Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Ekspert: "Putin YeOII davlatlarini ham chuqurga tortmoqda”

Ekspert:

Ukrainaga tajovuzi sabab Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar yanvarь voqealaridan so‘ng qiyinchilik bilan o‘ziga kelayotgan Qozog‘iston va umuman, Markaziy Osiyodagi YeOII davlatlariga qanday ta’sir qiladi? Mintaqa mamlakatlarining Ukrainadagi urushga munosabatini qanday tushunish mumkin? Nega ular Kremlni ochiq dastaklamadi?

Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchi, jurnalist hamda Venetsiyadagi Ka-Foskari universiteti ilmiy xodimi Paolo Sorbello Ozodlikning qozoq xizmati bilan suhbatda ana shu savollarga javob berdi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar: Qozog‘iston uchun qanday chora bor?

Ozodlik: G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgani ortidan rubl qadri tushib ketdi va bu qozoq tangasiga ham ta’sir qilmoqda. Qrim anneksiya qilingandan keyin ham rubl qadrsizlangan, o‘shanda Qozog‘iston Milliy banki kursni ushlab turishga 28 milliard dollar sarf qilgandi. Ekspertlar fikricha, hukumat prezident saylovini deb kursni tutib turgan va 2015-yil aprelda saylov o‘tgach, avgustdan tanga kursini erkin qo‘ygan. Hozir Qozog‘istonda muddatidan oldin parlament saylovi o‘tkazilishi ehtimoli bor. Qolaversa, yanvar voqealari mamlakatda norozilik kayfiyati yuqoriligini ko‘rsatdi. Ayni sharoitda ayirboshlash kursi sun’iy ushlab turilgan 2014-yil ssenariysi takrorlanishi mumkinmi?

Paolo Sorbello: 2014-yil o‘zgacha yil bo‘lgandi. Hozirgi vaziyat 2014-yilgi vaziyat bilan bir xil deb o‘ylamayman. Bu safar G‘arb juda qattiq sanksiyalar joriy etmoqda. Rubl yaxshigina zarba edi, unga qo‘shilib butun Rossiya iqtisodiyoti jabr ko‘radi. Aftidan, Putin butun diqqat-e’tibori urushga qaratilgani uchun muammoni to‘la-to‘kis idrok etolmayapti. Bu sanksiyalarning oqibatlari Rossiya uchun juda og‘ir bo‘ladi va Qozog‘istonga ham ta’sir etadi, ta’sir etyapti ham. Tanganing volatilligi oshdi. Urush cho‘zilib ketgudek bo‘lsa, vaziyat yanada og‘irlashadi.

Ozodlik: Milliy bank kursni sun’iy ushlab turganida Qozog‘istonni Rossiya mollari bosib ketgandi. Bu ssenariy takrorlanmasmikan?

Paolo Sorbello: Eng katta xavf shuki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining eng katta va eng nufuzli a’zosi o‘zi boshlagan urushni deb qolgan barcha a’zolarni cho‘ktirmoqda. YeOIIga a’zo davlatlarning liderlari ochiq aytishlari kerak: “Janob Putin, urushni to‘xtating, sizni Belarusdan o‘zga hech kim dastaklamaydi. Biz zarar ko‘ryapmiz, siz bizni tubga tortyapsiz”.

Ochig‘i, shunaqa bo‘lishini istisno qilmayman. Chunki transport va savdo aloqalari uzviyligi, valyutalari bir-biriga bog‘langani sababli urushdan butun YeOII zonasi talafot ko‘radi.

Ozodlik: Iqtisodchilar bashoratiga ko‘ra, Putinning tajovuzkorligi uchun Rossiya katta tovon to‘laydi: rubl kuchsizlanishidan tashqari, yuqori inflyatsiya kuzatiladi va mamlakat turg‘unlik davriga kiradi. Bu Qozog‘iston iqtisodiyotiga qanday ta’sir etishi mumkin? Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yilgi iqtisodiy o‘sish 3,9-4,2 foizni tashkil qilar ekan.

Paolo Sorbello: G‘alati statistika, chunki bu faqat o‘tgan yilga nisbatan o‘sishni aks ettiradi. Ma’lumki, pandemiyaning dastlabki ikki yili Qozog‘iston uchun chindan ham juda og‘ir bo‘ldi. Hozirgi o‘ta murakkab sharoitda Qozog‘istonning najot yo‘llaridan biri – savdo-iqtisodiy hamkorlar sonini ko‘paytirish. Idealda Qozog‘iston siyosiy va geosiyosiy o‘yinlardan masofalanib, Rossiyadagi inqiroz tufayli yuzaga kelgan vaziyatni o‘nglash uchun savdo-iqtisodiy hamkorlarini ko‘paytirishi lozim.

