shaffof bo‘lmagan tarzda yangi investorga berilishi ortidan ishsiz qolayotgan 40 dan oshiq tadbirkor va ularning ishchilari Ozodlik orqali prezident Mirziyoevga murojaat qilib¸ bu jarayonni to‘xtatishni so‘radi.