Prezident Mirziyoev Soliq qo‘mitasini tugatishga qaror qildi
O‘zbekiston hukumatidagi bir-biridan mustaqil rasmiylarning Ozodlikka bildirishicha¸ kelasi oydan Davlat soliq qo‘mitasi tarqatilib, o‘z faoliyatini Moliya vazirligi va Bosh prokuratura tarkibida davom ettiradi. Ularga ko‘ra, bu haqda 17 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoev qaror chiqargan¸ biroq uning aniq tafsilotlari o‘rta va quyi bo‘g‘in rasmiylariga hozircha ma’lum emas.