Ozodlik: G‘arb mamlakatlari texnologik mahsulotlarning Rossiyaga eksport qilinishini keskin cheklab qo‘ymoqda. Bu mudofaa, aerokosmik va kemasozlik sanoatlariga zarba beradi. Rossiya taqiqlangan tovarlarni Qozog‘iston orqali import qilishga urinishi mumkinmi va buning oqibatlari qanday bo‘ladi?

Paolo Sorbello: Shunaqa ehtimol bor. G‘arb shirkati Qozog‘istonga sotgan texnologik mahsulot Rossiyaga kelib tushsa, sotuvchi shirkat baloga qoladi. U javobgarlikka tortiladi va Yevropa qonunlari bo‘yicha jazolanadi. Bitta shunaqa holat o‘rtaga chiqsa, Qozog‘iston bilan savdo aloqalarini uzishadi. Yevropa buni hisobga olgan bo‘lsa kerak, erta-indin shartnomalarga sotilgan texnologiyalar Rossiya qo‘liga tushmasligini istisno etuvchi kafolatlar kiritishni talab qiluvchi qoidalar amalga kiritilsa ajab emas.

Ukraina ssenariysi Qozog‘istonda takrorlanishi mumkinmi?

Ozodlik: O‘tgan haftada BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida aksar mamlakatlar Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralab, Moskvadan harbiy harakatlarni to‘xtatishni va qo‘shinlarni olib chiqib ketishni talab qildi. BMTning Rossiya agressiyasi qoralangan rezolyutsiyasi ovozga qo‘yilganida Qozog‘iston betaraflik saqladi. Bunaqa pozitsiya nimani anglatadi? Qozog‘iston Rossiyani qo‘llab-quvvatlaydi, deganimi?

Paolo Sorbello: Betaraflik, nazarimda, qoralashga o‘xshaydi. Qozog‘istonning Rossiya bilan aloqalari juda qalin, ko‘p hollarda u BMT Bosh Assambleyasida Rossiyaning yonini oladi. Ammo bu gal mamlakat, keskin va ro‘y-rost bo‘lmasa ham, Rossiyani dastaklamasligini ko‘rsatdi.

Ozodlik: Olti kunlik sukutdan so‘ng Toqayevdan sado chiqdi va u Ukrainadagi inqirozni muzokaralar yo‘li bilan bartaraf etish lozimligini, Qozog‘iston bu jarayonda vositachilik qilishga tayyorligini aytdi. Shu bilan birga, u “Minsk bitimlari qog‘ozda qolib ketdi va bu Ukraina hududida harbiy harakatlar boshlanishiga olib keldi”, dedi. Mazkur bayonot nimani bildiradi?

Paolo Sorbello: Toqayevning pozitsiyasi – diplomatik pozitsiya. U Rossiya tajovuziga ochiqcha qarshi chiqishni istamaydi, ammo bu urushni yoqlamasligi ham ayon. Ayni holatda ushbu bayonot urushga qarshi chiqayotgan qozog‘istonliklar fikrini ifodalaydi. U dunyodagi boshqa istalgan lider kabi diplomatiyaga chaqirmoqda.

Ozodlik: Kreml prezident Vladimir Putinning Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqotiga doir xabarnomasida, Japarov Rossiya tomonining xatti-harakatlarini ma’qullashini bildirganini ma’lum qildi. Biroq Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati bu iddaoni rad etdi. Ayni holat Putinning o‘zbek hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatidan keyin ham ro‘y berdi. Kreml bayonotiga ko‘ra, Mirziyoyev “Rossiyaning xatti-harakatlariga tushunish bilan yondashishini bildirgan”. Aftidan, Rossiya Markaziy Osiyodagi ittifoqchilari u bilan hamfikrligini ko‘rsatishni juda xohlayapti. Nega?

