Behzod Ahmedov: Gulnoraning eng katta xatosi meni Interpolga berish bo‘ldi!
Stokholm mahkamasi jamoatchilik uchun ochiq hujjatlar sirasiga kiritgan tergov materiallarining Ozodlik tanishgan ikkinchi hujjati 2015 yili Shveysariya prokurorlarining Gulnora Karimovaning eng yaqin biznes sherigi Behzod Ahmedov bilan o‘tkazgan so‘rog‘idir. Moskvada to‘rt kun davomida to‘rt nafar tergovchi tomonidan o‘tkazilgan bu so‘roq-javobda Behzod Ahmedov¸ Gulnora Karimovaning o‘zidan 2008 yili 50 million¸ 2012 yilga kelib esa¸ 150 million dollar talab qilganini aytadi.