Toshkent aeroportida ushlangan yozuvchi Nurullo Otaxonov qo‘yib yuborildi
Turkiyadan qaytgach, 27 sentabr kuni Toshkent aeroportida ushlangan va Toshturmaga tashlangan yozuvchi Nurullo Otaxonov qo‘yib yuborildi. O‘g‘li Fayzullaning xabar qilishicha, yozuvchini "Yashnobod tuman IIB boshlig‘i xizmat mashinasida uyiga olib borib qo‘ygan". Ayni paytda yozuvchiga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari haqida biror ma’lumot berilmagan.