Paolo Sorbello: Ularning siyosiy dastak so‘raydigan boshqa hech kimi yo‘q, dunyoda hech kim bosqinni oqlamayapti. Yuz berayotgan voqealarga qarshi emasligini ochiq-oydin e’tirof qilgan yagona mamlakat bu Belarus, u ham xalqaro maydonda tosh bosmaydigan o‘yinchi. Hatto Xitoy ham neytral va ehtiyotkorona pozitsiyani tutdi. Kimdir Rossiyaning xatti-harakatlarini dastaklashini rostdan ham bildirmoqchi bo‘lganida Lukashenko qilgan ishni qilgan bo‘lardi. Qozog‘iston yoki Qirg‘iziston rahbariyati Ukraina qo‘shin jo‘natishga jur’at etadi, deb o‘ylamayman, zero bu ular uchun siyosiy suitsid bilan barobar, ayniqsa yanvar voqealarini boshidan kechirgan Qozog‘iston uchun. O‘zga bir mamlakatni bosib olishida Rossiyaga yordam beramiz deb harbiylarning ko‘zi uchib turmagandir – nazarimda, Markaziy Osiyo aholisining aksariyati buni okkupatsiya deb hisoblaydi. Shuningdek, Rossiyaning go‘yo Ukraina mustaqil mamlakat bo‘la olmasligi haqidagi iddaosiga Markaziy Osiyo davlatlari bajonidil qo‘shilishiga ham ko‘zim yetmaydi, chunki, bunday qilishsa, o‘zlarining suvereniteti shubha ostida qoladi.

Ozodlik: 2008-yili, Rossiya Gruziyaga bostirib kirganida ko‘pchilik “Putin Ukrainaga da’vo qilishi mumkin, lekin, katta ehtimol bilan, maqsadiga yetolmaydi”, deb o‘ylagan edi. Ya’ni, Ukrainada harbiy kampaniya boshlashi mumkinligi aqlga sig‘magan. Ammo, mana, bugun ko‘rib turibmiz nimalar bo‘layotganini. Surkov Rossiya muqarrar kengayajagi haqida yozyapti. Xo‘sh, Rossiya Qozog‘iston hisobiga ham kengayishi mumkinmi?

Paolo Sorbello: Menimcha, bu yerda biz nazardan qochirayotgan bir xavf bor – Rossiya rejimining butkul tanazzulga uchrashi. Chunki biryo‘la uch mamlakat bilan, uchta frontda urushishga Rossiyaning moddiy jihatdan qurbi yetmaydi. Rossiya Qozog‘istonga tomon kengayishga intilishi ehtimoli juda past, deb o‘ylayman. Ammo bunga ishonchim komil emas, chunki men ham Ukrainaga qarshi harbiy tajovuz bo‘lmaydi, deb adashganlardan biriman. Rossiya Qozog‘istonga bostirib kirishi ehtimoli kam deyishim sababi shundaki, Putin rejimi Qozog‘istonning ittifoqchilik rolidan mamnunga o‘xshaydi. KXShT missiyasi, oldindan kelishilganidek, 14 kundan ortiq davom etmadi, qo‘shinlar olib chiqib ketildi. Bu bilan ikki mamlakat, ya’ni ittifoqchilar bir-birining suverenitetini hurmat qilishini namoyish etgandek bo‘ldi.

Ozodlik: Qozog‘istonda Ukraina ssenariysi takrorlanishi mahol, dedingiz. Agar shart-sharoit o‘zgarsa-chi? Deylik, unchalik rossiyaparast bo‘lmagan prezident iqtidorga kelsa?..

Paolo Sorbello: Bashorat qilish qiyin. Tayinki, yanvarda KXShT qo‘shinlarining kiritilishi Putin Toqayevni ochiqcha dastaklashini bildiruvchi mujda edi. Toqayev yaqin yillarda hokimiyatdan mahrum bo‘lishini men tasavvur qila olmayman. Ko‘ramiz, qani, Ukrainadagi voqealar rivoji qanaqa bo‘larkin. Hammasi Rossiyaning Ukraina inqirozidan qay ahvolda chiqishiga bog‘liq, shaxsan men uning avvalgidan kuchli bo‘lib chiqishiga ishonmayman. U zaiflashadi. Kuchsizroq Rossiya Qozog‘iston rahbariyati uchun foydaliroq bo‘lsa kerak, chunki bu holatda Qozog‘iston Rossiyaga kamroq tobe bo‘ladi.

Ozodlik: “Rossiya zaiflashadi” degan gapni qanday tushunish kerak?

