Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Toshkent paxta boykotini bekor qilish uchun chet eldagi shirkatga yarim million dollar to‘ladi

Toshkent paxta boykotini bekor qilish uchun chet eldagi shirkatga yarim million  dollar to‘ladi

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi Cotton Campaign koalitsiyasining o‘zbek paxtasidan qilingan mahsulotlar boykotini to‘xtatish uchun maxsus PR (public relations) kompaniyasi yolladi.

Vazirlik Vashingtondagi “Ksenofon strategiyalari” (Xenophon Strategies) shirkati bilan 2020 yil 14 aprel kuni tuzilgan shartnomaning Ozodlik ixtiyoridagi nusxasiga ko‘ra¸tomonlar bu ish uchun Amerika shirkatiga 585 ming AQSh dollar to‘lashga kelishgan.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi direktori Ulug‘bek Murodov va “Ksenofon strategiyalari” vakili David Fiskus (David Fiscus ) imzolagan shartnomaga ko‘ra¸ piar shirkati Cotton Campaign boycott aksiyasini bekor qilishga qaratilgan “axborot ko‘mak xizmatlarini” amalga oshiradi.

Ozodlikdagi hujjatlarga ko‘ra¸ pulning kattagina qismi allaqachon to‘langan.

O‘zbekiston o‘z imijini yaxshilash uchun lobbichi kompaniyaga pul to‘lagani haqidagi xabar shu oy boshida Foreign Lobby Report nashri tomonidan chop etildi.

Bu nashr¸ avtoritar davlatlarning jamoatchilik fikriga ta’sir qilish urinishlarini fosh etishga qaratilgan tadqiqotlarga ixtisoslashgan

Unda yozilishicha¸ O‘zbekiston bu piar shirkati uchun ilk xorijiy mijoz davlatdir.

Ozodlikda nusxasi bo‘lgan ish rejasiga ko‘ra¸ piar shirkati bir yil mobaynida O‘zbekiston hukumati so‘rovi bilan birinchi bosqichda strategik reja tuzish¸ ikkinchi bosqichda tahliliy maqolalar tayyorlab¸ ularni maxsus ochilgan veb sahifada chop qilish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek O‘zbekiston paxtachiligida majburiy mehnatga barham berilganini tasdiqlovchi foto va videohisobotlarni ijtimoiy tarmoqlarga muntazam joylashtirish¸ belgilangan auditoriyani qamrab olib ijtimoiy fikrni shakllantirish ham ikkinchi bosqichga kiritilgan. AQShdagi shirkat ko‘rsatishi lozim xizmatlarning uchinchi etapi¸ nufuzli xalqaro matbuotda ayni muammo yechimiga oid qator maqolalarni chop qilishni o‘z ichiga oladi.

Berlinda joylashgan O‘zbekiston inson huquqlari forumi o‘zbek paxta mahsulotini boykot qilish kampaniyasining (Cotton Campaign boycott) asosiy ishtirokchilaridan biridir.

Tashkilot vakili Lin Shvaysfurt (Lynn Schweisfurth) ning Ozodlikka bildirishicha¸ “Ksenofon” tashkiloti bu xizmatlarni ko‘rsatishda Germaniyada joylashgan “Kometis” (Cometis) bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Shvaysfurtga ko‘ra¸ joriy yilning 10 may kuni “Ksenofon strategiyalari” piar shirkati “Kometis”ga hamkorlik doirasida 6000 dollar haq to‘lagan.

Ozodlik muxbiri O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mulozimlariga “byudjet mablag‘ining paxta boykotini to‘xtatish uchun sarflangani borasida”gi savollar bilan murojaat qildi.

Mulozimlar bu savolga agentlik mulozimi Murod Rahimov javob berishni bildirdi. Rahimov esa¸ Ozodlik savolini eshitib¸unga "hozir javob bera olmasligi"ni aytib¸ suhbatni uzib qo‘ydi.

Kun tartibida bir milliard dollar masalasi

Paxta O‘zbekistonning daromad keltiradigan asosiy qishloq xo‘jaligi ekini bo‘lib, mamlakatga yiliga 1 milliard dollardan ortiq daromad keltiradi. Sovet davridan beri mamlakatda paxta mavsumida ommaviy safarbarlik tizimi davom etib keladi. Bu safarbarlik Mirziyoyev iqtidorga kelgan 2016 yildan beri sezilarli darajada kamaygan bo‘lishiga qaramasdan¸mustaqil kuzauvchilarga ko‘ra¸ u hanuz dunyodagi eng katta mavsumiy mehnat safarbarligi bo‘lib qolmoqda.

So‘nggi bir yil ichida xalqaro tashkilotlar orasida boykotni to‘xtatish yoki to‘xtatmaslikka oid munozaralar avj oldi. Mirziyoyev 2018 yilda majburiy mehnatga barham berish to‘g‘risida qaror qabul qilgani ortidan 2019 yilda AQSh Mehnat vazirligi “O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalarning majburiy mehnatidan foydalanish alohida holatlarga nisbatan sezilarli darajada kamaydi”, degan qarorga keldi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Cotton Campaign koalitsiyasiga joriy yil aprel oyida ochiq maktub yozib¸ COVID-19 inqirozi davrida boykotning bekor qilinishi to‘qimachilik sanoatida band bo‘lgan 200 ming ishchi uchun favqullodda muhimligini aytgan. Vazir o‘z maktubida bu 200 ming kishi oladigan oylikdan bir million odamning yeb- ichishini alohida ta’kidlagan.

Cotton Campaign koalitsiyasiga qo‘shilgan O‘zbekiston inson huquqlari forumi faoli Lin Shvaysfurt¸ “xalqaro maydondagi o‘zbek paxtasi boykotini to‘xtatish uchun bunday gaplar asos bo‘la olmaysligi"ni aytadi.

