BMT tinchlik saqlash xarajatlarini 570 million dollarga kamaytirdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 30 iyunь kuni tinchlikni saqlash uchun xarajatlarini 600 million dollarga qisqartirishga rozilik berdi. Bunga Qo‘shma Shtatlarning dasturni qisqartirish xususida taklif bergani sabab bo‘ldi. Bir necha kun davom etgan muzokaralardan so‘ng Assambleyaning qudratli byudjet qo‘mitasi 1 iyuldan boshlanadigan yilga mo‘ljallangan 14 ta tinchlikni saqlash amaliyotiga 7,3 milliard dollarilk mablag‘ ajratilishiga rozi bo‘ldi. Bu joriy yildagi 7,87 milliard dollarlik byudjetdan 570 million dollar kamdir. Читать дальше...