Paolo Sorbello: Rossiya yutqazadi, harbiy ma’noda yutqazishi shart emas, u siyosiy va iqtisodiy jihatdan mag‘lubiyatga uchraydi. Agar u siyosiy va iqtisodiy ma’noda mag‘lub bo‘lsa, Rossiya kelajakda Qozog‘iston, Gruziya, Belarus haqida nima deyishidan qat’i nazar uning pozitsiyasi ishonchli chiqmaydi.

Rossiya Ukrainadagi urushni ancha kuchli siyosiy pozitsiyada boshlagan edi. Loaqal, bir yarim oygina muqaddam Qozog‘istonga tinchlikparvar kuchlarni yo‘llaganini eslaylik. Shundan so‘ng u Ukrainada vaziyatni keskinlashtirdi, bostirib kirdi va G‘arbning butun dastak va yordamidan mahrum bo‘ldi. Men aniq bilamanki, urush yana bir necha oyga cho‘zilib, Rossiya butun Ukrainani zabt etgan taqdirda ham uning oqibatlari barcha uchun salbiy bo‘ladi. Juda ko‘p odam qiriladi. Siyosiy va iqtisodiy muammolar yuzaga keladi. Urushning narxi baland. AQSh o‘z urushlariga nihoyatda katta mablag‘ sarflaydi, ular bilishadi buning qiymatini. Bostirib kirish va hududlarni egallash – urushning klassik ko‘rinishidir. U qanaqa natija bilan tugamasin, bu Rossiya uchun chinakam siyosiy va iqtisodiy mag‘lubiyat bo‘ladi. Qozog‘iston diplomatiya yo‘lini tutish bilan o‘z kelajagini belgilashi mumkin.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

ТСД промышленного класса Saotron RT-T60



Здоровье

Конференция «Общество и психическое здоровье» прошла в Ставрополе




Українські новини

ОіБ - охорона і безпека: замовляй охорону в Харькові



Новости 24 часа

Стоматолог Владимир Лосев: сколько времени нужно носить брекеты



Game News

Конец близок в релизном трейлере Destiny 2: The Final Shape



Москва

"СВЯТОЙ ЛЕНИН" раскрыл загадку В.В. Жириновского и В.Г. Мессинга. СЕНСАЦИОННЫЕ ДАННЫЕ!



News Every Day

When Narine asked Gambhir 'can I bring my girlfriend to IPL?'



Настроение

Лёд и пламень



Москва

Первый муж Анастасии Заворотнюк Шварцкопф заявил, что не появится на ее похоронах



Юрий Башмет

В Самарской области пройдут мероприятия детской музыкальной академии Башмета



Москва

В Нью-Йорке пропалестинские активисты ворвались в Бруклинский музей



Сюзанн Ленглен

Матч Котова и Вавринки перенесли на корт Сюзанн Ленглен



Москва

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе



Россия

VK Fest 2024: Музыка и Развлечения на Открытых Площадках России



Симферополь

Выставка-предупреждение «Пожарная безопасность», В рамках Федеральной информационной противопожарной кампании «Останови огонь».



Москва

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» легально изготавливает армии и спецслужбы. 6 серия. СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.



Москва

Сергей Собянин: Фестиваль «Рыбная неделя» посетили уже более 3 миллиона человек



Москва

Улыбка сделала слушателя «Юмор FM» миллионером



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Каждый второй житель крупных городов ездить на электросамокатах

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

"СВЯТОЙ ЛЕНИН" раскрыл загадку В.В. Жириновского и В.Г. Мессинга. СЕНСАЦИОННЫЕ ДАННЫЕ!

В Челябинске откроется Фестиваль песочной скульптуры


Москва

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»






Rss.plus

Выгодно ли покупать квартиру в новостройке?

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»

Команда Центрального округа Росгвардии стала призером на чемпионате по пожарно-спасательному спорту в Москве (видео)

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Moscow.media
Москва

Собянин посетил фестиваль "Москва – на волне. Рыбная неделя"



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Песня

Литературно-музыкальный вечер «Песня как признание в любви»




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Дептранс Москвы раскрыл детали инцидента на станции метро "Спортивная"

Вышел второй подкаст онлайн-лектория «Иннагрика» о возможностях аграрной генетики для молодых исследователей

Певица Пелагея разделила имущество с бывшим мужем


Янник Синнер

Россиянин Котов уступил итальянцу Синнеру в третьем круге "Ролан Гаррос"



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

статья для медиа 123 ру от валентинова на продажу бумажной прессе че авторство покупка 1200 на сбер 89278591263



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России