- Bu taxlit piar shirkatlar harakati ortidan paxta boykoti bekor qilinmaydi. Boykotni bekor qilish haqidagi qaror mustaqil monitoring natijalari asosidagina qabul qilinishi mumkin. O‘zbekiston hukumati byudjet puliga piar shirkat yollagandan ko‘ra¸ o‘z kuch-g‘ayratini majburiy mehnatni bekor qilishga sarflasa bo‘lardi. Biz ko‘rayotgan holatda esa¸ hukumat go‘ë “majburiy mehnat safarbarligi bartaraf qilindi” degan yolg‘onni sahnalashtirmoqda. Bunday imitatsiyadan naf yo‘q.

Toshkent hukumati G‘arb shirkatlari e’lon qilgan paxta boykotini bekor qilish uchun nima qilish kerak?

Bu savolga javob bergan Lin Shvaysfurt qisqa qilib¸ paxtachilikdagi ulkan korrupsiya va majburiy mehnatni amalda to‘xtatish kerak dedi:

- O‘zbek paxtasini boykot qilgan 305 xalqaro shirkat o‘z qarorini O‘zbekistonda majburiy mehnat va paxta yetishtirish sektoridagi korrupsiya batamom tugatilganidan keyin o‘zgartirishi mumkin. Bu xulosa 2019 yilgi paxta mavsumidagi monitoring natijasiga asoslangan va o‘tgan yil iyun oyida O‘zbekiston hukumatiga taqdim qilingan paxta yetishtirish islohoti bo‘yicha yo‘l-yo‘riq aks etgan "Yo‘l xaritasi"da aks etgan. Unda fermer va ishchilar huquqi ta’minlanishi¸ monitoring o‘tkazilishi va shikoyat qilishga to‘sqinlik qilinmaslik zarurati ta’kidlangan. Shuningdek xalqaro standarlar va ilg‘or tajriba asosida paxta sohasidagi korrupsiyaga barham berilishi kerak. Shu bilan birga nodavlat uyushmalar tuzishga to‘sqinlik ham tugatilishi lozim. Soha shaffofligi ta’minlanib¸ barcha pog‘onadagi moliyaviy jarayonlar yuzasidan hisob berilishi kerak. O‘z navbatida bu sohaga sarmoya yotqiizish uchun yaxshi sharoit yaratilishi lozim.

2012 yildan bolalar va kattalarning majburiy mehnatiga qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchi qator xalqaro tashkilotlari tashabbusi bilan o‘zbek paxtasini boykot qilish harakati boshlangan edi.

2013 yil 15 oktabriga qadar “O‘zbek paxtasidagi bolalar va majburiy mehnatga qarshi shirkat ahdi” deb nomlangan deklaratsiyaga qo‘shilgan tijoriy shirkatlar soni 136 taga yetgan edi.

O‘zbek paxtasini yetishtirish va terishdagi majburiy mehnatga barham berilmaguncha¸ uni sotib olishdan voz kechganini e’lon qilgan bu 136 shirkatning bozordagi umumiy qimmati esa 1.024 trillion AQSh dollariga teng deb baholangan edi.

Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgandan so‘ng bu boykotni bekor qilish hukumatning ustivor vazifalaridan biriga aylandi.

Shu maqsadda Toshkent namoyandalari Cotton Campaign koalitsiyasi vakillari bilan qator muzokaralar o‘tkazdi¸ ammo hozircha bu boykotning to‘liq bekor qilinishiga muvaffaq bo‘lmadi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Уборка «Воды России» на краю земли



VIP

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»






Новости 24 часа

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».



Game News

Elden Ring's lovable living pots are pure body horror in Shadow of the Erdtree



Москва

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков



News Every Day

A Deep Dive into Realistic Doll Manufacturers



Авто

Дайджест новостей «Грузовичкоф» за май



Москва

Житель Подмосковья ранил в перестрелке воронежского полицейского



Андрей Макаревич

Осужденный за срыв концерта Макаревича* служит на СВО с позывным «Макаревич»



Москва

Житель Подмосковья ранил в перестрелке воронежского полицейского



Ролан Гаррос

Мирра Андреева впервые вышла в четвертьфинал турнира Большого шлема



Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



Арцах

Дело об избиении в Московской области азербайджанцем молотком участника СВО расследуют повторно



Симферополь

В районе Симферополя появится крупный жилой микрорайон - ЖК "Республика"



Москва

Более 40 тысяч семей в Москве и области получают ежемесячные выплаты из средств материнского капитала



Москва

Сергей Собянин. Главное за день



Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Актер Алексей Панин заявил, что не вернется в Россию из-за соотечественников

Проект высокоскоростной железнодорожной магистрали с точкой остановки в Воронеже показали на ПМЭФ


Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде






Rss.plus

Почта России помогла детям-подопечным благотворительных фондов встретиться с футболистами ЦСКА

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».

Moscow.media
Москва

Собянин одобрил три проекта по программе создания мест приложения труда



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Алла Пугачёва

Внук Аллы Пугачевой хочет сдать бывшую дачу певицы за 200 тысяч рублей в месяц




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

«23 and Friends»: в Москве состоялся спортивно-музыкальный фестиваль Аш 23

Спортсмены из Росгвардии стали призерами соревнований по велоспорту в Москве

Спортсменка Росгвардии установила рекорд в командном спринте на «Гран-при Санкт-Петербурга»


Большой шлем

17-летний россиянин Даниил Саркисян разгромил Форбса из США на юниорском «Ролан Гаррос»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Правила оплаты проезда напомнили в «Мострансавто»



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России