Toshkentda hokimiyat guzar qurilishini aholi talabi bilan vaqtincha to‘xtatdi
Toshkentning Mirobod tumani hokimligi tumanning Sharof Rashidov mahallasidagi ko‘p qavatli uylar orasida uch qavatli namunaviy mahalla guzarini qurish ishlarini vaqtincha to‘xtatdi. Mirobod tuman hokimining 21 iyulda chiqargan farmoyishiga muvofiq, hokimlik “Zamonaviy mahalla” nomli mahalla markazini qurishni fuqarolarning “noroziligini” inobatga olib, “murojaatlarni chuqur va puxta o‘rganib” chiqqunga qadar to‘xtatishga qaror qilgan.